Fan yuzasidan ma’ruza mashg’ulotlari



Yüklə 45,08 Kb.
səhifə5/7
tarix08.10.2022
ölçüsü45,08 Kb.
#64712
1   2   3   4   5   6   7
1-мавзу

Tаyanch so’zlаr. Tаmоyil, mаktаbgаchа tаrbiya, fаn-tеxnikа, ta’lim, o’zliksiz ta’lim, ta’lim to’g’risidа qоnun, xalq ta’lim tizimi.

Sаvоllаr.


  1. Maktabgacha ta’lim uzuksiz ta’limning qanday turi

  2. Mаktаbdаn tаshqаri ta’lim muаssаsаlаrining vаzifаlаrini gаpirib` bеring

  3. Mаktаbgаchа ta’lim muаssаsаlаrining qаndаy turlаri bоr.

Foydalanadigan adabiyotlar ro’yxati.


1.O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun,.-T.;O’zbekiston. 1997 y. 2.Kadrlar tayyorlash milliy dasrturi,-T.;O’zbekiston. 1997 y.
3.Maktabgacha yoshdagi bolalarga qo’yiladigan davlat talablari-T.;Kvinta print. 4.Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pedagogika.T.; O’qituvchi, 1993.

  1. Xasanboeva O.U. va boshqa.Maktabgacha ta’lim pedagogika .T.; Ilm ziyo. 2006. 6.Sh.A.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”.”Tafakkur sarchashmalari” T.: 2013 y. 7.N.M.Kayumova “Maktabgacha pedagogika”. “TDPU” nashiroti T.; 2013 y 8.КозловаС.А. КуликоваТ.А.ДошколънаяпедагогикаМ.Академия.2002 г 9.Волотина Л.Р. Дошколъная педагогика М. Лавиринт. 2005г

Ijtimoiy maktabgacha ta`limni tashkil etish vazifalari.
Ijtimoiy pedagogika, garchi u avvaldan yurtimizda “ijtimoiy tarbiya”,”ijtimoiy muhofaza”, “ijtimoiy yordam” ko`rinishida mavjud bo`lgan bo`lsada pedagogik bilim sohasi va fan sifatida O`zbekiston uchun yangi hodisa va tushunchadir. Uning mustaqil fanga aylanganligi, ammo amaliy tajribalarni tizimlashtirilmaganligining sabablari O`zbekiston tarixiy rivojlanishining
murakkabliklari va qarama-qarshiliklari bilan izohlanadi. Ijtimoiy pedagogikaga salbiy tahsir ko`rsatgan hodisalarga XX asrning 30-yillarida boshlangan ijtimoiy tarbiyaning diskreditatsiyalashuvi, mahalliy olimlar, pedagoglarni xorij tajribasi va chet ellik
hamkasblaridan ajratgan “temir parda”ning paydo bo`lishi, umuminsoniy qadriyatlarni sinfiy qadriyatlarga almashtirilishi, ijtimoiy muammolar haqida jim turish siyosati, rahmdillik, mehr- muruvvat an'analarining yo`q qilinishi misol bo`ladi.
Bugungi kunda ijtimoiy pedagogikaga qiziqish jamiyat taraqqiyotining ehtiyojlari va davlatning ijtimoiy buyurtmasi asosida paydo bo`ldi.
Hozirda respublikamizning barcha sohalarida bo`lgani kabi ta'lim borasida ham katta islohotlarni amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy tuzilmalarni insonparvarlashtirishda yangi tamoyillarga asoslanish, bozor iqtisodiyoti munosabati qonunlari, mafkuraviy va axloqiy tamoyillarning o`zgarishi ishsizlik, moddiy yetishmovchilik, bolalarning nazoratsizligi, oilalarning ajralib ketishi, g`ayri ijtimoiy hodisalar; alkogolizm, narkomaniya, jinoyatchilik, fohishalik kabi ijtimoiy muammolarni ham yechimini topishga qaratilgan chora va tadbirlarni ishlab chiqishga asos bo`lmoqda. Bu holatda birinchi navbatda, bolalar, so`ngra esa kattalar ijtimoiy yordamga muhtojdirlar. Bunday sharoitlarda jamiyatning ijtimoiy muammolari bilan bog`liq bo`lgan pedagogik masalalarni hal qiluvchi, uning ijtimoiylashuvi jarayonida shaxsga yordam beruvchi mutaxassis sifatida ijtimoiy pedagogga talab paydo bo`ldi.
Muhtojlarga ijtimoiy-pedagogik yordamni amalga oshirish, jamiyatda insoniylik, fuqarolarning haq-huquqlarini amalga oshirishga asoslangan yangi demokratik qadriyatlar paydo bo`lgani bilan ham izohlanadi. Bu masalaning ahamiyatliligi davlatimizning boshqaruv tizimlari tomonidan mustaqillikning ilk kunlaridanoq anglanganligini, quyidagilar bilan izohlash mumkin:

    1. Kuchli ijtimoiy siyosatni respublika taraqqiyotining ustuvor yo`nalishi sifatida ehlon qilinishi;

    2. Aholining kam tahminlangan qatlamlarini himoya qilish yuzasidan bir qator qonun va farmonlarning qabul qilinishi;

    3. Sobiq ijtimoiy himoya muassasalarining moddiy texnik bazasining yaxshilanishi va yangilarining tahsis etilishi;

    4. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy pedagogik choralar majmuasi sifatida joriy qilinishi.

O`zbekiston fuqarolari hayotida ijtimoiy barqarorlikni tahminlash masalasi Prezident I.Karimov asarlari va chiqishlarida ham muhim o`rin tutmoqda. Ularda insoniylik, mehribonlik o`zbek xalqining ajralmas xususiyati ekanligi tahkidlanadi va ijtimoiy xarakterdagi ko`pgina muammolar- sog`liqni saqlash, maktab va shifoxonalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash va sport majmualarini qurish, ko`pbolali oilalarga yordam berish va boshqa bir qator masalalar muhokama qilinadi.
Bundan tashqari hozirgi vaqtda ta'lim mazmuniga shaxsni ijtimoiylashuvi masalasi asosiy g`oya sifatida kiritilayotgani ijtimoiy pedagogikani fan sifatida o`qitishni taqozo etadi. Buning uchun mazkur fanning mazmun-mohiyatini aks ettiruvchi darslik hamda o`quv qo`llanmalar nihoyatda zarur. Yuqoridagi bir qator omillarni hisobga olgan holda ushbu darslik yaratildi
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi ancha qadimiylikka borib tutashadi. Uning qadimiyligi buyuk mutafakkirlarning ilmiy qarashlarida o`z tasdig`ini topadi.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishining birinchi bosqichi - qadimgi davrlardan XVII asrgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davrda faktlar to`planishi, tarbiya tajribasining ortib borishi, pedagogik va ijtimoiy nazariyalarning shakllanishi ro`y bergan. Ijtimoiy pedagogikaning bu rivojlanish bosqichi tarbiyani ijtimoiy hodisa sifatida asta-sekin tan olinishi bilan xarakterlanadi. Buning natijasida tarbiyaga oid turli nazariyalar paydo bo`lgan. Ijtimoiy pedagogika fan sifatida respublikamiz mustaqillikni qo`lga kiritgandan so`ng o`qitila boshlagan bo`lsada, ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy faoliyat, ijtimoiy himoya ko`rinishida qadimiy ildizlarga ega. Ilk diniy-falsafiy (Avesto) va adabiy (Alpomish, Go`ro`g`li) manbalarda biz insonning ijtimoiy kelib chiqishi nuqtai nazaridan pedagogik qarashlarning aks etganini ko`ramiz. Keyinchalik VI-
VII asrlarda Markaziy Osiyo hududida islom dinining tarqalishi yangi mahnaviy, axloqiy qadriyatlarni olib keldi. Ular mintaqada oila va jamiyat tarbiyasiga tahsir ko`rsatdi. Markaziy Osiyoning arab halifaligi tarkibiga kirishi madaniy almashinuv, fikr va qarashlarning erkin kurashi, o`zaro munosabatlarning shakllanishiga olib keldi. Moddiy barqarorlik, ishlab chiqarish hamda savdo rivoji ehtiyojlariga asoslangan yangi ijtimoiy-iqtisodiy holat mahnaviy va madaniy hayotning yuksalishiga, dunyoviy ilm va fanlarning gullab-yashnashiga, fors, arab, qadimgi yunon madaniyati yutuqlarini o`zlashtirishga yordam berdi.
O`rta Osiyo qomusiy olimlarining ijtimoiy pedagogik g`oyalari. Ijtimoiy pedagogik g`oyalar va nazariyalarning shakllanishida SHarq uyg`onish davri olimlarining asarlari beqiyos o`ringa ega. Ular faoliyatining mohiyati shuki, mavjud bo`lgan o`sha davrni ijtimoiylashtirish usullari ilmiy asarlarining asosiga singdirilganidadir. Yetuk olimlarning faoliyat xarakteri - ilm bilan mashg`ul bo`lishi ijtimoiy pedagogik qarashlarning mazmuniga o`z tahsirini ko`rsatdi. Buyuk olim Al- Xorazmiy (783-850 y.)ning asarlari yorqin didaktik xarakterga egadir. U savol-javob metodi orqali bilimlar qo`lga kiritilishini, bu jarayonda shaxs boshqalar bilan munosabatlarga kirishishini va jamiyatning faol ahzosiga aylanishini tahkidlagan.
Al-Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug`bek kabi olimlar o`z ilmiy va pedagogik faoliyatlarida rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi va ta'lim beruvchi tahsir kuchlarini o`sib kelayotgan avlodga qaratish g`oyasini tushunishgan va buni tadbiq etishgan. Bu avvalambor ular ta'limning maqsadi hayotga tayyorlash, axloqiy norma va qoidalar, kasbiy malakalar va chuqur bilimlarga ega bo`lishida deb bilganliklarida namoyon bo`lgan.
Buyuk qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy (973-1050 y.) ta'lim jarayonida qo`llaniladigan ilmiy usullarni ishlab chiqqan. U shuningdek, ta'lim tamoyillarini ham tasniflagan. Uning pedagogik qarashlarining ijtimoiy yo`naltirilishi u axloqni ijtimoiy xususiyatlar va hissiyotlarning ifodasi sifatida tushunganligida o`z ifodasini topgan. Olimning tarbiya, shaxsning shakllanishida va jamiyatdagi amaliy faoliyat uchun ilm va mehnatning ahamiyati haqidagi g`oyalari hozirgacha muhimligini saqlab qolgan.
Buyuq qomusiy olim Abu Ali ibn Sino (980-1037 y) o`z davrining barcha bilim sohalarini qamrab oluvchi katta ilmiy meros qoldirgan. Uning barcha asarlarida pedagogik qarashlar mavjud. Uning bilim, iroda va insonning rivojlanish jarayonidagi maqsadga intiluvchanligi, atrof- muhit tahsiri, axloqiy va mehnat tarbiyasi, muomala sanhati, bolalarni jamoada o`qitish haqidagi g`oyalari muhim hisoblanadi.
Forobiy, Beruniy ta'lim muammolari bo`yicha fikrlar bildirishgan va insonning jamiyatga sermahsul xizmat qilishi uchun o`z aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik va mehnat qobiliyatlaridan samarali foydalanish imkonini beruvchi ta'lim vazifasini ajratib ko`rsatganlar. Ta'limning rivojlatiruvchi vazifasini amalga oshirish maqsadida ular quyidagi didaktik tamoyillardan foydalanishni maslahat berganlar:

  • asta-sekin tushunchalarning murakkablashuvi;

  • amaliyotni tajriba bilan bog`lash;

  • qabul qila olishlilik;

  • ko`rgazmalilik.

Ibn Sinoning fikricha, ijtimoiylashtirish ko`nikmalari jamoa bo`lib o`qitish shaklida yaxshi shakllanadi. Buning uchun u quyidagilarga asoslanishi lozim:

  1. Ta'lim oluvchilar, o`qituvchi va o`quvchilar orasida tajriba, bilim, mahnaviy va axloqiy qadriyatlar almashinuvini tashkil qilish.

  2. Musobaqalashuv elementidan foydalanish.

  3. O`quvchining ijtimoiy axloqiy xususiyatlarini-muomala, o`zaro tushunish, o`zaro yordam, do`stlik hissini rivojlantirish.

Buyuk olimlarning pedagogik qarashlari va faoliyatlarining ijtimoiy pedagogik yo`naltirilganligi, ularning avvalambor hayotga har tomonlama tayyorlash hisoblangan ta'lim maqsadini sharhlashlarida o`z ifodasini topgan. SHaxsning jamiyatda o`z o`rnini belgilab olishini tahminlab beruvchi eng muhim xususiyatlar deb, ular mehribonlik, yaqinlarga yordam, g`urur, vijdon, yaxshi niyatlilik, sabrni bilishgan. O`quvchilarning har tomonlama intellektual va mehnat
tayyorgarliklariga katta ehtibor qaratib, Forobiy va ibn Sino yoshlarning jamiyatga “kirish”larining eng muhim omillari sifatida, faollik, mustaqil tashabbuskorlik, intiluvchanlik, qiziquvchanlik, ijodiy qobiliyatni ko`rsatib o`tishgan.
Forobiy ijtimoiy tarbiyada o`qituvchiga yetakchi o`rin ajratib, uning faoliyatini - jamiyatning kelajagi unga bog`liq bo`lgan hukmdor faoliyatiga qiyoslaydi. Forobiy ham ibn Sino kabi ustoz va o`qituvchilarning bilimlarini hayotga tadbiq etishlariga ehtibor berish lozimligiga ishora qilgan.
Qomusiy olimlar shaxsiy namunaga nihoyatda katta ehtibor berishgan hamda o`zlari ham intiluvchanlik, yuqori ijtimoiy mavqega erishganlik namunasi bo`lib xizmat qilishgan. Forobiy nihoyatda mehnatsevar, irodali, kamtar, sodda bo`lgan va doim yordamga intilgan. Forobiyning o`quvchilarning individual psixologik va aqliy xususiyatlariga mos tushuvchi ta'limning ustuvorligi, kasb tanlash muhimligi haqidagi fikrlari hozir ham katta ahamiyatga ega.
Tarbiyaning ijtimoiy xarakteri haqidagi g`oyalar Alisher Navoiyning adabiy merosida nihoyatda aniq ifodasini topgan. SHoirning pedagogik qarashlari insonparvar xarakterga ega. Inson egallashi lozim bo`lgan barcha bilim va kasb-hunarlar u tomonidan Vatan foydasi uchun qo`llanilishi kerak.
XI-XII asr Markaziy Osiyo mahrifatparvar olimlari turli fanlar, shu jumladan pedagogikaning rivojiga katta hissa qo`shishdi. Yusuf Xos Hojib, Burxoniddin Zarnujiy va Ahmad Yugnakiylar bolalar jamiyatda o`z o`rnini topishida bilim, ota-ona, oilaning o`rnini alohida ajratib ko`rsatadilar. Ular tarbiyaning asosiy maqsadi deb, komil insonni tarbiyalash, unga yetishish vositasi deb esa qattiqqo`llik, doimiy mehnatga o`rgatish deb bilishgan. Zarnujiyning “Ta'limda o`quvchiga pandlar” kitobi Yusuf Xos Hojibning “Qutadg`u bilig” asari Markaziy Osiyoda pedagogikadan birinchi kitoblar hisoblanadi.
O`rta Osiyo olimlari tomonidan tarbiya va ta'limning ijtimoiy o`rnini tushunishlari shunda namoyon bo`ldiki, ular ijtimoiylashuvning mikroomillar-muhit, oila, o`quvchilar guruhiga ehtibor karatganlar va ota-onalar, pedagog va o`quvchining harakatlarini mujassamlashtirish kerakligini tahkidlaganlar.
SHunday qilib, o`rta asr olimlari ijtimoiy pedagogika sohasida katta meros qoldirganlar. Ularning ilmiy pedagogik asarlari zamonaviy ijtimoiy pedagogika ilmini rivojlantirish uchun muhim manba hisoblanadi.
Alisher Navoiy, Forobiy, Ibn Sinolarning falsafiy va pedagogik kontseptsiyalari keyingi davrlarning yetakchi ta'limotlarini rivojlantirish uchun asos bo`lib xizmat qilgan.
XIX-XX asr demokrat shoirlarining ijtimoiy pedagogik qarashlari
XVIII-XIX asrning mahrifatparvar shoirlari Munis Xorazmiy (1778-1829), Muhammad Ogahiy (1809-1874), Ubaydulla Zavqiy (1853-1921) birinchi o`ringa keng ommaning mahrifatli qilish va ta'lim masalalarini qo`yishgan. Ta'limning asosiy vazifasini ular axloqiy mukammallashuvda va mehnatga o`rgatishda deb bilishgan.
Saidahmad Siddiqiyning (1864-1927) qarashlari uzoqni ko`ra olishlik va zakovati bilan ajralib turgan. Dehqon oilasidan chiqqan pedagog, demokrat shoir o`z qishlog`i hovlisida dehqon va xunarmandlar uchun ilk maktabni ochgan, kattalar uchun maktab tuzgan, 1914 yil kitob, darslik va o`quv qo`llanmalari bilan savdo qiluvchi do`kon ochgan. Keyinchalik Siddiqiy yana bir nechta qishloq maktablari ochgan va ularda o`zbek, tojik, rus bolalariga ta'lim-tarbiya bergan. Tabiatshunoslik va geografiya darslari tabiat qo`ynida o`tkazilgan.
.
Mahrifatparvarlik va demokratik g`oyalar XIX asrning oxiri- XX asr boshlarida yuqori cho`qqiga ko`tarildi. O`rta asr g`oyalari: zohidlik, dogmatizm, sxolastikaga qarshi chiqib, o`zbek mahrifatparvarlari yangi ta'lim usullari va tamoyillarini ilgari surdilar: har tomonlama tarbiyalashga asoslangan (aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat) dunyoviy, o`g`il bolalar va qizlar uchun bir xil, insoniylik, demokratiya, vatanparvarlik ruhidagi tarbiyani ilgari surdilar va asoslab berdilar.
O`zbekistondagi demokratik pedagogik g`oyaning taraqqiyparvar yo`nalishining yirik vakillaridan biri Abdulla Avloniydir (1878-1934) U SHarq tillari va adabiyotini yoshligida chuqur o`rganib, mumtoz o`zbek klassikasi tahsirida shehrlar yozgan. Uzoq vaqt mobaynida Toshkent
maktablarining birida bolalarga ta'lim bergan. Avloniyning o`zbek pedagogikasiga qo`shgan hissasi shuki, u ilk marta tarbiya oldiga ijtimoiy vazifalarni qo`ya olgan. Bu shoir va pedagogning katta jasorati o`z asarlarida shaxs rivojlanishida tarbiyaning hal qiluvchi rolining ehtirof etilishi bo`ldi. Uning fikricha, tarbiya ijtimoiy maqsadlarni ko`zlashi kerak. Avloniy “yangi kishi” tushunchasini shaxsiy emas, balki ijtimoiy manfaatlardan kelib chiquvchi jamoat arbobi sifatida tahriflaydi. Tarbiyaning muvaffaqiyati Avloniy fikricha oila, ota-onalar va pedagoglarning shaxsiy namunaviy roli bilan belgilanadi. Eng muhim ijtimoiy xususiyat deb, u mustaqillik, tashabbuskorlik, amaliy tajribani ehtirof etgan.
O`zbek mahrifatparvarlarining yorqin vakili bo`lgan Avloniy “to`g`ri” g`oyalarni kengaytirib va “noto`g`ri” g`oyalarni bartaraf qilibgina yovuzlikni yo`qotish mumkinligiga ishongan. SHuning uchun tarbiya mavzusi mahrifat gazetasi bo`lmish “SHuhrat” gazetasida keng yoritilgan.
Mustamlakachilik sharoitlarida Turkistonda matbuot cheklangan o`quvchilariga ega bo`lgan. Bu holatda dramaturgiya mahrifiy g`oyalarni tatbiq qilishning eng samarali vositasi bo`lgan. Teatr Abdulla Avloniy uchun odamlarni tarbiyalash, birlashtirish vositasi bo`lgan. U 1913 yilda Toshkentda “Turon” nomli teatr truppasini tashkil etdi. Truppaning maqsad-vazifalarini Toshkentdagi “Turon” dramatik sanhat jamiyatining nizomida aniqlangan “sahnaga nisbatan muhabbat va jiddiy munosabat tug`dirish, xalq uchun spektakllar tashkil qilish” tashkil etar edi.
Bu maqsadga erishish uchun jamiyat kechalar, kontsertlar, spektakllar va boshqa ommaviy chiqishlarni tashkil etishga, klub va musiqa kurslari, kutubxona va qiroatxona tashkil qilishga, boshlang`ich maktablar ochishga, ta'limni o`rta va oliy o`quv yurtlarida davom ettirish uchun stipendiyalar tahsis etish huquqiga ega bo`lgan. SHuningdek, u mavjud hayriya va ta'lim muassasalariga moddiy yordam ko`rsatishi mumkin edi1.
Avloniy mahrifiy g`oyalarini nafaqat ijodda ilgari surgan. U tomonidan 1908 yilda kambag`allar uchun maktab ochilgan va u yerda ona tilini o`qitishning yangi usullari qo`llanilgan. Pedagogik faoliyat bilan sermahsul shug`ullanishni kanda qilmay, u darslik va qo`llanmalar yoza boshlagan. Ta'lim tarbiya tizimini kundalik hayotga yaqinlashtirish, yahni amaliyot eng kerakli va foydali vosita ekanligini uning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq” darsliklarida aks etdi.
Avloniydan so`ng mahrifat va dunyoviy bilimlarning faol targ`ibotchisi Miskin edi. Miskinning ta'limiy va mahrifiy qarashlari ijtimoiy-siyosiy mohiyatga ega bo`lib, u o`zbek ilg`or pedagogik g`oyalarining rivojiga katta hissa qo`shgan. Insonni reallikdan ajratib oluvchi va uni shukronalik ruhida tarbiyalovchi musulmon pedagogikasiga qarshi Miskin ta'lim jarayonini yosh avlodni xalqqa xizmat qilish uchun tarbiyalash kerak deb tushungan va o`z qarashini rivojlantirgan. Miskin va boshqa o`zbek mahrifatparvarlarining intilishlari tarbiyaning ijtimoiy jihatini oshirishga, ijtimoiy tarbiyani kengaytirishga, insonning turli ijtimoiy munosabatlarga kirishi, boshqa davlatlar va xalqlar hayotini o`rganishga qaratilgan edi.
Biroq bu ijtimoiy xususiyatlar bilan birga o`zbek mahrifatparvarlari XIX asr ikkinchi yarmida o`z qarashlarining tizimli emasligi, ularning feodal-mustamlaka tuzumga qarshi kurashdagi ojizliklarini kelib chiqishiga sabab bo`lgan mustahkam dasturning yo`qligi bilan ajralib turardilar. Biroq ularning dunyoqarashi cheklanganligi va qarama-qarshiliklarga uchraganiga qaramay, ular O`zbekistonda ilg`or g`oyalarning rivojiga o`z hissalarini qo`shishdi.
XX asr boshidagi o`zbek pedagogik g`oyasida 3 asosiy yo`nalishni ajratsa bo`ladi:

  • ko`proq hukmronlik qiluvchi o`rta asr feodal klerikal yo`nalishi;

  • paydo bo`layotgan milliy burjua yo`nalishi (jadidchilik). Uning vakillari bu davrda feodal klerikal maktabga qarshi chiqib, o`zlarining “usuli jadid” maktablarining pedagogik talablarini ilgari surish;

  • demokratik taraqqiyparvar yo`nalish. Demokratik pedagogika o`rta asr maktabini va tarbiyasini tanqid qilgan va inkor etgan hamda unga qarshi yangi, ilg`or g`oyalarni ilgari surgan.







Yüklə 45,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin