Fan va innovatsiyalar vazirligi


O'zbekistonda axolining moliyaviy savotxonligi oshirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqish



Yüklə 181,5 Kb.
səhifə4/12
tarix10.06.2023
ölçüsü181,5 Kb.
#128096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
O\'zbekistonda axolini moliyaviy savotxonligini taminlash orqali tijorat banklari kapitallashuvi

O'zbekistonda axolining moliyaviy savotxonligi oshirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqish.

Bank forumning birinchi seksiyasida lizing xizmatlarini rivojlantirishda banklarning roliga ham alohida e'tibor qaratildi. Lizing beruvchilar uyushmasi bosh direktori Zafar Mustafoyevning ma'lum qilishicha, global moliyaviy inqiroz ta'siri haligacha saqlanib qolayotgan bo'lsada, xalqaro lizing bozorida o'sish kuzatilmoqda.
Masalan, AQSH da har yili 21 foiz, Yevropa Ittifoqida 14 foiz, Xitoy va Yaponiyada mos ravishda 41 va 40 foiz, O'zbekistonda esa 10-15 foizlik o'sishga erishilmoqda. Aytish kerakki, bu MDH mamlakatlari orasida eng yaxshi ko'rsatkich. Mamlakatimizda lizing xizmatlarining ommalashuvi 2000-yillar boshida kuzatilib, o'tgan yillar davomida bozor yetarli darajada diversifikatsiya qilindi. Agar rivojlanishning dastlabki bosqichida faqatgina qishloq xo'jaligi texnikasi lizingi ommalashgan bo'lsa, bugungi kunda lizing obyektlari qatoriga texnika uskunalari, avtotransport, ko'chmas mulk lizingi ham qo'shildi. Lizing beruvchilar ustav jamg'armasida banklar ulushi 46 foizni tashkil qilmoqda. Forum davomida lizing xizmatlari bozorida banklar ulushini oshirish yuzasidan bir qator takliflar ham o'rtaga tashlandi.
Germaniyalik ekspertning ta'kidlashicha, banklar aholiga moliya xizmatlari va mahsulotlarini taklif etish barobarida ularning moliyaviy savodxonligini oshirishga ham e'tibor qaratishi lozim. 
Mening nazarimda, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish banklar uchun eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Banklar mijozi bo'lgan aholi savdoxonligini oshirish bank darajasini ko'tarishga xizmat qiladi, deydi – Germaniya Jamg'arma kassalari fondi departament direktori Mittias Foss. Ko'pincha yuridik va jismoniy shaxslar banklardan kredit olib, keyin uni qaytara olishmaydi. Chunki, ularning kreditni qaytarish qobiliyati past bo'ladi. Shu kabi holatlarga yo'l qo'ymaslik uchun esa ularning moliyaviy savdoxonligini oshirish zarur. Forum doirasida biz mahalliy tijorat banklari bilan uchrashuvlar o'tkazib, mijozlar savdoxonligini oshirish yuzasidan hamkorlik kelishuvlarini muhokama qilamiz. Aytishim kerakki, o'tgan yilgi forum mening tashkilotimga foydali bo'lgan edi. O'ylaymanki, bu safar ham forum bu yerga kelgan har bir moliyachining bilim va ko'nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.
Ayni paytda respublikamizning 6 ta hududida Germaniya jamg'arma kassalari fondi tomonidan bank xizmatlaridan foydalanuvchilar o'rtasida so'rovlar o'tkazilmoqda. Aynan ular asosida moliyaviy savodxonlikni oshirish bo'yicha strategiya ishlab chiqiladi. 

Yüklə 181,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin