1. Ammoniy karbonat bariy ioni bilan sekin-asta yirik kristal cho'kmaga aylanadigan oq amorf cho'kma hosil qiladi:
BaCl2 + (NH4)2CO3→BaCO3↓+2NH4Cl
Cho'kma HC1, HNO3 hamda CH3COOH kislotalarda eriydi va H2SO4 eritmasi ta'siridan erimaydigan bariy sulfatga aylanadi.
Reaksiyani bajarishuchun 2-3 tomchi BaCl2 yoki Ba(NO3)2 eritmasiga shuncha (NH4)2CO3 eritmasidan qo'shiladi. Bunda oq amorf cho'kma hosil bo'ladi.
2. Kaliy xromat - K2CrO4bariy ioni bilan HC1 va HNO3 kislotalarda eriydigan, biroq CH3COOH da erimaydigan sariq cho'kma - BaCrO4 hosil qiladi:
BaCl + K2CrO4→ BaCrO4↓ + 2KC1
Ba2++CrO42-→BaCrO4↓
HC1 da erishi:
BaCrO4 ↓ + 2HC1 →BaCl2+ H2CrO4 BaCrO4 ↓+ 2H+→Ba2+ + H2CrO4 Reaksiyani bajarish uchun 2-3 tomchi BaCl2eritmasiga shuncha K2CrO4eritmasi tomiziladi, natijada sariq rangli cho'kma - BaCrO4 hosil bo'ladi.
3. Kaliy dixromat - K2Cr2O7bariy ioni bilan sariq rangli BaCrO4 cho'kma hosil qiladi:
2BaCl2 + K2Cr2O7 + H2O → 2BaCrO4 ↓ + 2HC1 + 2KC1
Bu reaksiyada BaCrO4 cho'kmasining hosil bo'lishi K2Cr2O7 eritmasida doimo Cr2O72- iondan tashqari CrO42- ionning mavjudligi bilan izohlanadi:
Cr2O72- + H2O → 2CrO42- + 2H+ K2Cr2O7 bariyni chala cho'ktiradi, chunki BaCrO4 cho'kmasi reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan kislotada eriydi.Shuning uchun ham kuchli kislotali eritmalardagi bariy ionini K2Cr2O7 to'la cho'ktirmaydi.
Bariy ionini amalda to'liq cho'ktirish uchun eritmaga CH3COONa qo'shish zarur, bunda qo'shilgan CH3COONa hosil bo'ladigan HC1 ni neytrallab, kuchsiz sirka kislota hosil qiladi:
2BaCl2+K2CrO7+HCl+2CH3COONa →2BaCrO4 ↓+2CH3COOH+2KCl+2NaCl
Shuni ta'kidlash kerakki, ikkinchi gruppaning boshqa kationlari K2Cr2O7 bilan cho'kma hosil qilmaydi, ammo bundan kalsiy va stronsiy ishtirokida bariyni topish uchun foydalaniladi.