“Ilmning foydasi ochko’zlik
bilan oltin kumush to’plash uchun bo’lmay, balki u orqali inson uchun zarur
narsalarga ega bo’lishdir”
deb yozadi alloma. (Abu Rayhon Beruniy.: O’ylar,
hikmatlar, naqllar, she’rlar. 44–bet).
Falsafiy talqinda qadriyatlar – inson va insoniyat uchun beqiyos ahamiyatga
ega bo’lgan erkinlik, tinchlik, ijtimoiy tenglik, haqiqat, ma’rifat, go’zallik,
yaxshilik kabi barkamol inson uchun ijobiy ahamiyat kasb etuvchi holatlar
yig’indisidir.
Tadqiqotchi olim O. Musurmonovaning ta’kidlashicha, qadriyatlar inson
tomonidan qadrlanadigan narsalardan iborat bo’lib, kishilarning talabi, xohishi,
qiziqishi va maqsadi asosida o’zaro munosabat, o’zaro ta’sir natijasida vujudga
keladigan holatdir. Demak, qadriyatlarning mohiyatini pedagogik nuqtai nazardan
izohlaganimizda, insonning ma’naviy ehtiyojlari asosida paydo bo’lgan, amaliy
faoliyatda davr sinovidan muvaffaqiyatli o’tgan, o’z shakl va mazmunida xalqning
ma’naviy olamini mujassam etgan, asrlar davomida xalqning ma’naviy
madaniyatini shakllantirish manbai sifatida qadrlanib kelingan ma’naviy – ruhiy
hatti–harakatlar, narsa va hodisalar majmui. (Musurmonova O.: “Ma’naviy
qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi”. 66–bet).
Barcha qadriyatlarning mohiyatini eng oliy tuyg’u – insonparvarlik
tashkil etadi. Insonparvarlik – insonning sharafi, vijdoni va iymonining mahsuli.
Insonparvarlik xayrixohlik, g’amxo’rlik, moddiy–ma’naviy madadga intilish
tuyg’usi, iymon va vijdon doirasida mehr–muruvvat ko’rsatish (Musurmonova O.:
“Ma’naviy
qadriyatlar
va
yoshlar
tarbiyasi”.
58–bet).
O’zbekiston
Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida yoshlar “ta’lim–tarbiyasi
insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi” davlat siyosatining asosiy
printsiplaridan biri sifatida talqin etiladi. Ushbu sharafli g’oyalarni amalga oshirib,
yoshlarni, bilimli va aqliy jihatdan kamol toptirishda avvalo o’qituvchining qizg’in
mehnat faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda ham yurtimizda
barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazish masalasi dolzarb vazifa sifatida
e’tirof etilmoqda. Bunda farzandlarimizning nainki jismoniy, balki axloqiy va
ma’naviy barkamol bo’lishi alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun
o’qituvchining o’zida bekamu ko’st takomillashgan, eng yuksak umuminsoniy
qadriyatlar tuyg’usi bo’lishi kerak. Bu tuyg’u, uning mukammal shakllangan
pedagogik mahorati qirralarida doimo o’z aksini topishi zarur. Inson bolasi
yoshligidan to umrining oxirigacha ilm olib, aqliy kamolot sari intilar ekan, barcha
umuminsoniy qadriyatlarga ilm tufayli erishadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi islohotlarning
muvaffaqiyati ko’p jihatdan o’qituvchi mehnat faoliyatining umuminsoniy
qadriyatlarga yo’naltirilganligiga bog’liq. Bu keng qamrovli va salmoqli omillar
asosida o’qituvchining butun umri davomida amalga oshiradigan ko’p qirrali
pedagogik faoliyati mujassamlashgan. O’qituvchi o’zining qizg’in mehnat faoliyati
va kasbiy mahorati bilan umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarga nechog’lik boy
ekanligini ta’lim-tarbiya jarayonida namoyish etadi. O’qituvchi pedagogik
mahoratini o’zining halol mehnati bilan takomillashtirib boradi. Ushbu mehnat
natijasida inson komil bo’lib voyaga etishi lozim, buning uchun ma’naviyat va
qadriyatlar yuksalishi, inson keng ma’nodagi ma’naviy shaxsga aylanishi kerak.
O’qituvchi mehnatining natijasi bo’lmish komil inson yuksak ma’naviyatni
yaratadi va rivojlantiradi, umumbashariy qadriyatlarni asraydi. Uning o’quvchilar
jamoasi bilan olib boradigan ta’lim-tarbiyaviy faoliyatidagi barcha yutuqlari ushbu
qadriyatlar tufaylidir.
|