ko’rsatkich hisoblanadi. Amerika shoiri Rolf Emerson: “Nutq qudratli kuch: u
ishontiradi, undaydi, majbur qiladi”, deydi. Sharq mutafakkirlari ijodida til va nutq
vositalari orqali notiq, voiz, badihago’y, qissaxon kabi maxsus san’at ahillari va
mudarrislar diniy, ta’lim-tarbiyaviy, islomiy aqidalarni ommaga singdirishgani,
pand-nasihatlar qilishgani bayon etiladi. Ushbu nutq sohiblari keng qamrovli
bilimga, boy axborotga ega bo’lishgan.
Alisher Navoiy “Voiz olimning o’zi avvalo halol ish ko’ruvchi bo’lishini,
uning nasihatidan chiqmaslikni” asarlarida bayon etgan. Shuning uchun til
shirinligi va notiqlik san’ati ustida ishlash, nutq madaniyatini
takomillashtirib
borish har
bir o’qituvchining eng asosiy ijtimoiy burchi va mas’uliyati xicoblanadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida nutqning ta’sir kuchi nihoyatda beqiyosdir.
O’qituvchining tili nutqiy qobiliyati o’quvchilarning o’zlarini tuta bilishlariga,
xulq-avtori va fikr yuritishlariga ulkan ta’sir etuvchi kuchli vositalardir.
O’qituvchining “til boyligi va notiqlik san’ati barcha zamonlarda yonma-yon
yashab kelgan”
(A.P.Chexov).
Uning his tuyg’usi, intilishlari, iroda va e’tiqodi
nutqida aks etadi. O’qituvchi til boyligi bilan o’quvchilarda xursandchilik,
ruhlanish, muhabbat, Vatanga sadoqat, g’azablanish,
nafratlanish hissiyotlarini
uyg’otadi, bilim olishga undaydi. Shuning uchun o’qituvchi “tilning xalq o’tmishi,
hozirgi va kelajak avlodni buyuk bir yaxlitlikka, tarixiy, jonli bir jipslikka
aylantiruvchi eng hayotiy, eng boy va eng mustahkam vosita”
(K.D. Ushinskiy)
ekanligini unutmasligi kerak.
Kishilarning bir-birlari bilan o’zaro munosabatlarida shirinsuxanlik, go’zallik,
so’zlashuv ohangidagi muloyimlik “Myosharat odobi” deyiladi. Muosharat odobi
insonning go’dakligida ota-ona bag’rida, oilada shakllantirilishi kerak. “Qush
uyasida ko’rganini qiladi”, deyiladi xalq maqollarida. Oilada o’rganilgan
muosharat odobining poydevori mustahkam bo’ladi. Bola maktabda, ulg’aygach
esa, ijtimoiy muhitda ko’nikma hosil qilish jarayonida oilasida o’rganilgan
muosharat odobining kuch-qudratini doimo his qiladi.
O’quvchilarga muosharat odobini shakllantirish uchun o’qituvchining o’zi
avvalo xushmuomalaligini namoyish etib, o’quvchilar qalbiga yo’l
topa olishi,
mehribonligi, ular bilan hamdard, hamfikr bo’lib, o’rnak bo’lishi muhim
ahamiyatga ega. Sharq mutafakkirlari asarlarida muosharat odobi turli ko’rinish va
nomlarda bayon etiladi. Jumladan, Al Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida
asosiy g’oya – fozil kishilar obrazi. U kim bo’lishidan qat’iy nazar shohmi,
gadomi, oddiy fuqaromi fozil kishidir. Shaharning fozil kishilari bir-birlariga
nisbatan hurmat va izzatda bo’ladilar. Ota-ona va farzand, ustoz va shogird,
do’stlar, qarindoshlar o’rtasida
sharqona nazokat, mehr va ehtirom mavjud.
Forobiy asarida bundan bir necha asr ilgari ham ota-bobolarimizning ma’naviyati
naqadar yuksak bo’lganligi va bu avlodlarga o’rnak bo’lishi ta’kidlanadi. Onore de
Balzak “Xushmuomalalik va kamtarlik kishining chinakam ma’rifatli ekanligidan
dalolat beradi”, deydi. Ingliz donishmandi Jon Libbok: “Odamlar boodoblilik
yordamida hattoki kuch bilan erishish mumkin bo’lmagan g’alabalarga erishishi
mumkin”ligini aytadi. Demak, muosharat odobi nafaqat milliy an’analarimiz va
urf-odatlarimizning ko’zgusi bo’lgan, balki dunyodagi barcha xalqlarning noyob
insoniy fazilati sifatida e’tirof etilgan.
Insonning eng ulug’, lekin murakkab va mashaqqatli faoliyatlaridan biri
odamlar orasida, ya’ni jamiyatda o’z o’rnini topib yashashidir. By faoliyatning
murakkabligi
shundaki, ko’pchilikka qo’shilish, ular bilan ahil bo’lib yashash
uchun insonda shunga yarasha muomala va munosabat bo’lishi kerak. Muomala va
munosabatda o’quvchilarning diliga to’g’ri kelmaydigan qo’pol va dilozor
munosabat olib boruvchi o’qituvchilarni hech kim yoqtirmaydi. O’quvchilar
xushfe’l, shirinsuxan, adolatparvar, muomalasi shirin o’qituvchi va tarbiyachilarni
dildan yoqtirishadilar va hurmat-e’tibor qilishadi. Insonlar orasida munosib o’rinini
topish, inoq va hamjihat bo’lib yashash shartlaridan biri odamning kamtarligidir.
Kamtarin inson hech qachon o’zining yutug’i bilan, badavlatligi bilan, ilm-hunari
bilan maqtanmaydi, hamma vaqt kamgap, sodda bo’ladi.
Ammo insondagi
kamtarlik samimiy bo’lmog’i zapyp.
Shirin so’z muloqotga kirishishning asosiy qurolidir. U inson qalbini ilitadi,
qo’pol co’z inson kalbini jarohatlaydi. O’qituvchining “aql-zakovati, fikri, his-
tuyg’ulari, bilimi va madaniy saviyasi, tafakkuri ma’lum darajada so’zda ifoda
etiladi. Muomala madaniyatida so’z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi”
Dostları ilə paylaş: