1.4. Simob (I) kationining reaksiyalari
Simob (I) tuzlari suv bilan ta'sirlashib gidrolizlanadi, shundan uning eritmalarini tayyorlashda ularga tegishli kislotalar qo'shiladi.
Analitik kimyoda asosan Hg2(NO3)2 ishlatiladi, uning eritmasiga 1:1 HNO3 eritmasi qo'shiladi.
1. O'yuvchi ishqorlar — NaOH va KOH eritmalaridan bir necha tomchisi 2-3 tomchi Hg2(NO3)2 eritmasiga tomizilsa, qora rangli Hg2O cho'kma hosil bo'ladi:
Hg2(NO3)2+ 2KOH=Hg2O↓+ H2O + 2KNO3
Hg22+ + 2OH-=Hg2O↓+ H2O
2. Ammiak eritmasi simob (I) ioni bilan qora rangli cho'kma hosil qiladi:
Hg2Cl2 + 2NH4OH=Hg↓+ NH2HgCl↓ + NH4+ + H2O + Cl-
2Hg2(NO3)2+ 4NH4OH=[OHg2NH2]NO3↓+ 2Hg + 3NO3- + 3NH4+ + 3H2O
3. Natriy yoki kaliy karbonat ta'siridan simob (I) ioni karbonat cho'kma hosil qiladi. Simob (I) karbonat tezda parchalanadi:
Hg2CO3= HgO↓+ Hg↓+ CO2
4. Xlorid kislotaning 3-4 tomchi eritmasi 3-4 tomchi Hg2(NO3)2 eritmasiga qo'shilsa, oq rangli Hg2Cl2 cho'kma hosil bo'ladi:
Hg2(NO3)2 + 2HC1=Hg2Cl2↓ + 2HNO3
5. Vodorod sulfidning 3-5 tomchi eritmasi 2-3 tomchi Hg2(NO3)2 eritmasiga aralashtirilganda, qora rangli Hg2S cho'kma tushadi:
Hg22+ + H2S=HgS↓+Hg↓+2H+
6. Qalay (II) xlorid Hg2(NO3)2 tuzining 2 tomchi eritmasiga 2-3 tomchi qo'shilsa, Hg22+ioni qora cho'kma Hg2Cl2 yoki qora cho'kma tarzida Hg metali hosil qilib cho'kadi:
Hg2(NO3)2 + SnCl2=Hg2Cl2↓+ Sn(NO3)2
Hg2Cl2 + SnCl2=2Hg+ SnCl4
Dostları ilə paylaş: |