O‘quv tarbiya jarayonini tashkil etish:
2022-2023 o‘quv yilida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining “ Boshlang‘ich, o‘rta vao‘rta maxsus professinal ta’lim muassasalarida namunaviy o‘quv rejalar asosida ishchi o‘quv rejalari va o‘quv jarayoni grafiklarini ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ” to‘g‘risidagi 87-05-563-sonli xati asosida, ta’lim muasasasida 2022-2023 o‘quv yilidagi mavjud 9 ta yo‘nalishlar bo‘yicha namunaviy rejalar asosida ishchi o‘quv rejalari va o‘quv jarayoni grafigi ishlab chiqildi.
2022 yilning 5 sentiyabr sanasidan dars mashg‘ulotlari 31 nafar o‘qituvchi ( 13 nafar umumta’lim, 3 nafar maxsus fanlar, 15 nafar ishlab chiqarish ta’limi ustalari) dan iborat pedogogiq jamoasi bilan 2022-2023 o‘quv yilining 1-chi yarim yillik dars jadvali asosida yo‘lga qo‘yildi.
Joriy o‘quv yilida kasb-hunar maktabida 3 ta fan kafedrasi ( Umumta’lim, umumkasbiy va maxsus , ishlab chiqarish amaliyoti) tashkil etilib, kafedra mudirlari tayinlanib, yillik ish rejasiga muvofiq o‘quv jarayonini tashkil etish va nazorati bo‘yicha uslubiy ishlarni yo‘lga qo‘yib keldi.
O‘quv yilining boshlanishi bilan direktor va barcha direktor o‘rinbosarlari , bo‘lim boshliqlari o‘zlarining 2022-2023 o‘quv yili Ish rejasini tasdiqlatib , mazkur ish rejaga muvofiq o‘zlariga tegishli soxalar bo‘yicha yo‘l xaritalari va chora-tadbir rejalari asosida ishlarni tashkil etib keldi.
Ta’lim muassasasida 2022-2023 o‘quv yili uchun tuzilib tasdiqlangan Pedogogiq ish rejasiga muvofiq , belgilangan pedogogik kengashlar , direktor qoshidagi yig‘lishlar muntazam ravishda tashkil etilib kelindi , yig‘ilishlarda vazirlik va hududiy boshqarma tomonidan berilgan topshiriqlar pedogogik jamoaga muntazam etkazilib turildi va ijrosi ta’minlanib kelindi.
Reja asosida o‘tkaziladigan yig‘lishlarda ta’lim muassasasi pedogogik jamoasi o‘rtasida PTT oid Vazirlar Maxkamasi , Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi , Hududiy boshqarma qaror, farmon, bo‘yruqlari bilan tanishtirilib ijrosi ta’minlanib kelindi , jumladan 2020 yil 23 sentyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim tugrisida»gi № 637-sonli konunining mazmun moxiyati,uning ta’lim soxasida tutgan o‘rini, amaldagi “ Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni ” dan farqli jihatlari, to‘ldirilgan boblari va moddalari yangi qabul qilingan qonun ta’lim oluvchiga qonunda belgilangan talablari xamda ta’limni boshqarish organlarning vakolatlarining bir-biri bilan uzviy bog‘liqligi xaqidagi o‘ziga xos prinsiplar bilan ta’lim muassasasi o‘quv tarbiya jarayonida dasturi amal bo‘lib kelmoqda.
Ta’lim muassasasi joriy yilni Muxtaram Prezidentimizning 2022 yil 20 dekabrda O‘zbekiston xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasini dasturi amal qilgan xolda , murojaatnomada ta’lim tizimida ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilish dolzarb masala eknligini xis qilgan xolda ta’lim muassasasining kengaytirilgan yig‘lishida mazkur murojjatnomaning xar bir bandi ta’lim muassasasi pedogogik jamoasi o‘rtasida o‘rganilib chiqildi.
Joriy yilning mart oyi davomida Viloyat prokuratura tomonidan Uzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, 23.09.2020 yildagi "Ta’lim tugrisida’Ti konuni va soxdga oid boshsa normativ xujjatlar ijrosini byudjet mablaglarining maqsadli sarflanishi va mex,natga oid konunchilik axvoli yuzasida ta’lim muassasasida o‘rganish olib borilib , o‘rganishda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan chora-tadbir rejalari ishlab chiqilidi, mavjud kamchilliklar o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida chora tadbir rejasi ishlab chiqilib , o‘quv- tarbiya jarayonini samarali tashkil etish , ta’lim muassasasining moddiy texnika bazasini mustaxkamlash, davlatimiz raxbari tomonidan professional ta’lim tizim bo‘yicha olib borilayotgan izchil isloxatlarning ijrosi xamda bo‘lajak kasb-hunar maktablarining kelajakdagi mavqei , kasb-hunar maktablarini tugatgan o‘quvchi yoshlarni jamiyatimizga kerakli kadrlar qilib tayyorlash kabi dolzarb masalalar xamda Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasining kengaytirilgan apparat yig‘ilishlarda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirildi jumladan:
Ta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish ta’lim sifati samaradorligini oshirish kasb-hunar maktablari olidida turgan masallar yuzasidan, hududiy boshqarmaning xar bir apparat yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida ta’lim muasasasining kengaytirilgan yig‘lishlarida ko‘rib chiqilib yig‘ilish bayonnomalari shakillantiridi tegishlilik darajasi yuzasidan ma’sullarga topshiriqlar berilib ijrosi ta’minlanib kelinmoqda.
Ta’lim muassasasini xar tomonlama rivojlantirish , ta’lim tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish , hududni obodonlashtirish , o‘quv labartoriya xonalarining jixozlanishini nazoratga olish yuzasidan ta’lim muassasasi hududi 4 ta sektorga bo‘lingan bo‘lib , xar bir raxbar o‘ziga tegishli sektorda yuqoridagi xolatlar yuzasidan muntazam nazorat o‘rnatgan xolda ishlarni tizimli tashkil etib kelmoqda.
Denov 3-son kasb-hunar maktabida 2022-2023 o‘quv yilida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining “ Boshlang‘ich, o‘rta vao‘rta maxsus professinal ta’lim muassasalarida namunaviy o‘quv rejalar asosida ishchi o‘quv rejalari va o‘quv jarayoni grafiklarini ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ” to‘g‘risidagi 87-05-563-sonli xati asosida, ta’lim muasasasida 2022-2023 o‘quv yilidagi mavjud 9 ta yo‘nalishlar bo‘yicha namunaviy rejalar asosida ishchi o‘quv rejalari va o‘quv jarayoni grafigi ishlab chiqildi
Dars mashg‘ulotlari chiqib mavjud 14 ta guruxga kabineti xamda 150 o‘rinli o‘quv ishlab chiqarish ustaxonasi to‘liq o‘quv jarayoniga tayyorlanib o‘quv mashg‘ulotlari 2022 yilning 5 sentiyabrdan 1-smestr dars jadvali asosida tashkil etildi.
2022-2023 o‘quv yili uchun mavjud yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqilgan ishchi o‘quv rejalari asosida ta’lim muasasasining pedogog xodimlarga dars taqsimotlari shakillantirildi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022 yil 30 avgustdagi 295-sonli buyrug‘i bilan
tasdiqlangan malaka talablari, o‘quv dasturlari bilan mavjud yo‘nalishdagi o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’lim ustalari ta’minlanib, 14 ta umumta’lim fanlardan 11 tasidan 47 ta umumkasbiy va maxsus fanlardan 39 tasidan , 27 ta o‘quv amaliyotlaridan barchasidan o‘qitish marteallar to‘plamlari yaratildi, va o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’lim ustalari o‘zlariga tegishli fan ( modul )lardan taqvim mavzu rejalar tayyorlanib,kafedra yig‘ilishlarida muhokamadan o‘tkazilib, 2022 yil 30 avgustdagi ilmiy pedogogik kengashining qarori bilan tasdiqlandi.
O‘quvchilarning fanlardan dars mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishni qayd qilish bo‘yicha dastlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 avgusdagi № 431-sonli bo‘yrug‘i bilan o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’lim ustalari yana bir bor tanishtirilib mavjud 16 o‘quv guruxlarida o‘quv jurnallari hududiy boshqarmaning 2022 yil 05 oktiyabrdagi №03-17/439-sonli xatining 5-bandiga yuritilishi to‘liq yo‘lga qo‘yildi va muntazam ravishda nazorat qilib borildi, muvofiq ishchi xolatda yuritilib kelinmoqda va doimiy nazorati yo‘lga qo‘yib kelindi..
Ta’lim muassasasida o‘quv tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilarning mavjud umumta’lim fanlarini o‘zlashtirishi, umumta’lim darsliklari bilan ta’minlash bo‘yicha hududiy boshqarmaning 2022 yil 03-18/256-sonli xati asosida, Denov tumani XTB ga aloqa xati tashkil etilib, umuta’lim fan darsliklaridan foydalanish yo‘lga qo‘yilib, joriy o‘quv yilida 233 nafar 1-bosqich o‘quvchilaridan 203 nafari 91 % umumta’lim darsliklari bilan ta’minlandi.
O‘quv rejasiga muvofiq 1-bosqichlarda 14 ta umumtalim fanlaridan boshlangich nazorat ishlari olinib kafedra yigilishida ko‘rib chiqilib bayonnomalashtirildi, rejaga muvofiq fanlar kesimida oraliq nazorat ishlari olinib kaferdaga topshirildi va monitoring ishlab chiqildi.
Ta’lim muassasasida umumta’lim fanlaridan fan olimpidalarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘yicha hududiy boshqarmaning 2023 yil 29 oktyabrdagi 03-18/347-sonli xati asosida, direktorining bo‘yrug‘i ishlab chiqildi va barcha umumta’lim fanlaridan saralash bosqichi o‘tkazilib, yuqori natijaga erishgan o‘quvchilarni 6 ta fan bo‘yicha tuman bosqichiga ishtiroki ta’minlandi. Tuman bosqichda munosib o‘rinlar egallanmaganligi sababli, keyingi yil fan olimpiadalariga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Ta’lim muassasasi bilan OTM o‘rtasida maxorat darslarini tashkil etish tajriba almashinish maqsadida ta’lim muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish ta’limi ustalariga va o‘quvchilarga Denov tadbirkorlik va pedogogika instituti o‘qituvchilari tomonidan maxorat darslar tashkil etilib kelindi , mazkur maxorat darslaridan ta’lim muassasasi o‘qituvchi va pedogogik jamoasi amaliy tajribalar almashinib o‘z tajriba va maxoratlarni mustaxkamlanmoqda.
Informatika o‘qituvchisi A.Muminov boshchiligida “ Bir million dasturchi ” loyixa doirasida o‘qituvchi va o‘quvchilarini jalb qilish yuzasidan chora-tadbir rejasi asosida ishlar tashkil etilgan bo‘lib, mazkur loyxa yuzasidan 2 ta o‘qituvchi ,8 ta o‘quvchilar loyxa doirasida munosib qatnashdilar va sertifikatlarga ega bo‘lishdi, loyxa doirasida ishlar davom etmoqda.
2023-2022 o‘quv yilining o‘quv jarayon grfigiga muvofiq 1-smestr bo‘yicha o‘quv rejada ko‘zda tutilgan barcha fanlar va o‘quv amaliyotlaridan yakuniy nazorat ishlari olinib o‘quvchilarning reyting ko‘rsatqichlari aniqlandi , unga ko‘ra 7 yo‘nalish bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv rejasiga muvofiq 14 ta umumta’lim fanlari , 29 ta umumkasbiy fanlari , 9 ta o‘quv amaliyotlari o‘qitilishi rejalashtirilgan bo‘lib shundan 1-smestr bo‘yicha 29 ta umumkasbiy fanlari , 9 ta o‘quv amaliyotlari 13 ta umumta’lim fanlaridan 11 tasi o‘quv jarayon grafigiga muvofiq dasturda ko‘zda tutilgan soatlarni bajardi va yakuniy nazorat ishlarini o‘tkazdi faqat 2 ta fizika va kimyo fanlaridan dastur asosida soatlar bajarilmadi sababi fanlar o‘qtuvchilar yo‘qligi sababli dekabr oyidan mashg‘ulotlar tashkil etilgan, yuqordagi fanlardan mavjud gurux o‘quvchilarining 1-smestr o‘zlashtirish reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha 01-21 guruxi jami 26 nafar o‘quvchidan 24 nafari , 02-2021 guruxi jami 29 nafar o‘quvchilaridan 26 nafari , 03-21 gurux jami 27 nafar o‘quvchidan 26 nafari , 04-21 guruxi jami 26 nafar o‘quvchidan 24 nafari , 05-21 gurux jami 26 nafar o‘quvchidan 23 nafari , 06-2021 guruxi jami 28 nafar o‘quvchidan 26 nafari 07-21 guruxi jami 26 nafar o‘quvchidan 24 nafari , 08-2021 guruxi jami 29 nafar o‘quvchilaridan 26 nafari kasb-hunar maktabida 2 bosqichlarda jami 215 nafar o‘quvchidan 13 nafar o‘quvchilar darslarga muntazam qatnashmaganligi, fanlardan berilgan topshiriqlarni to‘liq o‘zlashtirmaganli sababli 1-smestr bo‘yicha qoniqarsiz o‘zlashtirdi.
Ta’lim muassasasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 04.09.2020 yildagi №-465 sonli “Professional ta’lim muassasalari uchun o‘qititish matreallari to‘plamlarini yaratishni tashkil etish to‘g‘risida” gi bo‘yrug‘i ta’lim muassasasidagi ijrosi xamda hududiy boshqarmaning 2020 yil 08 sentiyabrdagi № 331-sonli bo‘yrug‘i asosida shu kungacha to‘plamni yaratish bo‘yicha 14 ta umumta’lim fanlaridan 14 ta , 45 ta umumkasbiy fanlaridan 39 ta , o‘quv amaliyotlarining barchasidan O‘MT yaratilib o‘quv jarayonida foydalanib kelinmoqda.
Jumladan Maxsus fan o‘qituvchisi Mo‘minov Alisher tomonidan “ Raqamli axborotlarni qayta ishlash ” o‘quv amaliyotidan OTV № 465-sonli bo‘yrug‘i asosida O‘MT yaratib metod birlashmaga taqdim etdi , metod birlashmaning 2023 yil yanvar oyidagi № 3 sonli yig‘ilish qarori , 2023 yil yanvar oyi Pedogogiq kengashning tavsiyasiga asosan ta’lim muaasasasida foydalanishga tavsiya etildi, xamda ommalashtirish maqsadida Hududiy boshqarmaga tavsiya etildi.
Mazkur tavsiya asosida Maxsus fan o’qiuvchisi Muminov Alisherning 2 ta “Kasbga kirish” hamda “ Shaxsiy kompyuter va ofis jixozlariga exnik xizmat ko’rsatish” fanidan tayyorlangan o`qitish materiallar to`plami Respublika metodik ta`minlash guruhi tamonidan tasdiqlandi va platformaga joylashtirildi.
Ta’lim muassasasida xar oyning 25 sanasi metod kuni deb e’lon qilinib, o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga o‘quv-metodik yordam berish maqsadida xukumatimizning, vazirlik, hududiy boshqarmaning buyruqlari, ta’lim to‘g‘risidagi yangiliklar bilan muntazam tanishtirilib kelinmoqda .
Bundan tashqari ta’lim muasssasasi ijro intizomi bo‘limi tomonidan vazirlik , hududiy boshqarma , tuman xokimligidan berilgan topshiriqlar o‘z vaqtida ijrosi ta’minlanib kelinmoqda , deriktor qoshidagi va umumiy yig‘ilishlar , pedogogik kengash yig‘lishlari muntazam ravishda o‘tkazilib kelindi
Ta’lim muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining malaka oshirish rejasiga muvofiq masofaviy malaka oshirishlarda tinglovchilar muntazam ta’minlanib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.05.2021 yil “ O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni urganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi boskichga olib chikish chora-tadbirlari tugrisida” dagi PK-5117 qarori ijrosi yuzasidan 2022-2023 o‘quv yilida ta’lim muassasasida Mazkur qaror ijrosi yuzasidan ta’lim muassasasi o‘qituvchi pedogoglari o‘rtasida smenar tashkil etildi.Ta’lim muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy til o‘qituvchilari belgilangan milliy yoki unga tenglashtirilgan mos ddarajadagi xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishi lozimligi qo‘rsatib o‘tildi.
Ta’lim muassasasi AKM foaliyati , mavjud adabiyotlar , saqlanish xolati va 2022-2023 o‘quv yili uchun fan adabiyotlarga bo‘lgan extiyoj o‘rganilib kelinmoqda umumkasbiy va maxsus fan adabiyotlariga extiyoj shakillantirilib hududiy boshqarmaga taqdim etib borildi, va 78 ta umumkasbiy va maxsus fan adabiyotlari bilan boyitilib AKM umumiy fondi 5294 tani tashkil etib shundan baddiy adabiyotlar 287 ta umumkasbiy va maxsus fanlardan 5007 ta ni tashkil etib umumta’lim fanlaridan 14 na fandan 1313 ta o‘quv adabiyotlarini tashkil etadi.Ta’lim muassasasidagi 376 nafar o‘quvchidan xozirgi kungacha 190 nafar o‘quvchi kutubxonaga a’zo bo‘lgani bu jarayon davom etayotgani , o‘qutuvchi va ishlab chiqarish ta’lim ustalaridaning deyarli barchasi a’zo bo‘lib kutubxona fondidan foydalinib kelinmaqda , AKM ning yillik rejasiga muvofiq bir qancha kitobxonlik tadbirlari , shoir va yozuvchilarning tavvalud ayommlarini nishonlash maqsadida badiy kechalar tashkil etilib kelindi.
Dostları ilə paylaş: |