Sotsiologik tadqiqot metodi - anketa savollari kiritiladi. Bundan maqsad talaba-yoshlarning kasb-hunarga bo'lgan munosabatlarini, talabalar orasidagi do'stlik munosabatlarini aniqlash, o'zi ta'lim-tarbiya olayotgan oliy o'quv yurtidagi shart-sharoitlarni bilish, yutuq va kamchiliklami, yoshlar orasidagi munosabatlarni, dinga (xususan, tasavvufga) bo'lgan qiziqishlarini aniqlash, talabalarning ma'naviy sifatlari darajasini, bilim olishga ishtiyoqi, adabiyotlar bilan ta'minlanganlik darajasi, ilmiy va kasbiy mahoratlarni oshirishdagi mashg'ulotlar turi, stepindiyalar miqdori, ota-onalarning moddiy yor-dami, ularning ma'lumoti, ish joyi, talabalarning yashash joyi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ta'sir etuvchi omillar, ularning onglilik darajasi jarayoni, ma'naviy sifatlar, komillikka erishish uchun tez-roq qutilish kerak bo'lgan salbiy sifatlarni aniqlashdir.
Muammoni izlash va tanlashda quyidagilarga e'tibor berish lozim: qo'yilgan muammoni yechmasdan, belgilangan yo'nalishda metodni, metodologiyani, texnologiyani va texnikani yanada rivojlantirish va takomillashtirish mumkinligiga ishchi farazni shakllantira olishlik; rejalashtirilgan tadqiqot ilm-fanga va ta'lim-tarbiyani rivojlantirishga muayyan nima berishini aniqlash; rejalashtirilgan tadqiqot natijalari asosida olinadigan yangi qonuniyat nimasi bilan usul, vosita va ilm-fan hamda texnika-texnologiyalardagi oldin mavjudlaridan yangi va ko'proq amaliy bahoga ega ekanligini aniqlash.
Xususiy muammolarni qo'yish. Yuqorida qayd etilganidek, muammoni to'g'ri va aniq qo'yish, tadqiqot maqsadi va vazifalarini to'g'ri aniqlash, tadqiqot ko'lamini belgilash va ular asosida tadqiqot manbayini aniqlash ilmiy-tadqiqot ishining muhim bosqichlaridir.
Ta'lim texnologiyasi - aniq bir o'quv predmetini o'qitishning ilmiy asoslangan qonun-qoida, metod va usullaridan iborat bo'lib, u ta'limda ko'zlagan maqsadga erishish bosqichlarini o'zida aks ettirgan va ta'lim jarayonini maqsadga muvofiq boshqarishga erishish imkonini beruvchi jarayondir. ham nazariy, ham amaliy fikrlash tadqiqotchida rivojlangan bo'lishi kerak.
Dunyoga kelgan go'dak ma'lum yoshga qadar individ hisobla-nadi. «Individ» lotincha «individium» so'zidan kelib chiqqan boiib, «bo'linmas», «alohida», «yagona» ma'nolarini anglatadi. Individ bio-logik turga kiruvchi alohida tirik mavjudotdir. Shaxsning shakllanishida harakat o'zigaxos omil sanaladi. Go'dak (chaqaloq) ham turli harakatlarni bajaradi. Biroq, bu harakatlar keyin-chalik reflekslar boiib, ongli ravishda emas, balki shartsiz va shartli qo'zg'atuvchilarga javob tarzida yuz beradi. Go'dakda nutqning hosil bo'lishi, shuningdek, lining tomonidan tashkil etilayotgan harakatlar ongli ravishda sodir bo'la boshlashi va albatta, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtirokining ro'y berishi shaxs shakllanishining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Shaxs deganda, muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Odam (inson individi) shaxsga aylanmog'i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o'z xususiyati va sifatlari bilan farq qilishi lozim.
Ruhiy jarayonlar va bola ruhiyatidagi o’zgarishlar, chunonchi, diqqat va xotira darajasi, tafakkur xususiyatlari, so'z boyligi hamda nutqning rivojlanganlik darajasi va boshqa ruhiy rivojlanishga taalluqlidir. Shaxs rivojlanishida, u yoki bu faoliyat turlari (o’yin, o’qish, mehnat va boshqalar)ning turli yoshdagi faoliyat mazmuni (maq-sadga yo'naltirilganlik, harakatning ongli, rejali bo'lishi, ularning samaradorligi va h.k)
Dostları ilə paylaş: |