Fan va innovatsiyalar vazirligi


Bank tizimi barqarorligining asosiy omillari



Yüklə 181,5 Kb.
səhifə6/12
tarix10.06.2023
ölçüsü181,5 Kb.
#128096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
O\'zbekistonda axolini moliyaviy savotxonligini taminlash orqali tijorat banklari kapitallashuvi

3. Bank tizimi barqarorligining asosiy omillari.
Respublika Markaziy banki mas'ul xodimlari Milliy matbuot markazida ommaviy axborot vositalari vakillari bilan mustaqillik yillarida bank tizimida amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan natijalar bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etdi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda bank tizimi rivojiga qaratilgan tub o‘zgarishlar o‘zining kutilgan samarasini bermoqda. Bugungi kunda banklar tadbirkorlar bilan nafaqat mijoz, balki yaqin hamkor, hammaslak sifatida mustahkam aloqa o‘rnatgan. O‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan ishbilarmonlarga banklar katta ko‘mak bermoqda. Bir so‘z bilan aytganda, aholi ishonchini qozonadigan, keng qamrovli moliyaviy xizmatlarni ko‘rsata oladigan bank tizimi shakllandi. 
Ayni paytda respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan 26 ta tijorat bankining 854 ta filiali, 4292 ta mini-bank va chakana xizmat ko‘rsatuvchi muassasasi orqali tizimda erishilgan ijobiy natijalar mustahkamlanmoqda. Bu natijalar bank xizmatlari va mahsulotlari turlari tobora kengayib borayotganida, ishbilarmonlik muhiti tobora yaxshilanib, banklar tomonidan ajratilayotgan kreditlar hajmi o‘sayotganida aks etmoqda. 
Bugungi kunda mijozlar o‘z hisobvaraqlarini masofadan turib, real vaqt rejimida uyali va elektron aloqa vositalaridan foydalangan holda boshqarish imkoniga egalar. Garchi bunday xizmatlar joriy etilganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan esa-da, lekin juda tez ommaviylashib ketdi. Xususan, so‘nggi besh yilda ushbu xizmatlardan foydalanuvchi mijozlar soni qariyb 90 foiz ortdi yoki bugungi kunda 1,1 milliondan oshdi. Plastik kartochkadan foydalanish imkoniyatlari ham kengayib bormoqda. So‘nggi besh yil mobaynida terminallar orqali amalga oshirilgan to‘lovlar hajmi 5 marta ortdi. Bank tizimiga yangi ilg‘or axborot texnologiyalarini joriy etilishi bilan tijorat banklari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar tezkorligi, sifati va ishonchligi ham oshmoqda. 
Tijorat banklari faoliyatini xalqaro mezon va andozalar asosida tashkil etish, banklarning buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarini umum qabul qilingan talablarga muvofiqlashtirish borasida olib borilgan ishlar bank nazorati bo‘yicha xalqaro Bazel qo‘mitasining yangi tavsiyalarini (Bazel-3) mamlakatimiz bank tizimiga Hamdo‘stlik davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib joriy etishga sharoit yaratdi. Ularga ko‘ra, tijorat banklari kapitalining yetarligiga qo‘yilgan talablar oshirildi, likvidlikni ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha me'yorlar joriy qilindi, bank aktivlari sifatini tasniflash va xatarlarni boshqarish tizimlari yanada takomillashtirildi. 
Tijorat banklarining moliyaviy holati barqarorligi hamda iqtisodiyotda sodir bo‘ladigan keskin o‘zgarishlarga bardosh bera olishi ko‘p jihatdan ularning kapitallari miqdori va kapitallashuv darajasiga bog‘liqdir. 
Shu o‘rinda bir misol: oxirgi besh yil ichida banklarning jami kapitali 2,4 barobar, 2015 yilda esa 23,3 foiz o‘sishi ta'minlandi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, banklar kapitalining yetarlilik darajasi 23,6 foizni tashkil etib, Xalqaro Bazel qo‘mitasi tomonidan belgilangan me'yorlardan qariyb 3 barobar ko‘p bo‘ldi.
Banklar kapitalning muntazam oshirib borilishi so‘nggi yillarda ro‘y bergan global iqtisodiy inqirozlarning milliy iqtisodiyotga ta'sirini yumshatishga sharoit hozirladi va bu yo‘nalishdagi sa'y-harakatlar uzluksiz davom etadi.
Xususan, Prezidentimizning tegishli qarorlari bilan barcha tijorat banklari ustav kapitalining 15 foizidan kam bo‘lmagan qismini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha xalqaro moliyaviy institutlar bilan muzokaralar olib bormoqda. 
Aytish joizki, bu choralar banklarni xususiylashtirish jarayonining navbatdagi bosqichini boshlab berdi. Bu jarayon yaqin istiqbolda banklarda boshqaruv sifati va madaniyatini yanada yuqori olib chiqish, bank faoliyatida aksiyadorlar ishtiroki va mas'ulligini oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga olib keladi. 
Banklar ishonchliligi va faoliyati samaradorligini ta'minlashda kapital bilan bir qatorda aktivlar sifatini baholab borish muhim ahamiyatga ega. Binobarin, Markaziy bank tomonidan tijorat banklari aktivlarini likvidlik, tavakkalchilik va daromadlilik mavqyeidan turib, ayrim aktivlarning mazkur mavqyelarga ta'sirini monitoring qilib borilishi o‘z samarasini bermoqda. Natijada bugungi kunda respublikamizdagi tijorat banklarining kredit qo‘yilmalaridagi muammoli kreditlari ulushi 1 foizga ham yetmaydi va xalqaro me'yorlardan juda past darajada. Bunda respublikamizda Kredit byurosi va Garov reyestri institutlarining tashkil etilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu muassasalarning qarz oluvchilarning majburiyatlari bajarilishini ta'minlash vositasi sifatida berilgan mol-mulk to‘g‘risidagi aniq axborotlarni mijoz ishtirokisiz, real vaqt rejimida tezkorlik bilan elektron ko‘rinishda olish imkoniyatlari tijorat banklari tomonidan mijozlar faoliyatini qisqa muddatda har tomonlama tahlil qilish va ularga to‘g‘ri baho berish orqali kredit xatarini kamaytirishga xizmat qilmoqda. 
Bank tizimida kapitalning yetarlilik darajasi va aktivlar sifati yuqori saqlanib qolishi banklar mamlakatimizda iqtisodiy o‘sish sur'atlarining izchilligini ta'minlash, tarkibiy o‘zgarishlarning faol ishtirokchisiga aylanish, tizim shakllantiruvchi muhim ishlab chiqarish ob'yektlari ishga tushirilishi, tadbirkorlik ravnaqiga ko‘mak berish, ijtimoiy-iqtisodiy infrastrukturani kengaytirishning moliyaviy tayanchi bo‘lib qolmoqda. 
Respublikamiz banklarining o‘z mijozlari oldidagi majburiyatlarini sifatli bajarishi va xizmat ko‘rsatish madaniyati aholining ishonchini qozonish va mustahkamlashda davom etmoqda. Buni biz banklarning o‘z resurs bazasini shakllantirish va oshirishda depozit operatsiyalariga urg‘u berayotganida, hozirgi paytda aholining 8 trln so‘mdan oshiq pul mablag‘lari depozitlarga jalb qilinishi va so‘nggi besh yilda bu ko‘rsatkich 3,2 baravar o‘sganida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. 
Natijada shu kunga kelib banklarning iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirgan kredit qo‘yilmalari hajmi 48 trln so‘mni oshdi. Uning 79,8 foizi esa uzoq muddatli kreditlardir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga ajratilayotgan kreditlar hajmi har yili o‘rtacha 30 foizdan ortib borishi ta'minlanmoqda. Bu raqamlar banklarning ishlab chiqarishni rag‘batlantiruvchi, uning uzluksizligi va jadal rivojlanishini ta'minlovchi, jamiyatning moddiy boyligini ko‘paytiruvchi moliyaviy institutlarga aylangani dalilidir. 
Respublikamizda bank nazorati va boshqaruv faoliyatini yanada takomillashtirish, bank tizimi erishgan natijalarni real va har tomonlama chuqur tahlil etishning samarali modeli, moliyaviy barqarorligi, likvidligini ta'minlash va mijozlar ishonchini qozonish masalalariga jiddiy e'tibor berilishi va asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasiga xalqaro ekspertlar yuqori baho berib kelmoqda.
Barcha tijorat banklari faoliyati “katta uchlik”ni tashkil etuvchi xalqaro reyting agentliklari tomonidan qator yillardan buyon «barqaror» darajada baholanib kelinmoqda 
Ta'kidlash joizki, Markaziy bank bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish, tijorat banklarining kapitallashuv darajasini o‘stirishga hamisha dolzarb masala sifatida qarab boradi. Chunki, bank tizimidagi islohotlar, xususan, banklarning umumiy kapitalini oshirish, ularga aholi va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning depozitlarini keng jalb qilish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, investitsion loyihalar hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini kreditlash ko‘lami ayni yo‘nalishdagi ishlar natijasiga bog‘liqdir.

Yüklə 181,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin