Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə13/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   135
12 Cифat анализ

Ishdan maqsad:IIguruh kationlarining xususiy reaksiyalarini va kationlar aralashmasi analizi tartibini o`rganishdan iborat.
Kerakli jihoz va reaktivlar: probirka, kolba, suv hammomi, shtativ, gaz gorelkasi,sentrafuga, asbest, distirlangan suv, probirkalar;
H2,SO4 , NH4Cl, NH4OH, (NH4)2CO3, HCl, CH3COONa, Na2HPO4, (NH4)2 C4O2, K4[Fe(CN)6], K2CrO4 va II guruh kationlarining eruvchan tuzlari. Identiv o`quv maqsadi:
1.Talaba II guruh kationlarining xususiy reaksiyalarini tushunib
bajaradi.
2.II guruh kationlari aralashmasini laboratoriya sharoitida
mustaqil tahlil qila oladi.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi: IIguruh kationlariga Ca2+, Sr2+, Ba2+ kabi kationlar kiradi, guruh reagenti sulfat kislota.
2.1. Ikkinchi guruh kationlarining reaksiyalari
Ikkinchi analitik guruh kationlari qatoriga kalsiy, stronsiy, bariy va radiy ionlari kiradi. Ular ammiakli bufer aralashma ishtirokida guruh reagenti – suyultirilgan sulfat kislota ta'siridan cho'kadi. Bu guruh kationlarining gidroksid, karbonat, sulfat, sulfit, xromat, oksalat va fosfatlari suvda kam eriydi. Ishqoriy-yer metallari gidroksidlaridan faqat bariy gidroksid suvda yaxshi eriydi. Ikkinchi guruh kationlari gidroksidlarining suvda eruvchanligi yuqoridan pastga (davriy jadval bo'yicha) ortib borsa, masalan, sulfatlarining eruvchanligi kamayib boradi. Bu guruh kationlarining karbonatlari kam eruvchan ekanligiga qaramasdan ularni qaysi eruvchan karbonat ta'siridan cho'ktirish muhim ahamiyatga ega. Kaliy va natriy karbonatlar ta'siridan magniy ioni ikkinchi guruh kationlari bilan cho'kadi. Bu birinchi guruh kationlari analizini qiyinlashtiradi, chunki kaliy yoki natriy karbonat ta'siridan ikkinchi guruh kationlarini cho'ktirganda eritmadagi birinchi guruh kationlariga hali topilmagan, biroq topilishi keyinroq ko'zda tutilgan ionlar (K+ va Na+) qo'shilib, birinchi guruh kationlari aralashmasini ular ifloslantiradi. Shu bois ikkinchi guruh kationlarini cho'ktirish uchun ammiakli bufer aralashma (NH4C1+NH4OH) ishtirokida ammoniy karbonat bilan cho'ktirish maqsadga muvofiqdir. Shunday qilinsa, magniy birinchi guruh kationlari bilan eritmada qoladi. Ikkinchi guruh kationlarining sulfidlari (suvdagi eritmada ular gidrolizlanib, gidrosulfidlarga aylanishini:
CaS + HOH → Ca2+ + HS- + OH-
hisobga olamiz) suvda yaxshi eriydi. Bu xossa birinchi va ikkinchi analitik guruhlar kationlarini uchinchi va to'rtinchi guruhlar kationlaridan farqlaydi. Ikkinchi guruh kationlarining kuchli kislotalar bilan hosil qilgan tuzlari qariyb gidrolizlanmaydi va deyarli neytral muhitga (pH~6) ega. Ularning juda ko'pchilik birikmalari rangsizdir.



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin