Fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti



Yüklə 126,4 Kb.
səhifə1/8
tarix25.12.2023
ölçüsü126,4 Kb.
#194685
  1   2   3   4   5   6   7   8
inventarizatsiya kurs ishi


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

_____________________fakulteti

________guruh talabasi

______________________________________

___________________________________fanidan

"Inventarizatsiyani o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar va uning me`yoriy huquqiy asoslari " mavzusida
yozgan
KURS ISHI

Bajardi:___________________
Qabul qildi:________________

GULISTON 2023
Mundarija
KIRISH…………………………………………………………………………2
I-BOB. Inventarizatsiyani o‘tkazishning asosiy qoidalari.

    1. Inventarizatsiyaning me’yoriy - huquqiy asoslari…………………….7

    2. Inventarizatsiyani o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar …………..........15

    3. Inventarizatsiya o‘tkazish jarayoni ………………………………….19

II-BOB. Inventarizatsiyani o‘tkazish bosqichlari va inventarizatsiya
komissiyasining faoliyatini tashkil etish

    1. Inventarizatsiyani o‘tkazish bosqichlari..............................................24

    2. Inventarizatsiyadagi farqlarni tartibga solish …….………………….26

    3. Inventarizatsiyadagi farqlarni tartibga solish………………………...32

XULOSA……………………………………………………………………...35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………………..37

KIRISH
Buxgalteriya hisobining oldiga qo‘yilgan muhim vazifalardan biri buxgalteriya hisobi schotlarida aktivlarning holati va harakati, xususiy kapital va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat. Demak, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari korxona aktivlari (mablag‘lari) va passivlari (xususiy kapital va majburiyatlar) hamda xo‘jalik jarayonlarining holati to‘g‘risida o‘z vaqtida aniq va ishonchli axborot berishi lozim.
Lekin, har qanday xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatida haqiqatda mavjud mulkiy obyektlarning, barcha turdagi debitor qarzlarni va korxona majburiyatlarining haqiqiy qoldiqlarini ham qo‘shgan holda, buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan farq qilish hollari uchraydi. Bunday farqlar tovar-moddiy boyliklar bo‘yicha kamomad, oshiqchalik, qayta navlash va summalardagi tafovutlar; kassadagi pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar va pul hujjatlarining kamomadi yoki oshiqchaligi; hisob kitoblarning ma’lum uchastkalari bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzlar qoldiqlarining hisobda oshirib yoki kamaytirib ko‘rsatilishi; asosiy ishlab chiqarishdagi tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarining oshirib ko‘rsatilishi kabi holatlarning natijalari hisoblanadi.
Ushbu farqlarning sabablari asosan quyidagilar bo‘lishi mumkin:
- haqiqiy kamomad va yo‘qotishlarning tovar-moddiy boyliklarni
saqlash va tashishdagi tabiiy kamayish me’yorlaridan oshib ketishi;
- uzoq muddatli aktivlar va joriy aktivlarning o‘g‘irlanishi,
kamomadi, ataylab buzilishi va yo‘qotilishi;
- mulklar va majburiyatlar analitik hisobining izdan chiqqanligi;
- buxgalteriyaga qabul qilingan hujjatlar ma’lumotlaridagi chalkash
liklar, mol-mulklarni baholashdagi va buxgalteriya yozuvlaridagi xatolar va h.k.

Buxgalteriya hisobining boshqaruv tizimidagi nazorat funksiyasi ushbu farqlarni eng qisqa muddatlar ichida aniqlashni, buxgalteriya hisobi va hisobotlarida aniqlangan farqlar natijalaridan kelib chiqadigan va ularga to‘la mos keladigan tegishli tuzatishlarni kiritishni nazarda tutadi. Buxgalteriya hisobi mol-mulklarning mavjudligi to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlarining ishonchliligini, debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlarining haqqoniyligini inventarizatsiya qilish yo‘li bilan samarali nazorat qila olishi mumkin.


Inventarizatsiya tushunchasi lotincha bo‘lib, «inventarium» aynan tarjimasi «xo‘jalik buyumlarining aniq va batafsil ro‘yxati» degan ma’noni bildiradi.
Inventarizatsiya o‘tkazish O‘zbekistonda davlat ahamiyatiga ega bo‘lib, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi» qonunga muvofiq «Buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining to‘g‘riligi hamda aniqligi aktivlar va majburiyatlarni majburiy suratda inventarizatsiya qilish orqali tasdiqlanadi» (16-modda). Agar buxgalteriya balansining barcha moddalari to‘liq inventarizatsiya qilinmagan bo‘lsa va bunday inventarizatsiya natijalari buxgalteriya hisobotiga kiritilmagan bo‘lsa, buxgalteriya hisoboti haqiqiy hisoblanmaydi. Qonundan kelib chiqadigan ushbu talablarni amalga oshirish maqsadida №19 «Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 19- oktabrda №EG./17-19-20-75-sonli buyruq bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 1999-yil 2-noyabrda 833-raqam bilan ro‘yxatga olingan). Unda korxonaning mol-mulklari va moliyaviy majburiyatlarini inventarizatsiya qilish hamda uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi belgilangan. Shuningdek, №4 – «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BHMS talablariga muvofiq, «mulkchilik va faoliyat turidan qat’i nazar, barcha korxonalar har yili yillik hisobotlar va balanslarni tuzishdan oldin asosiy vositalar, kapital qo‘yilmalar, tugallanmagan kapital qurilishlar, tovar.
Inventarizatsiya – bu korxona aktivlari va majburiyatlarining haqiqiy qoldiqlarini aniqlab, hisob ma’lumotlari bilan taqqoslash orqali nazoratni ta’minlash hamda boshqarish usuli.
O‘tkazilgan inventarizatsiya natijalari «Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga (O‘zR Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziriligining 2004-yil 10-martdagi 37, 2004-26, 20/1- sonli qarori bilan tasdiqlangan) muvofiq rasmiylashtiriladi. Bulardan tashqari, inventarizatsiya jarayonida yuzaga keladigan ayrim masalalar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik va Jinoyat Kodekslari bilan ham bevosita yoki bilvosita tarzda to‘qnashadi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda inventarizatsiyani tashkil etish, o‘tkazish va natijalarini rasmiylashtirish bo‘yicha quyidagi normaniv-huquqiy tizim shakllangan.
Inventarizatsiya o‘tkazishdan maqsad korxona balansida aks ettirilgan barcha tovar-moddiy boyliklar, kassadagi va bank schotlaridagi pul mablag‘lari, debitorlik va kreditorlik qarzlari, kelgusi davrlar xarajatlari, fondlar, zaxiralar summalari hamda balansdagi boshqa moddalarning haqiqiy baholanganligini aniqlashdan iborat.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish sohasida qator ijobiy natijalarga erishildi. Ayni paytda, jahon amaliyotida xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ularni iqtisodiyotning istiqbolli va yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlariga joylashtirish mexanizmlarini maqbullashtirish, investitsiya loyihalarini umummilliy va mintaqaviy darajada venchurli moliyalashtirish amaliyotini rivojlantirish, investitsiya muhiti jozibadorligini oshirish va investitsiya jalb qilish faoliyatini vositalarining o’zaro muvofiqligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.Investitsiya loyihalarini samarali jalb qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev “Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan xorijiy investorlar uchun hududlar va tarmoqlar boʻyicha investi tsiya loyihalarini puxta shakllantira olsak, bu masalada ijobiy natijaga erishish mumkin , - deya ta’kidlab o’tdilar. Darhaqiqat, Prezident to’g’ridanto’g’ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni so’zsiz amalga oshirish, chet ellik investorlarga har tomonlama yordam berish hukumatning eng muhim vazifasi bo’lishi kerakligini taʼkidladi.



Yüklə 126,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin