Fan va innovatsiyalar vazirligi t oshkent moliya instituti



Yüklə 0,89 Mb.
tarix26.10.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#161717
Moliya Sadullayev Feruz amaliy


O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
T OSHKENT MOLIYA INSTITUTI




Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti ,,Buxgalteriya hisobi va audit” yo’nalishi 4-kurs
HBA- 80 guruh talabasi
Moliya Bozori Va Moliyaviy Texnologiyalar
fanidan tayorlagan mustaqil ishi

Tayyorladi:Sadullayev F
Tekshirdi: BOTIROV A.
Oddiy va imtiyozli aksiyalar bo'yicha dividend hisoblash va to'lash tartibi
Reja

1. Oddiy va imtiyozli aksiyalar bo'yicha dividend hisoblash va to'lash tartibi


2. Dividend taqsimlash
3. Imtiyozli aksiyalar uchun dividend hisoblash

Oddiy va imtiyozli aksiyalar bo'yicha dividend hisoblash va to'lash tartibi bir nechta faktorlarga bog'liq bo'lishi mumkin. Quyidagi tartib oddiy aksiyalar uchun odatiy dividend hisoblash va to'lash usulini tasvirlayadi:


Dividend ma'lumotlarini to'plamalik: Kompaniya oylik yoki yillik hisobotlarida dividendlarni ko'rsatishi mumkin. Shuningdek, kompaniya tomonidan ajratiladigan dividendlar haqida xabarlar va e'lonlar ham ma'lumotlar to'plashda yordam beradi.
Dividend taqsimlashi: Kompaniya boshqaruvining dividend taqsimlashi haqida qarorlar qabul qilishi kerak. Bu qarorlar boshqaruv tomonidan yig'ilgan divident fondini qanday taqsimlashni o'z ichiga oladi.
Dividend haqida e'lon qilish: Kompaniya dividendlarni e'lon qilish uchun ma'lum bir sanani belgilayadi. Bu sanadan keyin, dividendlar odatda bir necha kun ichida to'lanadi.
Dividend hisoblanishi: Dividendlar oddiy aksiyalar uchun har bir aksiyaga bir xil miqdorda bo'lib taqsimlanadi. Dividend hisoblanishi uchun har bir aksiyadagi dividend summasi aksiyalar miqdoriga ko'paytiriladi.
Imtiyozli aksiyalar uchun dividend hisoblash va to'lash tartibi oddiy aksiyalardan farqli bo'lishi mumkin. Imtiyozli aksiyalarga berilgan imtiyozlar, dividendlarni ham taqsimlash va to'lash tartibini o'zgartirishi mumkin. Bu tartib kompaniya tomonidan belgilanadi va imtiyozlar kompaniya tomonidan e'lon qilinishi mumkin.

Bundan tashqari, kompaniyalar dividendlarni to'laishni boshqarishda soliq qonunlari va boshqa tartiblar bilan ham ta'sir qilishi mumkin. Dividendlar hisoblash va to'lash tartibi mazkur tartiblarga asoslangan bo'lib, kompaniya xususiyatlari va qonunlariga asoslangan holda belgilanadi.


Oddiy aksiyalar va imtiyozli aksiyalar: 3 ta asosiy farq

📌 Foydali ma'lumot (o'qish vaqti 3 daqiqa)

🔹Dividendlar to'lovi
Imtiyozli aksiyalar bo'yicha dividend miqdori kompaniya Ustavida ko'rsatiladi. Agar kompaniya ustavida imtiyozli aksiya egasi qancha pul olishi ko'rsatilmagan bo'lsa, to'lovlar miqdori oddiy aksiyalar bilan bir xil bo'ladi. Dividend miqdori kuzatuv kengashi tomonidan tavsiya etiladi va aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tomonidan tasdiqlanadi. Dividendlar miqdori kuzatuv kengashi tomonidan tavsiya etilgan qiymatdan yuqori bo'lishi mumkin emas.
Dividendlar oddiy aksiyalar egalariga to'lanmay, faqat imtiyozli aksiyalar egalariga to'lanishi holati ham bo'lishi mumkin. Misol – Hamkorbank.
Ammo ko'pincha emitentlar har ikki turdagi aksiyalar bo'yicha dividendlar to'lashadi. Bunday holatda imtiyozli aksiyalar egalari dividendlarni birinchi navbatda olish huquqiga ega bo'ladilar.
Imtiyozli aksiyalar o'z egalariga Kompaniya foydasi mavjudligidan qat'iy nazar aniq belgilangan dividendlar olish huquqini beradi.
Dividendlar to'lash tartibi ustavda yoki Kompaniyaning dividend siyosatida ko'rsatiladi.
Dividend siyosati aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu ma'lumot jamiyat veb-saytining "Investorlar va aksiyadorlar" bo'limida joylashtiriladi.
🔹Yig'ilishda ovoz berish
Imtiyozli aksiyalar aksiyadorlar umumiy yig'ilishida ovoz bermaydi. Qonun va jamiyat ustavida belgilangan holatlar bundan mustasno.
Ko'pincha aksiyadorlar umumiy yig'ilishida faqat oddiy aksiya egalari ovoz berishadi. Bitta aksiya - bitta ovoz, qoidasi qo’llaniladi.
Ba'zi masalalar imtiyozli aksiyalar egalari ishtirokida hal qilinadi, masalan: jamiyatni qayta tashkil etish, tugatish, yirik bitimlar tuzish va ustavga imtiyozli aksiyalar egalarining huquqlarini cheklash bilan bog'liq o’zgartirishlar kiritish.
Eslab qoling, joylashtirilgan imtiyozli aksiyalar nominal qiymati jamiyat ustav kapitalining yigirma foizidan oshmaydi.

🔹Bankrotlik va jamiyatni tugatish


Aksiyadorlik jamiyati bankrotga uchragan yoki tugatilgan taqdirda, imtiyozli aksiyalar egalari o'z ulushlarini oddiy aksiyalar egalaridan oldinroq olishadi. Aksiyalarni jamiyat qaytarib sotib oladi va sizga aksiyaning tugatish qiymati to'lanadi. Aksiyaning tugatish qiymati ham jamiyat ustavida ko'rsatiladi.
Ushbu qoida dividend to’lashda ham qo’llaniladi. Tugatish dividendlari birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo'yicha to'lanadi va shundan keyingina qolgan qismi oddiy aksiyalar egalari o'rtasida taqsimlanadi.

📌 Qisqacha aytganda:
▪️ aksiyalar 2 turda: oddiy va imtiyozli.
▪️ oddiy aksiyalar aksiyadorlar umumiy yig'ilishida ovoz beradi, ammo ular bo'yicha dividendlar kompaniya foydasiga bog'liq bo'lgani sababli aniq belgilanganmaydi. Imtiyozli aksiyalar aksiyadorlar yig'ilishlarida ovoz bermaydi, ammo ular bo’yicha aniq belgilangan dividendlar to’lanadi.
▪️Agar dividendlar to'lanmasa, imtiyozli aksiyalar ovoz berish huquqini beradi.
▪️Aksiyadorlar huquqlarini cheklash to'g'risida ustavga o'zgartirishlar kiritish, yirik bitimlar tuzish, jamiyatni qayta tashkil etish yoki tugatish masalasi ko’rilganda, barcha turdagi aksiyalar ovoz beradi.
▪️Oddiy aksiyalar kompaniyani boshqarish bo'yicha ko'proq huquq va imkoniyatlarni beradi, ammo ular bo'yicha dividendlar olish kafolatlanmaydi. Shu bilan birga, aksariyat hollarda uzoq muddatli istiqbolda kotirovkalarning o'sishi hisobiga oddiy aksiyalardan olinadigan daromad imtiyozli aksiyalardan o’zib ketishi holatlari kuzatiladi.
▪️ Aniq belgilangan barqaror daromadni istaganlar uchun imtiyozli aksiyalar yaxshi tanlov bo’ladi.

Qonun va Ustavga muvofiq Jamiyat moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim


yilligi, 9 oyi natijalariga ko’ra va (yoki) moliyaviy yil natijalariga ko’ra
joylashtirilgan aksiyalar bo’yicha dividend to’lash to’grisida qaror qabul qilishga
xaqli. Moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi va to’qqiz oyi natijalariga
ko’ra dividendlar to’lash to’g‗risidagi qaror tegishli davr tugagandan keyin 3 (uch)
oy ichida qabo’l qilinishi mumkin. Dividend to’lash, dividend miqdori, shakli va
aksiyalarning har bir turi bo’yicha uni to’lash to’grisidagi qaror Aksiyadorlarning
umumiy yeg‗ilishi tomonidan Jamiyat Kuzatuv kengashining tavsiyasi va moliyaviy
hisobot asosida, agar uning to’griligi haqida auditor xulosasi bo’lsa, qabo’l qilinadi.
Moliyaviy yilning natijalariga ko’ra dividendlar to’lash to’g‗risida qaror
Aksiyadorlarning yillik umumiy yeg‗ilishi tomonidan moliyaviy yil natijalariga ko’ra
Jamiyat foydasini taqsimlash to’grisidagi masalaning tarkibiy qismi sifatida qabul
qilinadi.
Moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi va to’qqiz oyi natijalariga ko’ra
dividendlar to’lash to’grisidagi qaror Aksiyadorlarning umumiy yeg‗ilishi tomonidan
Aksiyadorlarning umumiy yeg‗ilishi kun tartibidagi alohida masala sifatida qabul
qilinadi. Aksiyalar bo’yicha to’lanadigan dividendlar miqdori Kuzatuv kengashining
tavsiyasiga ko’ra Aksiyadorlarning umumiy yeg‗ilishi tomonidan belgilanadi va
Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan tavsiya etilgan miqdordan ko’p bo’lishi
mumkin emas. Dividendlar (yillik, oralik) to’lash to’g‗risidagi qaror
Aksiyadorlarning umumiy yeg‗ilishining vakolatiga kiradi.
Dividendlar to’lash to’grisidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yeg‗ilishida
ishtirok etgan aksiyadorlarning oddiy ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Aksiyadorlar umumiy yeg‗ilishining dividendlar to’lash to’grisidagi qarorida
quyidagilar belgilanishi lozim:
dividend to’lashga yo’naltirilgan sof foydaning miqdori;
taklif etilayotgan sof foydani taqsimlashni, dividend miqdorini asoslash,
Jamiyatda qabo’l qilingan dividend siyosatiga ularning muvofiqligini baholash,
shuningdek zaruriy hollarda Jamiyatni rivojlantirish zaruriyati uchun yo’naltirilgan
sof foydaning ma‘lum qismining hajmini tushuntirish va iqtisodiy asoslash;
dividendlar e‘lon qilinadigan aksiyalar toifasi;
muayyan turdagi bitta aksiyaga hisoblangan dividend miqdori;
to’lov muddati(davri);
to’lov shakli;
to’lov tartibi.
Dividendlar to’lash to’grisidagi qaror aksiyadorga har bir turdagi aksiya
bo’yicha dividend miqdoriga taalluqli to’liq ma‘lumotlarni olishga imkon berishi
zarur. Aksiyadorlar umumiy yeg‗ilishi muayyan turdagi aksiyalar bo’yicha
dividendlar to’lamaslik, shuningdek Jamiyat Ustavida dividendlar miqdori
belgilangan imtiyozli aksiyalar bo’yicha dividendlarni to’liq bo’lmagan miqdorda
to’lash to’grisida qaror qabo’l qilishga xaqli.
Dividendlar to’lash yoki to’lamaslik to’grisidagi qaror korporativ nazoratni
qaytadan taqsimlash uchun vosita sifatida foydalanilishi mumkin emas. Qonun
hujjatlariga muvofiq Jamiyat:
Jamiyat ustav fondining barchasi uning ta‘sis etilishi chogida to’liq to’lab
bo’linguniga qadar;
agar dividendlar to’lanadigan paytda Jamiyatda bankrotlik belgilari mavjud
bo’lsa, yoki Jamiyatda shunday belgilar dividendlarni to’lash natijasida paydo bo’lsa;
Agar Jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondi va zaxira fondi
so’mmasidan kam bo’lsa, aksiyalar bo’yicha dividendlar to’lash to’g‗risida qaror
qabul qilishga xaqli emas. Yuqorida ko’rsatilgan holatlar tugatilgach, Jamiyat
hisoblangan dividendlarni aksiyadorlarga to’lashi shart. Agar imtiyozli aksiyalarning
barcha toifalari (Jamiyatning imtiyozli aksiyalari joylashtirilgan hollarda) bo’yicha
dividendlarni (shu jumladan, imtiyozli aksiyalar bo’yicha jamlangan dividendlar)
to’liq miqdorda to’lash to’g‗risida qaror qabul qilinmagan bo’lsa, Jamiyat oddiy
aksiyalar bo’yicha (shu jumladan, moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi va
to’qqiz oyi natijalari bo’yicha) dividendlar to’lash (e‘lon qilish) to’grisida qaror
qabo’l qilishga xaqli emas. Agar oldingi navbatdagi imtiyozli aksiyalarning barcha
toifalari (Jamiyatning turli toifadagi imtiyozli aksiyalari joylashtirilgan hollarda)
bo’yicha dividendlarni (shu jumladan, imtiyozli aksiyalar bo’yicha jamlangan
dividendlarni) to’liq miqdorda to’lash to’grisida qaror qabul qilinmagan bo’lsa,
Jamiyat muayyan turdagi imtiyozli aksiyalar bo’yicha dividend to’lash to’grisida
qaror qabo’l qilishga xaqli emas. Qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda oddiy
aksiyalar bo’yicha dividendlarni to’liq miqdorda to’lashning imkoni mavjud
bo’lmagan hollarda, Jamiyat dividendlarni hisoblash (to’lash) to’g‗risida qaror qabul
qilishga xaqli emas.

XULOSA
Xulosa qiladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi hududiga Dividend miqdorining hisob-kitobi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
bitta imtiyozli aksiya uchun dividend miqdori Jamiyat Ustavida
belgilanadi;
Jamiyat Ustavida belgilangan bitta imtiyozli aksiya uchun dividend miqdorini
imtiyozli aksiyalar soniga ko’paytirish orqali Jamiyat imtiyozli aksiyalari bo’yicha
dividendlarni to’lash uchun yo’naltirilgan daromad so’mmasi aniqlanadi;
Aksiyadorlarning umumiy yeg‗ilishi tomonidan dividendlarni to’lash uchun
yo’naltirilgan daromadning umumiy so’mmasidan imtiyozli aksiyalar bo’yicha
dividendlarni to’lash uchun zarur daromad so’mmasi ajratiladi;
dividendlarni to’lash uchun yo’naltirilgan umumiy daromadning kolgan qismi
joylashtirilgan oddiy aksiyalarning umumiy soniga bo’linadi va Jamiyatning bitta
oddiy aksiyasi uchun dividend miqdori aniqlanadi.
Dividend aksiyadorlar o’rtasida ularga tegishli aksiyalarning soni va turiga
mutanosib ravishda bitta aksiya uchun dividend miqdorini hisobga olgan holda
taqsimlanadi. Dividendlarga soliq solish soliq to’g‗risidagi qonun hujjatlariga
muvofiq amalga oshiriladi va bunda soliq solish bo’yicha imtiyozlar belgilanishi
mumkin.
Dividendlar:
joylashtirilmagan aksiyalar bo’yicha;
Jamiyat tomonidan olingan aksiyalar bo’yicha;
davlat vaqili tomonidan (agar Jamiyatda ―oltin aksiya‖ joriy etilgan bo’lsa)
dividendlarni hisoblash va to’lash masalasi bo’yicha Jamiyat aksiyadorlarning
umumiy yeg‗ilishining qaroriga veto qo’yilgan bo’lsa;
bankrotlik to’grisidagi ish kuzgatilganda kuzatuv joriy etilgan vaqtdan
e‘tiboran;
O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa
hollarda hisoblanmaydi va to’lanmaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Karimov A., Islomov F., Avloqulov A. Buxgalteriya hisobi. T.: –“Sharq” NMAK,
2004-y.
2. . Norbekov D. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. T.:–“Iqtisodmoliya”, 2006 y.
3. Ostonaqulov. Budjet hisobi. T.: 2008-y.
4. Audit. Darslik. M.M. To‘laxodjayeva va SH.l. Ilxomovlaming tahriri
ostida. Т.: TDIU, 2007. 463 bet.
5. AAbdullayev, O.Abduvahobov, I.Qayumov. Audit asoslari. Darslik. - Т., 2003.
6. R.D. Do'smuratov. Audit asoslari. Darslik. - Т., «0‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» nashriyoti. 2003. - 612-b.

7.Norma.uz


8.Lex.uz

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin