Fan sifatida. Pedagogik ilmiy tadqiqotlar metodlari. O’qituvchi
O’spirinlik davri. O’spirinlik davri jismoniy o’sishning tinch davri sanaladi. Shu boisdan, o’smirlardan farqli ravishda o’spirinlar faoliyatida romantik his-tuyg’ulardan ko'ra ko'proq realizm muhim o’rin tutadi. O’spirinning tana tuzilishidagi organlarning (qo'l, oyoq, ko'krak qafasi, yelka) bir-biriga muvofiqsizligi o’spirinlik davriga kelib, asta-sekin yo'qola boradi, ularning qomatlari shakllanadi. Ularning o'quvchilar o'z-o'zini boshqarish organ-lari, jamoatchilik tashkilotlari faoliyatidagi ishtiroki ana shu ehtiyojni qondirish yoiida muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. O'spirin yigit-qizlarda bir-birlariga nisbatan qiziqishning vujudga kelishi, ikki jins orasidagi do'stlik-o'rtoqlik tuyg'ularini shakllanishiga zamin hozirlaydi. Ba'zi o'spirinlarning do'stligi zamirida haqiqiy sevgi-muhabbat qaror topadi. Shu sababli, ularda oila va nikoh masalalariga nisbatan jiddiy munosabatni tarkib top-tirish, voyaga yetmaganlarning nikohga kirishlari, shuningdek, ular o'rtasidagi jinsiy yaqinlikning oldini olish maqsadida, ular orasida oila va nikohning ma'naviy asoslari borasidagi targ'ib ishini kuc-haytirish, bu borada o'ta ehtiyotkorona yondashuvni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Aslida bola tarbiyasi ona qornidaligi paytidayoq boshlanmog'i lozim. Shu sababli ham jismonan baquvvat, ma'nan yetuk insonlar doimo ulug'lanib kelingan va hattoki, jismonan baquvvat insonlarga polvon hamda jismonan, ma'naviy yetuk insonlarga pahlavon deb nom berilgan. Insonni ezgulik sari yetaklash haqidagi ta'limotlar muqaddas kitoblarimiz (Qur'oni Karim, Hadisi sharif, Avesto va shu kabilar)da doimo ulug'lanib kelingan.
Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: .Pedagogika fani nima haqida bahs yuritadi?
Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasini aytib bering.
Pedagogika fanining dolzarb muammolarini aytib bering.
Pedagogika fanining vazifalari nimadan iborat?
Pedagogikaning metodologik asosini nima tashkil etadi?
«Shaxs» tushunchasiga ta 'rifbering.
«Shaxsning rivojlanishi» deganda nimani tushunasiz?
Shaxsni rivojlantiruvchi asosiy omillar nimadan iborat?
Shaxsning shakllanishiga muhit qanday ta 'sir ko 'rsatadi?
Shaxsning rivojlanishida tarbiyaning rolini tushuntiring.