O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i: _____________ A.Kuchimov Modul / kurs sillabusi Loyihalarni boshqarish 5230100 — Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) ta’lim yo‘nalishi
Fanning maqsadi - talabalarda zamonaviy sharoitda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bilan bog‘liq holda ta’lim yo‘nalishiga mos bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir.
“Loyihalarni boshqarish” fanining asosiy vazifalariga: - Loyihalarni boshqarish faoliyatida milliy iqtisodiyot va jamiyat ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish yo‘nalishlarini o‘rgatish;
- Loyihalarni boshqarish faoliyatida resurs potensialini o‘rganish. Foyda va qurilish ishlab chiqarishining ta’sirini o‘rganish;
- hozirgi modernizatsiyalash sharoitida Loyihalarni boshqarish faoliyatini tashkil qilish va bu yo‘nalishda qo‘llaniladigan usullarni o‘rgatish;
-Loyihalarni boshqarish faoliyatida tashkilotni ichki tashkiliy va funksional tuzilishini tahlil qilish va ularni o‘zaro martabasini aniqlash;
-Loyihalarni boshqarish faoliyatida tashqi muhit bilan aloqa o‘rnatish va uni o‘rganish yo‘llari. Birgalikda ish yuritadigan korxona va tashkilotlarni darajasini hisobga olgan holda aloqa o‘rnatish;
- Loyihalarni boshqarish faoliyatida qo‘llaniladigan informatsiyani topa bilish, saqlash va o‘z vaqtida unga kerakli bo‘lgan o‘zgarishlarni kiritish;
- Loyihalarni boshqarishda boshqaruv qarorlarini qabul qilish, ularni tegishli sub’ektlarga etkazish va boshqaruvini amalda nazorat qilish uslublarini o‘rgatish;
-Loyihalarni boshqarishda o‘zgarishlarga doimiy ravishda tayyor bo‘lishni o‘rgatish.