Fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 425,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix17.10.2023
ölçüsü425,95 Kb.
#156711
1   2   3   4   5
M.T. Pedagogik mahorat

(Aziz 
Yunusov).
Chunki so’zning qudrati katta. O’qituvchi o’z so’ziga, tiliga nihoyatda 
ehtiyotkor bo’lmog’i lozim. Eng avvalo, o’quvchilarga muomala madaniyatini, 
kattalar oldida o’zini tuta bilishi, gapini bo’lmasligi, yoshi ulug’larga gap 
qaytarmaslikni o’rgatish zarur.
Muloqot madaniyati hamma joyda kerak. Ish joyida, transportda, uyda biz 
kim bilan qanday muomala qilishni bilishimiz zarur. O’qituvchining qanchalik 
bilimli, aql-zakovatli ekanligi o’quvchilar va ularning ota-onalari bilan olib 
boradigan muloqoti orqali namoyon bo’ladi. 
Odamlar butun ichki dunyosini, maqsadini, muomala va munosabatlarini bir-
birlariga so’z yordamida etkazadilar, amalga oshiradilar. Shu tufayli so’zlashuv 
munosabatlari nihoyatda go’zal va muloyim bo’lishini hayot taqozo etadi. Co’zga 
boy, shirinsuxan kishilarning muomalalari yoqimli, ishi ham yurishgan bo’ladi. 
Bunday kishilarni yoqtiradilar, hurmat qiladilar. So’zlashuv ham o’ziga xos 
san’atdir. Bu san’atning ildizi muosharat odobi bo’lib, uni mukammal o’rganish 
har bir inson uchun zarur. Shy bilan birga, ona tilini mukammal o’rganmoq va sof 
adabiy tilda o’quvchilar bilan muloqot qilish o’qituvchining notiqlik qobiliyatidir.
O’qituvchining bilimi, pedagogik mahorati, qizg’in mehnati barkamol 
avlodni tarbiyalashga, ularda tashabbuskorlik, faollik, ishbilarmonlik, ijodkorlik, 
tadbirkorlik hislatlarini va ma’naviy ongini shakllantirishga qaratilgan. 
Jamiyatdagi global o’zgarishlar, texnik va texnologik taraqqiyot, dunyoviy 
fanlardagi o’zgarishlar va yangiliklar uning sharafli mehnatiga ta’sir qiladi. Buning 
uchun ijodkorlik talab etiladi. Ijodkorlik esa faqat qizg’in mehnat tufayli sodir 
bo’ladigan faoliyat shakli. O’qituvchi: 

mehnatsevarlik qadriyatlarining mohiyatini aqliy va jismoniy mehnatga 
ijodiy munosabat sifatida anglashi; 

ongli va halol mehnat bilan, jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy, moddiy va 
ma’naviy rivojlanishiga ta’sir etishi; 

o’z mehnati natijalaridan g’ururlana olishi; 



o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berishda jamiyat oldidagi mas’uliyatini 
doimo his etishi lozim.
Mamlakatimizda 
“kadrlarni o’qitish va tarbiyalash milliy tiklanish 
printsiplari va mustaqillik yutuqlari, xalqning boy milliy, ma’naviy va intellektual 
salohiyati hamda umumbashariy qadriyatlarga tayangan, insonparvarlikka 
yo’naltirilgan ta’limning mazmuni davlat ta’lim standartlari asosida”
(“Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi” 54–bet) olib boriladi. Ayniqsa umumbashariy qadriyatlar 
asosida ta’lim oluvchining shaxsiga, unda ta’lim va bilimlarga bo’lgan ishtiyoqni 
kuchaytirishga, 
mustaqil 
ish 
tutishni, 
insoniy 
qadr–qimmat 
tuyg’usini 
shakllantirishga alohida e’tibor beriladi.
O’qituvchi qanday umuminsoniy qadriyatlarni targ’ib etishi mumkin, 
tadqiqotlarimiz jarayonida o’qituvchilarga quyidagi savol bilan murojaat qildik: 
“Shaxsan Siz dars jarayonida o’quvchilarga qanday nasihat qilgan bo’lardingiz?”. 
“Nasihatlar”ning asosiy mazmuni noaniq, ularda pedagogning individualligi va 
mavzuni tez tanlash intuitsiyasi sezilmasdi. Dars jarayonida o’qituvchi doimo 
mazmunan bir xil nasihatlar beradi. Ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:
– sidqidildan o’qish zarurligini eslatish;
– mehnatsevarlikka undash, vijdoniylikka chaqirish;
– barkamol shaxs sifatida shakllanish zarurligi haqida eslatish;
– insoniylikni yo’qotmaslikka chaqirish.
O’qituvchilarning javobi bayonot yoki nasihat qilish xususiyatiga ega 
bo’lishi, o’ta mavhum hamda ta’sirli chiqishi shart emas. Zamonaviy ta’lim 
muassasalarida pedagoglarning umuminsoniy qadriyatlarni targ’ib qilish tajribasi 
kamligidan dalolat beradi va ushbu muammolar haqida o’ylab ko’rishga majbur 
etadi. 
O’qituvchi mehnatidagi natijalar uning umuminsoniy va ma’naviy 
qadriyatlarga bo’lgan munosabati bilan o’lchanishi evropa olimlarining ham ilmiy 
tadqiqot ishlaridan o’rin olgan. Jumladan, K. Klakxon o’qituvchining 
umuminsoniy 
qadriyatlarga 
nisbatan 
munosabatini 
turkumlarga 
ajratib, 
quyidagicha ta’rif beradi: “qadriyatlar – oshkora yoki yashiringan, individga yoki 


guruhga xos bo’lgan orzu istak haqidagi tasavvuri bo’lib, ular tomonidan kasbiy 
faoliyat yuzasidan bajarilayotgan mehnat turlarini, vositalarini va maqsadlarini 
tanlashga ta’sir ko’rsatadi”.
Pedagogik 
jarayonda 
o’qituvchining 
umuminsoniy 
qadriyatlarga 
yo’naltirilganligi ham olim tomonidan keng tadqiq qilingan. U pedagogik 
qadriyatlarni takomillashtirishga nisbatan quyidagi muammolar muhim 
ahamiyatga ega deb ta’kidlaydi: 
1)
O’qituvchining jamiyatga xos qadriyatlarni o’zlashtirishi va targ’ib qilish 
qobiliyati. 
2)
O’qituvchining o’quv–tarbiyaviy jarayonlarda umuminsoniy qadriyatlarni 
samarali targ’ib etish istagi va imkoniyatlari. 
3)
Targ’ib etilayotgan umuminsoniy qadriyatlarni o’quvchi tomonidan 
muntazam qabul qilinishi uchun o’qituvchining zarur shart–sharoitlarni 
yaratganligi. 
Pedagog olimlar o’z tadqiqotlarida o’qituvchilarning umuminsoniy 
qadriyatlarga munosabatini va ularni o’quvchilar ongiga etkaza olish 
qobiliyatlariga qarab ikkita asosiy turga ajratib ko’rsatadilar: 
1)
“O’quvchi ongini rivojlantirish”ga yo’naltirilganlik: ushbu toifadagi 
o’qituvchi jamiyat tomonidan belgilangan ijtimoiy axloqiy omillarga tayangan 
holda avvalo o’quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirishga intiladi; 
2)
“Ta’lim jarayonida biror natijaga erishish”ga yo’naltirilganlik: Ushbu 
toifadagi o’qituvchi o’quvchining faqatgina aqliy rivojlanishidan manfaatdor. 
O’zlashtirilgan 
o’quv 
materialini 
qat’iy 
tekshirib 
boradi. 
Bunday 
yo’naltirilganlikda o’qituvchi jamiyatning faqatgina ta’lim sohasiga nisbatan 
munosabatlarini bajarish bilan bog’liq faoliyatni olib boradi. Jamiyat ta’lim 
tizimidagi faoliyatlardan qoniqmagan taqdirda, ushbu turdagi o’qituvchilar 
mehnati ustunlik qiladi va samarali deb tan olinadi. 
A.G.Zdravomo’slov va V.A.Yadov insonning umumbashariy qadriyatlarga 
yo’naltirilganligini jamiyatning moddiy va ma’naviy madaniyatiga asoslangan 
qadriyatlariga shaxsning ko’nikishi (yoki moslashuvi) deb ta’rif beradilar. 


Qadriyatlar sub’ekt tomonidan idealga aylanishi mumkin. Bu holda ushbu 
qadriyat – inson hayotiy pozitsiyasining o’rnatilishiga ta’sir qilishga qodir hamda 
muhim ahamiyatga ega bo’lgan maqsadli qadriyatlarga aylanadi. Ma’lum bir 
maqsadga yo’naltirilmagan qadriyatlar shaxs faoliyatini boshqaruvchi vazifasini 
bajarishi mumkin, bunda u individ ongida “o’z maqsadlariga erishish uchun 
bo’ysunishga to’g’ri keladigan” vositali qadriyatlar sifatida namoyon bo’ladi. 
Ma’lum bir maqsadga asoslangan qadriyatlar qarama–qarshi yo’nalishlarga ega 
bo’lsa, ziddiyatlarga duch kelishi mumkin. Maqsadli qadriyatlar vositali 
qadriyatlarga nisbatan turg’unroq, biroq vositali qadriyatlarga individuallashtirish 
ko’proq seziladi. 
M.Rokich inson qadriyatlari tushunchasiga ikki xil ta’rif bergan: U qadriyat 
deganda insonning o’z maqsadini boshqa maqsadlar bilan solishtirganida 
ustunligiga ishonchi, yoki individ xulqining boshqalar xulqi bilan solishtirganda 
ustunligiga ishonchini tushunadi. Shundan kelib chiqib, u insoniy qadriyatlarning 
ikkita turini ajratadi: maqsadli qadriyatlar va vositali qadriyatlar. Birinchisi ideal, 
ikkinchisini esa instrumental deb ataydi. Ideal qadriyatlarda individ uchun ma’lum 
bo’lgan hayotiy qadriyatlarning ustuvorligi aks etadi, instrumental qadriyatlarda 
esa – tegishli ideal qadriyatlarning amalga oshirilishiga olib keladigan ma’lum 
xulq turlarining ustuvorligi aks etadi. M.Rokich taklif etgan qadriyatlarni tashxis 
qilish metodikasi keng tarqalgan.
Ko’pchilik olimlar ideal qadriyatlarni o’qituvchi pedagogik faoliyatining 
mazmuni deb, ularni pedagogik qadriyatlar deb hisoblaydilar va ular qatorida 
ko’pincha quyidagilarini e’tirof etadilar: xususiy nufuz, yuqori moddiy ahvol, 
kreativlik, faol ijtimoiy aloqalar, o’z–o’zini rivojlantirish, muvaffaqiyatlar, 
ma’naviy qoniqish, o’z individualligini saqlab qolish. 
Pedagogik faoliyatda umumbashariy qadriyatlar o’qituvchining qizg’in 
mehnati evaziga shakllanib boradi va quyidagi muammolar o’qituvchi uchun 
bugungi kunda eng muhim ahamiyatga ega: 

o’qituvchi mehnatida jamiyatga xos umumbashariy qadriyatlarni o’z 
maqsadlarining asosi deb bilishi; 



o’qituvchida mehnatida maqsadli qadriyatlarni samarali uzatish 
istagining mavjudligi va imkoniyatlari; 

o’quvchilar maqsadli qadriyatlarni qabul qilishi uchun o’qituvchi 
tomonidan zarur shart-sharoitlarning yaratilishi. 
Bunday yo’naltirilganlik mazmunida jamiyatning ta’lim sohasida olib 
borayotgan islohotlari mazmuni va mohiyati ifodalangan. Shuning uchun 
o’qituvchi mehnatining mohiyatida uning ma’naviy saviyasini ko’rsatadigan 
intellektual ong, yuksak ma’naviyat, asriy an’analarga va umumbashariy 
qadriyatlarga tayanadigan, zamonning ilg’or yutuqlaridan oziqlanadigan milliy 
dunyoqarash va e’tiqod kabi mezonlar mavjud bo’lishi kerak.
O’qituvchi mehnati faolligining unumdorligini oshiruvchi xususiyatlar, uning 
mehnatga erkin va ijobiy munosabatda bo’lishi, pedagoglik kasbi bilan bog’liq 
bo’lgan barcha mehnat turlariga qiziqishi, o’qituvchi ma’naviy dunyosining 
boyligi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo’lgan munosabati va onglilik 
darajasi bilan ham belgilanadi. Hozirgi zamon sotsiologik tadqiqotlarida 
o’qituvchilarning milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishga nisbatan 
qiziqishlariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda, chunki har qanday jamiyatda 
belgilangan me’yoriy qonuniyatlar tizimi bo’lib, unda milliy va umuminsoniy 
qadriyatlar etakchilik qiladi. 
Xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda milliy urf

odatlarimiz va ularning 
zamirida mujassam bo’lgan mehr-oqibat, insonni ulug’lash, tinch va osoyishta 
hayot, do’stlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni birgalashib hal qilish kabi 
ibratli qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ushbu qadriyatlar ta’lim–tarbiya asosida yosh avlod ongiga singdiriladi. 
Mamlakatimiz ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchilar va 
tarbiyachilarning pedagogik mahoratida umumbashariy qadriyatlar ularning 
ma’naviy dunyosini naqadar keng ekanligini namoyon etadi. Buyuk 
allomalarimizning ta’lim–tarbiyaga oid qarashlarida umuminsoniy va ma’naviy 
qadriyatlarga bo’lgan e’tibor asosiy o’rinda turgan. Ota
-
bobolarimiz qadimdan 
bebaho boylik bo’lmish ilmu ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat 


ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan.
 
Inson axloqi aqlga, xulqi va 
hatti-harakati esa ilm–fanni o’rganishga hamda ma’rifatga asoslangandagina 
ma’naviy kamolotga erishadi. Allomalarning fikrlariga ko’ra, insonparvarlik 
g’oyalarining amalga oshishi, ma’naviy barkamollikka erishish, bilimli va 
ma’rifatli bo’lishga bog’liq. Shuning uchun ham ular ilmlilikni umuminsoniy 
qadriyat darajasida ulug’lab, jamiyatning barcha a’zolarini ilm egallashga 
chaqirdilar, muallimlarning shijoatli mehnatini qadrladilar.
 
Abu Rayhon Beruniy bilim umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishning kaliti 
ekanligini alohida ta’kidlaydi. Ilm–ma’rifatli odam jamiyat taqdiri, insonlar taqdiri 
uchun kurashuvchan, barcha yomonliklardan uzoqdir. 

Yüklə 425,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin