Nazorat savollari:
1.Kationlarning xususiy reaksiyalarini bajarishda ularning qanday xossalariga
e’tibor berish kerak ?
2.A1O2-, . CrO42--, ZnO22-, SnO.32- , AsO43-anionlarini kationga qaytarish uchun qaysi
reaksiyalardan foydalanilanish kerak?
3.Guruh reagenti qanday hollarda ishlatiladi?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.АлексеевВ.Н. Яриммикрометодбиланқилинадиганхимиявийсифат
анализи курси. Т.: «Ўқитувчи», 1972 й.
2.Золотов Ю.А., Дорохова Е.Н., Фадеева В.И. и др. Основы аналитической
химии: Учебное пособие. М.: Высшая школа, В 2 кн. 1999.
3.O. Fayzullayev. Analitik kimyo “Yangi asr avlodi” -T.:2006y.
5-laboratoriya ishi
I, II va III guruh kationlarining aralashmasi analizi tartibini
Ajratilgan vaqt - 8 soat
Ishdan maqsad:I, II va III guruh kationlarining aralashmasi analizi tartibini o`rganishdan iborat.
Kerakli jihoz va reaktivlar: probirka, kolba, suv hammomi, shtativ, gaz gorelkasi,sentrafuga, asbest, distirlangan suv, probirkalar;
NaOH, NH4OH, CH3COONa, Na2HPO4, NH4Cl, Na2CO3, AgNO3, H2SO4, pikrin kislota-C6H2( NO2)3OH, III guruh kationlarining eruvchan tuzlari.
Identiv o`quv maqsadi:
1.Talaba I, II va III guruh kationlarining xususiy reaksiyalarini tushunib,sistematik analizda guruh reagentlaridan foydalanib, uchchala guruh kationlarini bir-biridan ajrata oladi
2.I, II va III guruh kationlari aralashmasini laboratoriya sharoitida
mustaqil tahlil qila oladi.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi:
Iguruh kationlariga Ag+, va Pb2+ kationlari kiradi, guruh reagenti xlorid kislota bo`lib, kam eruvchan xloridlarni hosil qiladi.
IIguruh kationlariga Ca2+, Sr2+, Ba2+ kabi kationlar kiradi, guruh reagenti sulfat kislota.
IIIguruh kationlariga Al3+. Cr3+Zn2+,Sn:2+,Sn4+,As3+,As5+kabi kationlar kiradi, guruh reagenti o`yuvchi ishqorlar bo`lib, ortiqcha ishqor ta’sirida eriydi.
Dostları ilə paylaş: |