Go'daklik davri. Yangi tug'ilgan bolada barcha sezgi turlari mavjud bo'ladi. Ushbu sezgilar murakkab bo'lmay, oddiy holatdadir. Chaqaloq bir holat faol bo'lib, bu faollik, avvalo, qo'l va oyoqlarning refleks yoii bilan harakatlanib turishida ko'rinadi. Xuddi shunday reflektor harakatchanlik bolaning chinqiriqlarida ham namoyon bo'ladi. Bolada vujudga keladigan shartli reflekslar 5-6 haftalarda yaqqol namoyon boia boshlaydi. Masalan, u onasining ovozini taniydi, uni eshitsa, tinchlanadi.
Maktabgacha tarbiya davri.Ushbu yoshdagi bolaning emotsionalligi (hissiy beriluvchanligi) uning faolligida, harakatchanligida ko'rinadi. Bu yosh davrida bolalar hayotida o'yin o'ziga xos o'rin tutadi, o'yinlar, asosan, katta yoshdagi kishilar yoki bolalarning harakatlariga nisbatan taqliddan iborat bo'ladi. Bolani o'yinning mazmunidan ko'ra o'ynalayotgan buyumlar (o'yinchoq va qo'g'irchoqlar) hamda o'zining harakatlari ko'proq zavqlantiradi.
Kichik maktab yoshi. 7 yoshga to'lgan bola (ushbu yosh qator mutafakkirlar tomonidan dastlabki «yetuklik yoshi» sifatida e'tirof etilgan) jismoniy va ruhiy xususiyatlarga ko'ra maktabga, ta'lim olish-ga toia tayyor bo'ladi. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuniga muvofiq respublikamizdagi bolalarning barchasi 6-7 yoshdan boshlab umumiy o'rta ta'lim maktablarida tahsil ola boshlaydi. Shu davr-ga qadar bola hayotida muhim o'rin tutgan o'yin faoliyati o'z o'rnini tizimli, uzluksiz ravishda amalga oshiriladigan va majburiy vaqt asosida tashkil qilinadigan o'qish faoliyatiga bo'shatib beradi. Yosh bola uchun bunday «mas'uliyatli mehnat»ga o'tish qiyin kechsada, u asta-sekin bunday sharoitga ko'nika boradi. O'yin vaqtida, qaltis harakat qilishdan ularni saqlash zarur. Kichik maktab o'quvchilarida ixtiyoriy diqqat, xotira va idrok, tafakkur, ixtiyoriy idrok qilish, nutq, his-tuyg'u, iroda kabi ruhiy jarayonlar rivojlanadi. chi bo'lsa, unda o'qish istagi yo'qoladi, maktab ta'limidan ko'ngli soviydi.
O'smirlik davri. Kichik maktab yoshidan o'tgach, o'smirlik davri boshlanadi. Bunda bola shaxsi rivojlanishining murakkab davri boshlanib, bu «o'tish davri» deb ataladi. O'tish davri bolalikdan balog'at davriga o'tishni ifodalaydi. O'smirlik yoshining murakkabligi uning anatomik-fiziologik vapsixologik xususiyatida ro'y berayotgan kuchli o'zgarishlar bilan bog'liq. O'smirlik yoshidajismoniyjihatdan sekin o'sish davri tugaydi. Jis-moniy o'sish tezlashadi. O’zining har narsaga jahli chiqishi, qo'pollik holatlari tez-tez yuz beradi. O’smirlarning bu xususiyati ko'proq bahs-munozara jarayonida ko'zga tashlanadi. Garchi, o’z fikri asosli bo'lmasada, uni ma'qullashga urinadi.
13-14 yoshlarda o’smirlarda burch hissi, mas'uliyat tuyg’usi o’sadi, birmuncha vazminlik paydo bo'la boshlaydi. Bu davrda o'smirda maqsadga intilish, o'zi uchun ideal tanlash boshlanadi. O’smirlarda axloqiy e'tiqod shakllanib, o’ziga xos qarashlar tarkib topa boradi.
Demak, o’smir bilan munosabatda sabr-toqat, vazminlik zarur. Unga mustaqillik berish, buyruq emas, aksincha, maslahat berish bu yoshdagi o’quvchilarni to'g'ri tarbiyalashning garovidir.