3. Kumush ionini ajratish `va Ag+, Hg,2+ ionlarini topish. 2-cho'kmaga 25% li NH4OH eritmasidan qo'shib,aralashtiring. Bunda AgCl cho'kmasi [Ag(NH3)2]+ kompleks ionni hosil qilib eriydi (3-eritma). Hg2Cl2 esa [HgNH2]Cl + Hg tarkibli qora rangii cho'kma shaklida (3-cho'kma) qoladi, Aralashmadagi eritmani sentrifuga yordamida cho'kmadan ajratib. undan (3-eritma) kumiish ionini topish uchun eritmaga nitrat kislota eritmasi qo'shiladi. Oqibalda kompleks ioni parchalanib. oq cho'kma tushsa, bu tekshiriladigan eritmada Ag+ borligini ko'rsatadi. Aralaslmiadagi Ag+ionining miqdori Hg22+ionnikidan kam bo'lsa, Ag+ . ionni quyidagi rcaksiya natijasida yo'qotib qo'yish ham mumkin:
2[Ag(NH3)2 ]+ + 2Hg + 2CI- →2Ag↓ + 4NH3↑ + Hg2Cl2 Buningsababi shundaniboratki,cho'kmaga ammiak qo'shilganda cho'kmadagi Hg2Cl2 qorayib, Hg hosil bo'ladi:
Hg2Cl2 + 2NH3→ ClHgNH2Hg↓ + NH4+ + Cl- Bunda cho'kmanmg NH4OH ta'siridan tez qorayishi Hg22+ ioni borligini ko'rsatadi.
Birinchi analitik guruh kationlari aralashmasi analizining sxemasi 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval
1. I-guruh kationlarning aralashmasini analiz qilishda ularning qanday xossalariga
e’tibor berish kerak ?
2. kationi ishtirok etganda va kationlari qanday aniqlanadi ?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.АлексеевВ.Н. Яриммикрометодбиланқилинадиганхимиявийсифат
анализи курси. Т.: «Ўқитувчи», 1972 й.
2.Золотов Ю.А., Дорохова Е.Н., Фадеева В.И. и др. Основы аналитической
химии: Учебное пособие. М.: Высшая школа, В 2 кн. 1999.
3.O. Fayzullayev. Analitik kimyo “Yangi asr avlodi” -T.:2006y.
laboratoriya ishi
II guruh kationlarining reaksiyalari va ular aralashmasining analizi tartibi Ajratilgan vaqt - 6 soat