Ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish 2022-2023 o’quv yili uchun Yoshlar bilan ishlash bo’yicha direktor o’rinbosarining yillik ish rejasi ishlab chiqilgan. Ish reja kelgusida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti,Vazirlar mahkamasi qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi tamonidan farmonlar, farmoyishlar, qarorlar, qonunlar ijrosini bajarish asosida to’ldirilib boriladi.
Kasb-hunar maktabida 2022-2023 o’quv yilida 446 nafar o’quvchi yoshlar ta’lim-tarbiya olishmoqda.Ushbu o’quvchilar o’rtasida 51 nafar iqtidorli o’quvchilar va 4 nafar ijtimoiy kam ta’minlangan va 3 nafar chin etim o’quvchilar aniqlangan bo’lib, ushbu o’quvchilar nazoratga olingan.
Kasb-hunar maktabida o’quvchilarning darsdan tashqari bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlarini ta’minlash borasida hafta kunlari kesimida fan va sport to’garaklari tashkil etilgan.
Denov tuman 3-son kasb-hunar maktabida o’quvchi yoshlarning ma’nan etuk ,barkamol bo’lib etishishlari ,mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni mazmun mohiyatini tushunishi hamda ma’naviy –ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida , jumladan yoshlarda sog’lom dunyoqarash, kitobxonlik ko’nikmasini shakllantirish ,ularda g’oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish maqsadida muayyan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan:
22022-2023 o`quv yiliga Yangi qabul qilingan 1-bosqich o`quvchilarni mutaxassisliklar bo`yicha o`quv guruhlariga taqsimlandi. Kasb-hunar maktabi Nizomi bilan tanishtirildi va guruh rahbarlariga biriktirildi.
2022 yil 13 sentabr kuni kasb-hunar maktabida ma`naviyat bo`limi,yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti hamda o`qituvchi muxandislar hamkorligida yozuvchi Muhammad yusufning ‘’Qora quyosh’’ nomli kitobini o`qish va mazmun mohiyatini o`rganish bo`yicha tashviqot ishlari targ`ibot guruhi tomonidan amalga oshirildi.
2022 yil noyabr oyida kasb-hunar maktabida ma`naviyat bo`limi, yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti hamda tuman IIB vakillari bilan hamkorlikda ‘’O`quvchi yoshlar o`rtasida uyali telefonlardan to`g`ri foydalanish madaniyati’’ mavzusida reyd tushuntirish ishlari hamkorlik tadbiri o`tkazildi.