VII. Baholash (talabalar bilimini qanday nazorat qilasiz)
Fanning yakuniy bahosi uchta yo‘nalishdagi baholarga asoslanadi:
(1) Dars mashg‘ulotlariga tayyorgarlik va faol ishtirok etish (10%).
Dars jarayonida muntazam ishtirok etishdan tashqari, talabalar darslar boshlanishidan oldin onlayn o‘quv materiallari bilan tanishgan bo‘lishlari talab etiladi. Har bir talabadan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etish talab qilinadi.
(2) Auditoriyadagi mashg‘ulotlar (10%)
Har haftada o‘tilgan ma’ruzalar asosida 18 ta laboratoriya mashg‘uloti o‘tkaziladi. Har bir laboratoriya mashg‘uloti bo‘yicha topshiriqlar keyingi dars mashg‘ulotiga qadar bajarilib topshirilishi lozim. laboratoriya mashg‘ulotida berilgan topshiriqlarni bajarish (10%).
(3) Yakuniy baholash (80%) (Baholash turi, vaqti, baholash mezonlari)
Talabalar bilimini baholash tizimi A (93-100) A- (86-92) B+ (82-85) B (77-81) B- (71-76) C+ (67-70) C (60-66) C- (56-59) D (55 -50) E (0 – 49)