O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA YO’NALISHI II BOSQICH 208 – GURUH TALABASI TOYIROVA ZULAYHONNING BOTANIKA FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: APOKARP MEVALAR VA UNING AHAMIYATI
Kurs ishi rahbari: _______________________________
Andijon -2023
Mundarija Kirish
I BOB. MEVA (fructus)
APOKARP MEVALAR.
Mevalar, ularning tuzilishi, xilma-xilligi va ahamiyati
Meva va urug'larning tuzilishi va tasnifi
Xulosa
Adabiyotlar ro’yxati
КIRISH Kurs ishining mavzuning dolzarbligi. O’zbekistonda 2011-2015 yillar davrida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining qarori chiqqan bo’lib, bu qarorda ―Aholini va ijtimoiy soxa obyektlarini ayniqsa qish-bahor davrida meva-sabzavot mahsulotlari bilan ishonchli, kafolatli ta‘minlash
uchun zarur bo’lgan zamonaviy sovutish va ombor asbob-uskunalari bilan jixozlangan saqlash joylarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek meva sabzavot mahsulotlarini eksportga yetkazib berishni kengaytirish‖ nazarda tutilgan.
Agrosanoat kompleksi samaradorligini oshirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishini keskin yaxshilash hamda uning uzluksizligiga imkoniyat yaratish hozirgi davrning eng mas’uliyatli masalasidir.
Ma’lumki, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yilning muayyan mavsumida yetishtiriladi, shu sababli ularni uzoq vaqt saqlash va qayta ishlashni tashkil qilmagan holda aholini yil bo‘yi turli mahsulotlar bilan ta’minlash masalasini hal qilib bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish ko‘paygan sari ularni saqlash va qayta ishlash ham takomillashtirilmoqda, yangi zamonaviy omborxonalar qurilmoqda.
Hozirgi vaqtda mahsulotni uzoq vaqt saqlashga imkon beradigan takomillashtirilgan texnologiyalar ishlab chiqilgan. Bu borada kimyo, fizika, biokimyo, biotexnologiya, biofizika, fiziologiya, o‘simlikshunoslik, agrokimyo, mikrobiologiya, mevachilik, qishloq xo‘jalik mashinalari, fitopatologiya, entomologiya, o‘simliklarni himoya qilish va boshqa bir qator fanlarning yutuqlaridan ijodiy foydalanilmoqda. Qishloq xo‟jalik mahsulotlarini saqlashning tarixi Inson qishloq xo‘jalik mahsulotlarini iste‘mol eta boshlagandan buyon uni saqlash va qayta ishlash bilan shug‘ullanib keladi. Etishtirilgan mahsulotni nes-no‘bud qilmasdan va sifatini pasaytirmasdan saqlash va undan unumli foydalanish qadimdan inson ehtiyojlaridan biri bo‘lgan. Кo‘chmanchi qabilalar yig‘ilgan meva va urug‘larni saqlash uchun tabiiy omborlar - g‘or, daraxtlarning g‘ovaklaridan foydalanishgan, keyinchalik esa maxsus erto‘lalar qurishgan.
Qabilalar o‘troq bo‘lib yashay boshlagan paytda ortiqcha mahsulotlarini saqlash, shuningdek, ularni zararkunandalardan asrashni o‘rgana boshlagan.