Fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti


Inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish



Yüklə 126,4 Kb.
səhifə6/8
tarix25.12.2023
ölçüsü126,4 Kb.
#194685
1   2   3   4   5   6   7   8
inventarizatsiya kurs ishi

2.2 Inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish
Inventarizatsiya natijalari quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi:

Mulklarning haqiqatda mavjud qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar inventarizatsiya ro‘yxatiga yoziladi. Inventarizatsiya ro‘yxatida inventarizatsiya qilinadigan qiymatliklar va obyektlar nomlari hamda ularning miqdori buxgalteriya hisobida qabul qilingan o‘lchov birliklari va hisob nomenklaturalari bo‘yicha ko‘rsatiladi. Inventarizatsiya ro‘yxatlari qo‘lda (siyohli yoki sharikli ruchkada) yoki hisoblash texnikalaridan foydalangan holda ikki nusxadan kam bo‘lmagan miqdorda to‘ldiriladi. Ro‘yxatlar aniq va ravshan, tuzatishlarsiz to‘ldiriladi.
Ma’lumotlarga avtomatlashtirilgan ishlov berish sharoitida Tovar moddiy qiymatliklarning inventarizatsiya ro‘yxatlari mashinogramma ko‘rinishida chiqariladi. Bunda komissiya faqat haqiqiy qoldiqlarni, shu jumladan hisobda aks ettirilmay qolgan ishlab chiqarish zaxiralari bo‘yicha ham aks ettiradi. Inventarizatsiya ro‘yxatining har bir betida moddiy qiymatliklar tartib raqamlarining soni va mazkur betda yozilgan natural ko‘rsatkichlardagi miqdorning umumiy jami, ular qanday o‘lchov birliklarida (dona, kilogramm, metr va h.k.) ko‘rsatilishidan
qat’i nazar aks ettiriladi. Xatolarni tuzatish ro‘yxatning barcha betlarida xato yozuvlarni ustidan chizish va chizilgan yozuv yuqorisiga to‘g‘risini yozish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tuzatishlar inventarizatsiya komissiyasining barcha a’zolari va moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanishi va izohlanishi lozim. Inventarizatsiya ro‘yxatlarida to‘ldirilmagan satrlarni qoldirishga ruxsat etilmaydi. Oxirgi betdagi to‘ldirilmagan satrlar chizib qo‘yiladi. Ro‘yxatning oxirgi betida baholar tekshirilganligi, taksirovka qilinganligi va jamlanganligi to‘g‘risida ushbu tekshiruvni amalga oshirgan shaxslar imzolari bilan belgi qo‘yiladi. Ro‘yxatlar inventarizatsiya komissiyasining barcha a’zolari va moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi. Ro‘yxat oxirida moddiy javobgar shaxslar komissiya tomonidan mulklar ularning ishtirokida tekshirilganligini, inventarizatsiya komissiyasi a’zolariga e’tirozlari yo‘qligini va ro‘yxatda keltirilgan barcha mulklarning o‘z javobgarligiga qabul qilinganligini tasdiqlaydigan tilxat yozib beradi.
Moddiy javobgar shaxslar almashgan hollarda mulklarning haqiqatda mavjudligi tekshirilganida qabul qiluvchi ushbu mulklarni qabul qilganligi, topshiruvchi esa topshirganligi to‘g‘risida imzo qo‘yadi. Balansdan tashqari schotlarda hisobda turgan mulklar (mas’ul saqlash uchun qabul qilingan, qisqa muddatli ijaraga olingan, qayta ishlashga qabul qilingan va h.k.) alohida ro‘yxatga olinadi. Moddiy javobgar shaxslar inventarizatsiyadan so‘ng ro‘yxatlarda xatolar borligini aniqlaganda, ular zudlik bilan (omborxona, seksiya va sh.o‘. ochilgunga qadar) inventarizatsiya komissiyasi raisiga bildirishlari lozim. Inventarizatsiya komissiyasi ko‘rsatilgan faktlarni tekshiradi va ular tasdiqlanganida belgilangan tartibda tuzatadi. Yaroqsiz va buzilgan materiallar hamda tayyor mahsulotlar uchun tegishli dalolatnomalar va
alohida inventarizatsiya ro‘yxatlari tuziladi. Inventarizatsiya natijalarini aks ettirish uchun korxonada birlamchi hisob hujjatlarining quyidagi shakllaridan foydalaniladi (№19-BHMSga ilovalar)
1. Qiymatliklarni inventarizatsiya qilishni to‘g‘riligining nazorat tekshiruv dalolatnomasi (3-ilova).
2. Inventarizatsiya o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqning bajarilishini nazorat qilish kitobi (4-ilova).
3. Inventarizatsiyada aniqlangan natijalar vedomosti (5-ilova).
4. Asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish ro‘yxati (6-ilova).
5. Inventarizatsiya qilish yorlig‘i (7-ilova).
6. Tovar-moddiy boyliklarning inventarizatsiya ro‘yxati (8-ilova).
7. Yuklab jo‘natilgan tovarlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish dalolatnomasi (9-ilova).
8. Mas’ul saqlashga qabul qilingan (topshirilgan) tovar-moddiy boyliklarning inventarizatsiya ro‘yxati (10-ilova).
9. Yo‘lda bo‘lgan materiallar va tovarlar inventarizatsiya qilish dalolatnomasi (11-ilova).
10. Asosiy vositalarning tugallanmagan kapital ta’mirlanishini inventarizatsiyadan o‘tkazish dalolatnomasi (12-ilova).
11. Kelgusi davr xarajatlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish dalolatnomasi (13ilova).
12. Naqd pul mablag‘larini inventarizatsiyadan o‘tkazish dalolatnomasi (14-ilova).
13. Qat’iy hisobot blankalarining inventarizatsiya dalolatnomasi (15- ilova).
14. Xaridorlar, mahsulotlar yetkazib beruvchilar hamda boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni inventarizatsiyadan o‘tkazish dalolatnomasi (16-ilova).
15. Xaridorlar, mahsulot yetkazib beruvchilar hamda boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni inventarizatsiyadan o‘tkazish dalolatnomasiga oid ma’lumotnoma (inv. 17-shaklga ilova).
16. Asosiy vositalarni inventarizatsiyadan o‘tkazish natijalarini taqqoslash vedomosti (17-ilova).
17. Tovar-moddiy boyliklarni inventarizatsiyadan o‘tkazish natijalarini taqqoslash vedomosti (18-ilova).
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan haqiqatda mavjud aktivlar qoldiqlari bilan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari o‘rtasida aniqlangan farqlar quyidagicha tartibga solinadi:
 ortiqcha bo‘lgan asosiy vositalar moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va boshqa mulklar kirimga olinadi va xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga kiritiladi. Budjet tashkilotlarida esa ortiqchalikning kelib chiqish sababi va aybdor shaxslar aniqlanib moliyalash manbasi(fondlar)ni ko‘paytirishga yo‘naltiriladi.
 boyliklarning belgilangan me’yorlar doirasidagi kamomadi xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining farmoyishi bo‘yicha ishlab chiqarish chiqimlari va budjet tashkilotida muomala yoki moliyalash(fondlar)ni kamayishi hisobdan chiqariladi. Zarar me’yorlari faqat haqiqatda yetishmaslik aniqlanganda qo‘llaniladi. Bunda belgilangan me’yorlar doirasidagi zararlar boyliklarni qayta navlash bo‘yicha hisobga kiritilgandan keyin aniqlanadi, agarda belgilangan tartibda qayta navlash bo‘yicha hisobga kiritilgandan keyin ham boyliklar yetishmasa, unda yetishmaslik me’yorlari faqat yetishmasligi aniqlangan boyliklar bo‘yicha qo‘llaniladi. Tasdiqlangan me’yorlari bo‘lmaganda yetishmaslik me’yordan ortiq miqdordagi yetishmaslik deb qaraladi. Moddiy boyliklarning me’yordan ortiqcha yetishmasligi, shuningdek, boyliklarning buzilishidan kelib chiqqan yo‘qotishlar javobgar shaxslardan undiriladi. Suiiste’molchilik natijasida bo‘lgan yetishmaslik va yo‘qotishlar aniqlanganda, yetishmaslik va yo‘qotishlar aniqlangandan keyin 5 kun
ichida tegishli materiallar tergov organlariga berilishi kerak, yetishmaslik va yo‘qotilish summasiga esa fuqarolik da’vosi qo‘zg‘atiladi. Moddiy boyliklarning buzilishida me’yorlardan ortiqcha yetishmaslik va yo‘qotishlar bu yetishmaslik va yo‘qotishlarda aniq aybdorlar aniqlanmaganda unda xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va realizatsiya xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq ishlab chiqarish chiqimlar va muomalalariga yoki budjet tashkilotida moliyalash(fondlar)ning kamayishiga hisobdan chiqarish mumkin.
Bunda boyliklarning buzilishidan kelib chiqqan me’yordan ortiq yetishmaslik va yo‘qotishlarni hisobdan chiqarishga taqdim etilgan hujjatlarda bunday yetishmaslik va yo‘qotishlarning oldini olish bo‘yicha qo‘llanilgan chora - tadbirlar ko‘rsatilishi kerak.
Moddiy boyliklarning buzilganlik fakti to‘g‘risidagi xulosa texnik nazorat bo‘limi yoki sifat bo‘yicha tegishli inspeksiyalardan olinishi kerak.
Me’yordan ortiq bo‘lgan yetishmaslik va yo‘qotishlarni hisobdan chiqarish bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlarni rasmiylashtirish uchun aybdor shaxslar yo‘qligini tasdiqlovchi yoki aybdor shaxslardan yetishmasliklarni undirishni bekor qilish to‘g‘risida tergov yoki sud organlarining qarorlari, texnik nazorat bo‘limi yoki tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilotlar (sifat bo‘yicha inspeksiyalar va boshqalar) ning boyliklar buzilganligi fakti to‘g‘risidagi xulosasi bo‘lishi kerak.

Qayta navlash natijasida yetishmaslik va yo‘qotishlarni o‘zaro hisobga kiritish faqat istisno tariqasidagi ko‘rinishda aynan bir tekshirish davrida, aynan tekshirilayotgan shaxsda, aynan bir nomdagi tovar moddiy boyliklarga nisbatan va ishonchli shaxsning ruxsati bilan aynan bir xil miqdorda yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Yo‘l qo‘yilgan qayta navlash bo‘yicha moddiy javobgar shaxslar ishonchli shaxslarga to‘liq tushuntirishlar taqdim etadilar. Qayta navlashdan qiymatning moddiy javobgar shaxslar aybi bilan hosil bo‘lgan farq aybdor shaxslarga tegishli emasligi sabablari to‘g‘risida to‘liq tushuntirish berilishi kerak.
Inventarizatsiya natijalari inventarizatsiya tugagan oyning hisobi va hisobotida, yillik inventarizatsiya bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobotda aks ettirilishi kerak. Hisobot yilida o‘tkazilgan inventarizatsiya natijalarining ma’lumotlari inventarizatsiyada aniqlangan natijalar vedomostda umumlashtiriladi.
Inventarizatsiyada aniqlangan haqiqatda mavjud va buxgalteriya hisobidagi boyliklar o‘rtasidagi farqni tartibga solish xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariyatiga ko‘rib chiqishi uchun taqdim etiladi.

Yüklə 126,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin