Fan va innovatsiyalar vazirligi university of business and science namangan filiali “iqtisod”


-jadval Xulq-atvor yondashuvi asosida raqobatning mohiyatini yoritishga qaratilgan



Yüklə 203,27 Kb.
səhifə5/6
tarix23.06.2023
ölçüsü203,27 Kb.
#134550
1   2   3   4   5   6
Raqobatning asosiy shakllari va usullari1

1.2.2-jadval Xulq-atvor yondashuvi asosida raqobatning mohiyatini yoritishga qaratilgan


turli mualliflik tariflari

Muallif

Tarifi

G. Azoyev

Alohida yuridik va jismoniy shaxslarning o‘zaro manffatlari
to‘qnashadigan maqsad uchun bellashuvi

D. Borisov



Iqtisodiyot subyektlari o‘rtasida yuqori foyda va boshqa manfaatlarga erishish maqsadida tovar bozorlari uchun
kurashishidir

V. Shkardun16



Ishlab chiqaruvchilarning foydani maksimallashtirish yoki boshqa aniq maqsadlarga erishish uchun bozor ulushi uchun
kurashishi

A. Yudanov



Firmalarning barcha uchun ommabop hisoblangan bozor segmentlarida iste‘molchilarning cheklangan to‘lovga qodir
talabiga ega bo‘lish maqsadida o‘zaro kurashishi

    1. Raqobatga nisbatan funksional yondashuv – bozorga tartibga soluvchi mexanizm sifatida


Funksional yondashuvga muvofiq, tadqiqot predmeti xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro raqobatlashuvi natijasida iqtisodiyot yoki muayyan bozorning erishgan samarasi (mamlakat iqtisodyotining o‘sishi, iqtisodiy nochor va samarasiz korxonalardan ―tozalash‖, tarmoqda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, innovasiyalarni yaratish va joriy etish, xarajatlarni kamaytirish, mahsulot sifatini oshirish va boshqalar) hisoblanadi.
Funksional yondashuvga ko‘ra raqobat bozorning tartibga solish, motivasiya, taqsimot va nazorat kabi iqtisodiy funksiyalarini amalga oshiruvchi mexanizmidir. Uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati quyidagi funksiyalarida namoyon bo‘ladi:
Tartibga solish funksiyasi. Kurashda yutib chiqish uchun ishlab chiqaruvchilar iste‘molchi afzal ko‘radigan mahsulot ishlab chiqarishi zarur. Bundan kelib chiqadiki, ishlab chiqarish omillari va narxeng ko‘p talab etiladigan tarmoqlarga qarab yo‘naltiriladi.
Motivasiya funksiyasi. Tadbirkorlar uchun raqobat bir vaqtning o‘zida xavf- xatar va imkoniyatdir. Ya‘ni tadbirkor sifatli mahsulotni eng kam xarajatlar hisobiga taklif etadi va daromad ko‘rinishdagi imkoniyatga ega bo‘ladi va iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantiradi;
Tadbiror mijozlar talabini e‘tiborga olmaydi yoki raqobat qoidalarini buzadi. Natijada u zarar ko‘radi yoki davlat tomonidan ma‘lum cheklovlar va jarimalar qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.





16 Шкардун В.Д. Стоя перед зеркалом…конкурентоспособность предприятия\ российское предпринимательство, 2008, № 2 (1)
Taqsimot funksiyasi. Raqobat samarali faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqaruvchilar daromadini oshiradi. Ishlab chiqaruvchilar va uy xo‘jaliklari o‘rtasida daromadlarning taqsimlanishini amalga oshiradi.
Nazorat funksiyasi. Raqobat har bir bozor ishtirokchilarining kuchini cheklaydi va nazorat qilib turadi. Misol uchun monopolist narxni belgilashi mumkin. Ammo raqobat iste‘molchiga bir necha sotuvchilarning mahsulotini sotib olishni taklif etadi. Raqobat qanchalik mukammal bo‘lsa narx shunchalik adolatli o‘rnatiladi.



Yüklə 203,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin