Fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 181,5 Kb.
səhifə3/12
tarix10.06.2023
ölçüsü181,5 Kb.
#128096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
O\'zbekistonda axolini moliyaviy savotxonligini taminlash orqali tijorat banklari kapitallashuvi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa
MUNDARIJA:
Kirish……………………………………………………………………….3

  1. O'zbekistonda axolining moliyaviy savotxonligi oshirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqish………………………………….... ,,,,,,,,,,,,,,,,,……………....5

  2. Tijorat bank kapitali va uning tarkibi…………............…………………...13.

  3. Bank tizimi barqarorligining asosiy omillari…………………………….....11

  4. O‘zbekistonda tijorat banklarining kapitallashuvi ……………….………...54

  5. Tijorat banklarining depozit operatsiyalarini shakllantirishning nazariy asoslar…………………………………………………………..……….….35

Xulosa…………………………………………………………………….. 39
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………….…......41

KIRISH.
Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, iqtisodiy bilimlarini yuksaltirish masalasi, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, jamiyatning yuksak ma’naviyatini shakllantirish kabi muhimdir. Moliyaviy savodxonlik masalasi nega endi xozirgi kunga kelib dolzarb axamiyat kasb etayapti degan savol tug‘ilishi tabiiy. Boisini shunday izohlash mumkin. Bugungi dunyo turli tuman informatsiyalarga, to‘g‘ri noto‘g‘ri axborotlarga
bir qaraganda tub mohiyatini to‘la anglab yetish qiyin bo‘lgan xabar va mujdalarga to‘lib yotibdi. Bu xususda ortiqcha izoh shart bo‘lmagan eng ommabop yo‘nalish – bu ijtimoiy tarmoqlardir. Aynan ular orqali bizga ko‘plab axborot hurujlari uyushtiriladi, feyk informatsiyalar tarqatiladi. Shu orqali ommaning e’tiborini chalg‘itish, jamoatchilik fikrini boshqa mavzuga burish yoki yo‘q narsalarga tarmoqdan foydalanuvchilarni ishontirish kabi maqsad ya’ni targetlarni amalga oshirish ko‘zlanadi. Xo‘sh, bu usullar o‘zi nima uchun kerak? Bu asosan, ommaning e’tiborini qozonish, iqtisodiy bilimlari darajasi past bo‘lgan, moliyaviy savodxon bo‘lmagan aholi ongini yolg‘on reklamalar, e’lonlar bilan to‘ldirish va shu orqali ularni bunga ishontirish, natijada o‘zining tovar, mahsuloti yoki xizmatlarini taklif etish maqsadida amalga oshiriladi.
Bu borada eng ommabop usul moliyaviy piramidalardir. QUEST NET, Straus xaus, Avto 60 oy, Mono, BEVERLEE yoki “Ahmadboy” voqeasi va yana ko’plab piramidalar bunga misol bo‘la oladi. Bu kabi tashkilotlar aholining keng qatlamini iqtisodiy savodli emasligidan foydalanib, aholi mablag‘larini o‘z mahsulotlarini sotib olishga, xizmatlaridan foydalanishga tizimli marketing orqali jalb etgan. Natija esa barchamizga ma’lum. Bu jarayonlarda ishtirok etgan fuqarolar o‘zlarining moliyaviy bilimlari yetishmasligi, iqtisodiy savodxonlik darajasi pastligi sabab ko‘plab yo‘qotishlarga duch kelishdi.
Fuqarolarning moliyaviy savodxonligi, iqtisodiy bilimlari yuksakligi darajasi nafaqat o‘zlarining moddiy farovonligiga ta’sir qiladi, balki mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy vaziyatning ob’yektiv "barometri" hisoblanadi. Iqtisodiy qarorlarni ongli ravishda qabul qilish va ular uchun mustaqil ravishda javobgar bo‘lish qobiliyati aholini kelajakka, davlat uchun esa iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarni idrok etadigan fuqarolarning ko‘payishini ta’minlaydi. Asosiy moliyaviy bilimlarning yetishmasligi, aksincha, hayot darajasini pasaytiribgina qolmay, balki mamlakat iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayishiga ham olib keladigan eng jiddiy to‘siqlardan biridir.
XX asrning ikkinchi o‘n yilligida moliya tizimining murakkablashishi aholining moliyaviy savodxonligi o‘sishiga sezilarli darajada to‘sqinlik qilmoqda. Bunday vaziyat global iqtisodiy tizimdagi tezkor o‘zgarishlar va yangi voqeliklarga moslashish uchun vaqt yo‘qligi sharoitida fuqarolar uchun mavjud bo‘lgan moliyaviy vositalarni samarasiz yoki noto‘g‘ri boshqarishga olib keladi. Yuqori moliyaviy noaniqlik sharoitida yashash, yangi vositalar va xizmatlar bozorida doimiy paydo bo‘lishi va ularning o‘zgarishi, shuningdek, ijtimoiy va moliyaviy jarayonlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarida vaqti-vaqti bilan yangilanishi, nima sodir bo‘lganligini tushunishga va tushunishga vaqtlari bo‘lmaganligi sababli odamlar turli sohalarda qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar.
Buning natijasida esa hatto firibgar tashkilotlar va soxta shartnomalar qurboni bo‘lishmoqda. Moliyaviy vositalardan foydalanish bo‘yicha asosiy bilim va ko‘nikmalarning yo‘qligi, shuningdek moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar dunyosida harakat qila olmaslik qo‘rquvni keltirib chiqaradi va o‘zlarining noto‘g‘ri qarorlarining salbiy oqibatlari moliya institutlariga, bank muassasalariga va umuman moliya tizimiga ishonchsizlikka olib keladi. Aholining moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb qilingan har qanday davlat, shu jumladan zamonaviy O‘zbekistonning jadal rivojlanishining zaruriy qismidir. Bunday vaziyatda hukumat tomonidan belgilangan asosiy maqsadlardan biri fuqarolarni shaxsiy mablag‘larni samarali boshqarish uchun ma’lumot va ta’lim vositalari bilan "qurollantirish" va natijada mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida teng ravishda ishtirok etishdir.
Ushbu muammoni hal qilish kompleks yondashuvni va ushbu jarayonga mintaqaviy tashkilotlarning turli tuzilmalari va tashkilotlaridan mutaxassislarni jalb qilishni talab qiladi. Ommaviy auditoriyaga tezkor, aniq va ravshan shaklda ma’lum muhim ma’lumotlarni yetkazish va butun aholi uchun masofaviy ta’limni amalga oshirishga qodir bo‘lgan asosiy vosita ommaviy axborot vositalari hisoblanadi. Axborot almashinuvi tezligi va ommaviy axborot vositalarining auditoriyaga ta’siri misli ko‘rilmagan darajaga yetgan va axborot oqimlari soni kun sayin ortib borayotgan bir paytda, jurnalist murakkab moliya dunyosi va aholi o‘rtasida samarali va talab qilinadigan vositachiga aylanadi.



  1. Yüklə 181,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin