Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə35/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   135
12 Cифat анализ

8. Ishqoriy muhitda AsO33- ni qaytarish vaqtida xlorid kislota 30 % li NaOH bilan magniy esa alyuminiy yoki rux kukuni bilan almashtiriladi. Bunda tigelda quyidagi reaksiya sodir bo'ladi:
AsO33-+ 3OH-+ 3Zn= AsH3↑+ 3ZnO22-
Ishqoriy muhitda AsO43- ioni qaytarilmaydi, shu bois u oldin sulfat kislota ishtirokida kaliy yodid ta'siridan AsO33- gacha qaytarilgan va yod uchirib yuborilgan bo'lishi kerak. Ishqoriy muhitda surma SbH3 gacha qaytarilmaganligi uchun reaksiyaga surma xalaqit bermaydi.
9. Mishyak (HI) va mishyak (V) ni erkin holatgacha qaytarish uchun konsentrlangan xlorid kislotali eritmadagi SnCl2dan foydalaniladi:
2As3+ + 3Sn2+=2As + 3Sn4+
Bu reaksiya mishyakni boshqa ionlar ishtirokida topishga imkon beradi.
Reaksiyani bajarishda mikrotigelga tekshiriladigan eritmadan 1-2 tomchi, 2 tomchidan ammiak, vodorod peroksid (AsO33ni AsO43 gacha oksidlash uchun) va magniy xlorid eritmalaridan tomiziladi. Natijada MgNH4AsO4 cho'kma hosil bo'ladi. Eritma qurigunga qadar sekin bug'latilgandan so'ng, qoldiq ishtiroki gumon qilinadigan HgCl2ni uchirib yuborish uchun qattiq qizdiriladi. Qizdirish natijasida MgNH4AsO4cho'kma uchmaydigan Mg2As2O7ga aylanadi. Quruq qoldiq sovigandan keyin unga bir necha tomchi konsentrlangan HC1 eritmasidagi SnCl2 solinadi va ozroq qizdiriladi, eritma qo'ng'irlashib, qora rangli As cho'kma hosil bo'ladi.
4.9.Uchinchi analitik guruh kationlari aralashmasining analizi
Uchinchi analilik guruh kationlarining aralashmasini sistematik analiz qilish quyidagicha bajarilishi mumkin:
1. Uchinchi guruh kationlarining gidroksidlarini cho'ktirish va ularni mo'l ishqorda eritish. Chinni kosachadagi tarkibida uchinchi guruh kationlari bo`lgan aralashmaning 10-15 tomchisiga 3-5 tomchi vodorod pcroksid qo'shib, aralashmani qizdirib va aralashtirib turgan holda hosil bo'layotgan gidroksidlar cho'kmasi to'liq erib ketguniga qadar 6 N NaOH eritmasi qo'shiladi. Vodorod peroksidning ortiqchasi aralashmani qizdirishni davom cttirib yo'qotiladi.
Rcaksiyalarnatijasida xrorn (III),qalay(II) vamishyak(III) ionlari vodorod peroksid ta'siridan oksidlanadi va uchinchi guruhkationlariningbarchasi amfoterligitufayli anionlar ko'rinishida(A1O-2, CrO42-, ZnO22-, SnO32- va AsO43--) eritmaga (1-eritma) o'tadi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin