Fan va innovatsiyalar vazirligi andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 182,61 Kb.
səhifə1/11
tarix25.04.2023
ölçüsü182,61 Kb.
#102288
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
208 Apokarp mevalar va uning ahamiyati




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
BIOLOGIYA YO’NALISHI
II BOSQICH 208 – GURUH TALABASI
TOYIROVA ZULAYHONNING
BOTANIKA FANIDAN

KURS ISHI

Mavzu: APOKARP MEVALAR VA UNING AHAMIYATI

Kurs ishi rahbari: _______________________________

Andijon -2023




Mundarija
Kirish
I BOB.
MEVA (fructus)
APOKARP MEVALAR.
Mevalar, ularning tuzilishi, xilma-xilligi va ahamiyati
Meva va urug'larning tuzilishi va tasnifi
Xulosa
Adabiyotlar ro’yxati


КIRISH
Kurs ishining mavzuning dolzarbligi. O’zbekistonda 2011-2015 yillar davrida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining qarori chiqqan bo’lib, bu qarorda ―Aholini va ijtimoiy soxa obyektlarini ayniqsa qish-bahor davrida meva-sabzavot mahsulotlari bilan ishonchli, kafolatli ta‘minlash 
uchun zarur bo’lgan zamonaviy sovutish va ombor asbob-uskunalari bilan jixozlangan saqlash joylarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek meva sabzavot mahsulotlarini eksportga yetkazib berishni kengaytirish‖ nazarda tutilgan. 
Agrosanoat kompleksi samaradorligini oshirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishini keskin yaxshilash hamda uning uzluksizligiga imkoniyat yaratish hozirgi davrning eng mas’uliyatli masalasidir.
Ma’lumki, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yilning muayyan mavsumida yetishtiriladi, shu sababli ularni uzoq vaqt saqlash va qayta ishlashni tashkil qilmagan holda aholini yil bo‘yi turli mahsulotlar bilan ta’minlash masalasini hal qilib bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish ko‘paygan sari ularni saqlash va qayta ishlash ham takomillashtirilmoqda, yangi zamonaviy omborxonalar qurilmoqda. 
Hozirgi vaqtda mahsulotni uzoq vaqt saqlashga imkon beradigan takomillashtirilgan texnologiyalar ishlab chiqilgan. Bu borada kimyo, fizika, biokimyo, biotexnologiya, biofizika, fiziologiya, o‘simlikshunoslik, agrokimyo, mikrobiologiya, mevachilik, qishloq xo‘jalik mashinalari, fitopatologiya, entomologiya, o‘simliklarni himoya qilish va boshqa bir qator fanlarning yutuqlaridan ijodiy foydalanilmoqda. Qishloq xo‟jalik mahsulotlarini saqlashning tarixi Inson qishloq xo‘jalik mahsulotlarini iste‘mol eta boshlagandan buyon uni saqlash va qayta ishlash bilan shug‘ullanib keladi. Etishtirilgan mahsulotni nes-no‘bud qilmasdan va sifatini pasaytirmasdan saqlash va undan unumli foydalanish qadimdan inson ehtiyojlaridan biri bo‘lgan. Кo‘chmanchi qabilalar yig‘ilgan meva va urug‘larni saqlash uchun tabiiy omborlar - g‘or, daraxtlarning g‘ovaklaridan foydalanishgan, keyinchalik esa maxsus erto‘lalar qurishgan. 
Qabilalar o‘troq bo‘lib yashay boshlagan paytda ortiqcha mahsulotlarini saqlash, shuningdek, ularni zararkunandalardan asrashni o‘rgana boshlagan. 

Yüklə 182,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin