Fan yuzasidan ma’ruza mashg’ulotlari



Yüklə 45,08 Kb.
səhifə6/7
tarix08.10.2022
ölçüsü45,08 Kb.
#64712
1   2   3   4   5   6   7
1-мавзу

1 А. Бобохонов. Хамзанинг ижтимоий педагогик ва адабий фаолияти. Т.:Ы=итувчи. 1979 й. 15 б.
XX asr boshida O`zbekistonda demokratik pedagogikaning eng yirik vakili Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) edi. Hamza XX asr boshida o`zbek xalqi madaniy hayoti va mahrifiy harakatining eng yirik namoyandasi edi. Uning nomi bilan O`zbekiston tarixining butun bir davri bog`liq. U o`z asarlarida o`zbek xalqi pedagogik g`oyasi rivojining eng yaxshi yutuqlarini jamlab hamda Rossiya ijtimoiy-mahrifiy g`oyalariga tayanib, ta'lim tarbiyaning eng global muammolarini ko`tara oldi.
Qo`qonda ozod milliy maktabning yaratilishi, keyinroq esa Farg`ona, Marg`ilon va Toshkentda shunday maktablarning yaratilishi bu ajoyib pedagog va jamoat arbobining jasoratli qadami bo`ldi. Bu maktablarda ta'lim-tarbiya ishlarining yo`lga qo`yilishi shaxsning har tomonlama rivojlanishi va ijtimoiy faollashuvi uchun sharoitlar yaratishga yo`naltirilgan edi. Hamzaning pedagogik faoliyatining ijtimoiy xarakteri tarbiyaning barcha turlari (estetik, aqliy, jismoniy, axloqiy, mehnat), muomala va atrofdagilar bilan o`zaro munosabat malakalarini rivojlantirish jarayonida, tarbiyalanuvchilarning turli hayotiy, madaniy va aqliy darajalarini oshirishlari uchun imkoniyatlar yaratishga asoslanadi.
1911 yilda Hamza o`zining yangi usul maktabini ochdi va unda o`quv jarayonini tashkil etishni tubdan isloh qildi. Biroq uning pedagogik faoliyatidagi eng asosiy hodisa 1914 yilda yetimlar va kam tahminlangan bolalar uchun “Dorul ojizin” nomli maktabning ochilishi bo`ldi. Unda bolalar bepul o`qitilgan hamda kitob, daftar, qalam va boshqa yozuv qurollari bilan tahminlanganlar. Biroq Hamzaning maktablarni isloh qilish va demokratiyalashtirish uchun qilgan harakatlari musulmon ruhoniylari va chor hukumatining keskin noroziligiga sabab bo`ldi. Buning oqibatida “Dorul ojizin” yopildi va Hamza chor politsiyasi nazoratiga olindi.
Hamza ta'limning mohiyatini, ozodlikka erishishi uchun asosiy qurol, yahni faol ijodiy shaxsni tarbiyalash vositasiga aylantirish kerakligi g`oyasini ilgari surdi. Uning qarashlari o`zbek ilg`or pedagogik g`oyasining rivojlanishida katta qadam edi. Insonni reallikdan ajratuvchi va uni shukronalik ruhida tarbiyalovchi hukmron sxolastik tarbiyadan farqli o`laroq Hamza Hakimzoda ta'lim mohiyatiga yangi qarashlarni kiritdi. Ta'lim jarayonini yosh avlodni xalqqa xizmat qilish ruhida tarbiyalash deb tushundi. SHoir tarbiyaning asosiy vazifasi yoshlarni jamoat faoliyatiga tayorlash deb bilgan. Hamza yoshlar o`z vatani va xalqi oldidagi mahsuliyatlarini tushunish kerakligini ko`p marta tahkidladi.
Hamza tarbiyaga eng kuchli tahsir qiluvchi omillarga muhit va oilani kiritgan. Go`dakning kelajagi, undagi hislarning, dunyoqarashning rivoji va boshqa ijtimoiy psixologik vazifalar uni o`rab turgan atrof-muhit va turmush tarziga bog`liqdir. Oilaning bola tarbiyasidagi o`rni bolani jamiyatda o`zaro muloqatga kirishuvchan qilib tarbiyalashdan iboratdir. Hamza onaga alohida rol ajratadi, chunki u bolalar bilan psixologik, ruhiy va biologik jihatdan eng ko`p bog`langan shaxsdir. U bolalarni ehtiborsiz yoki noto`g`ri tarbiyalaydigan ota-onalarni qoralaydi. Hamza ta'lim-tarbiyada tub o`zgarishlarni amalga oshirish uchun bir qator yangi darsliklarni o`zbek tilida yaratdi: o`zbek alifbosini o`rganish uchun “Engil adabiyot”, o`qish uchun “O`qish kitobi”, adabiyotdan “Qiroat kitobi”. Hamzaning kitoblari ta'lim oluvchilar tomonidan katta qiziqish bilan o`qilgan va tez o`zlashtirilgan. Hamzaning barcha kitoblari o`zbek bolasining erkin o`qishi uchun qulay hisoblangan.
1917-1940 yillardagi ijtimoiy pedagogik faoliyatning asosiy yo`nalishlari. Hamza faoliyati ikki davr - inqilobgacha va inqilobdan keyingi davrlar to`qnashuvida davom etgan. 1917 yilgi oktyabr inqilobi natijasida bolg'sheviklarning yangi hokimiyati tomonidan xayriya faoliyatiga chek qo`yilgan va uning moddiy (shaxsiy mulk) va mahnaviy (din) manbalari yo`q qilingan. Ijtimoiy muammolarni yechishni esa davlat o`z zimmasiga olgan.
Bu vaqtda barcha joylarda, jumladan O`zbekistonda ijtimoiy tarbiya bo`limlari tuzila boshlandi. Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy huquqiy himoyasi bo`yicha muassasalar tashkil etildi. XX asrning 20-yillarda maktabga moddiy yordam beruvchi “komsod” (yordam qo`mitasi) nomli tashkilotlar faoliyat yuritgan. SHuningdek, kam tahminlangan oilalarni moddiy tahminlovchi “kambag`alik fondlari” ham mavjud bo`lgan. Bu fondlar kambag`al oilalarni minimal darajadagi oziq ovqat maxsulotlari bilan tahminlaganlar
V.F.Lubentsov tomonidan boshqariladigan K.Libxknet nomli mehnat maktabining tuzilishi respublika hayotida muhim voqea bo`ldi. Maktab faoliyati ijtimoiy pedagogik tamoyillarga asoslandi. Karl Libxnet nomidagi tajriba kommuna - maktabi Toshkent yaqinidagi 600 ta yetim bolalar tarbiya topgan ilk maktablardandir. Turkiston ASR hukumati 1918 yilda maktabga Nikolg'skoe qishlog`i yonidagi yangi binoni berdi. 1919-20 yillar qishi juda og`ir keldi. Isitilmagan xonalarda yashashdi, na chiroq, na kerosin bor edi. Qiyinchiliklarga qaramay maktab pedagogik jamoasi ijod bilan mashg`ul bo`lishni davom ettirdi.. Maktab bayramlarida yosh iqtidorli bolalar chiqish qilishardi. O`quvchilar aksariyat vaqtlarini toza havoda, sport bilan shug`ullanishar, turli rasmlar chizish bilan o`tkazishardi. O`quvchilarning o`ziga xos xususiyatlarini inobatga olib maktab pedagoglari ta'lim-tarbiyani qattiqqo`llik tamoyillari asosida olib borishardi. Maktabning o`quv va mehnat faoliyati yorqin ijtimoiy yo`nalishga ega bo`lgan. Masalan, “Nihol” to`garagi eng kambag`al aholiga 6000 dona nihol hadya etdi, 30ta dehqonga qishloq xo`jaligi ko`rgazmasida ishtirok etishga ko`maklashdi.
“Tozalik” to`garagi ovqatlanish, suvdan foydalanish, maishiy va qishloqdagi sanitar-gigienik sharoitlarni nazorat qilardi. O`qituvchilar o`zlari turli fanlardan o`quv qo`llanmalari tuzishar edilar. Jismoniy, mehnat, o`quv va fakulg'tativ mashg`ulotlari bilan bir vaqtda o`tkazilardi. Bahor, yoz va kuzda mashg`ulotlar dala va bog`larda o`tardi. Ular bug`doy, paxta, guruch, jo`xori, sabzavotlar yetishtirish bilan birga ipakchilik, asalarichilik bilan ham shug`ullanishardi. Bunaqa turli xil mashg`ulotlar o`quvchilarda agrotexnik va zootexnik ko`nikmalar paydo bo`lishiga olib kelgan.
Bolalar mustaqilligi va mashuliyatliligini rivojlantirishning yana bir metodi o`z o`zini boshqarish tizimi bo`lib, u jamoada muomala qilish ko`nikmalari shakllantirilar edi.
Maktab jamoasi barcha moddiy qiyinchiliklarni bartaraf etdi va 1921 yil bu muassasa tajriba maktabiga aylantirildi. Qisqa vaqt mobaynida iqtidorli va qiziquvchan pedagoglar jamoasining tashabbusi bilan ushbu maktab o`qituvchi kadrlar malakasini oshirish bilan shug`ullanuvchi, shahar va qishloq maktablari uchun metodik qo`llanmalar, dasturlar chiqaruvchi respublika ilmiy- metodika markaziga aylantirildi.
Maktab jamoasi ilk marta “qishloq o`qituvchisining kutubxonasi” nomli metodik darsliklar yaratdi. SHuningdek, 1925 yilda V.Lubentsovning “Boshlang`ich maktabda dars berish metodlari” (o`zbek tilida) nomli kitobi, 1928 yilda V.F.Lubentsov va N.P.Arxangelskiy taxriri ostida “Bilim” nomli o`zbek maktabi boshlang`ich sinflari uchun ilk xrestomatiya chop etildi.
Bu maktab tajribasi nihoyatda qiziqarli bo`lgan va hozirgi ijtimoiy holatda ham qo`llash uchun o`rganishni talab qiladi. 1920-1930 yillarda ijtimoiy pedagogik tarbiyaning asosiy yo`nalishlari quyidagilar bo`lgan:

  • savodsizlikni bartaraf etish (ayniqsa ayollarda);

  • mehnat tarbiyasi va ta'limni yo`lga qo`yish;

  • maktab-internatlarni yaratish;

  • ta'limni ishlab chiqarish bilan birlashtirish.

XX asrning 30-yillarida maktabdan tashqari bolalar texnik va qishloq xo`jaligi stantsiyalari, klublari, kutubxona va teatrlari faoliyat yuritdi. Maktab to`garaklari yoshlarning ijodini rivojlantirish vositasi sifatida bo`sh vaqtlarini maroqli o`tkazishi uchun tashkil qilindi. Aynan shu davrda pedagogik faoliyatini boshlagan o`zbek shoiri G`.G`ulomni (1903-1966) tilga olmay iloj yo`q. 1918 yildan G`.G`ulom ilk o`zbek maktab-internatlarining ochilishida faol ishtirok etgan va 1943 yilgacha bu maktablarda dars bergan. Uning faoliyati bir qator ijtimoiy pedagogik vazifalardan-savodsizlikka qarshi kurash, kattalar uchun kechki kurslarni tashkil qilish, ta'lim berishning ilg`or usullaridan foydalanish, o`quvchilarning mustaqil badiiy faoliyatiga rahbarlik, o`quvchilarda kasb, mehnatga qiziqish uyg`otishdan iborat edi. G`.G`ulom oilaviy tarbiyaga katta ehtibor bergan va bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy rivojlanishi ota-ona shaxsiy namunasiga bog`liq ekanligini dalillar bilan asoslagan.
Urush yillari (1941-1945)da aholiga ijtimoiy pedagogik yordam
ko`rsatish chora - tadbirlari. 1941-1945 yillar urush oqibatida yuzaga kelgan ijtimoiy muammolar bolalarning ahvolini og`irlashtirdi. Davlat va jamoatchilikning urush qurbonlari-bolalarga
munosabati o`zgardi. Davlat bu muammolarni ko`chirib keltirilgan bolalar uchun maktab-internat, bolalar uylari sonini kuchaytirish orqali hal etishga harakat qildi. Bu harakat, ayniqsa harbiy urush o`choqlaridan ko`plab bolalar muassasalari ko`chirib keltirilgan O`zbekistonda yaqqol namoyon bo`ldi.
Ko`chirib keltirilgan bolalar va kattalarni joylashtirish va qabul qilish respublika hayotining urush yillaridagi asosiy faoliyatiga aylandi. 1941 yilda Toshkentda Zuev va Pastki Qrim bolalar uyining tarbiyalanuvchilari joylashtirildi. Popda tumanning eng zo`r maktabini bolalar uyiga aylantirildi. Biroq kerakli jihozlar - krovat, ko`rpa to`shak, yostiq, kiyim-kechak yo`q edi. Bularni mahalliy aholi olib kelishar edi. SHuningdek, Toshkentda №1,2,3,15,18 sonli bolalar uylari, 14,15sonli maktab bolalar uylari, Belorussiya bolalar uyi, Go`daklar uyi ham faoliyat yuritardi.
Arxivlarda Toshkent Go`daklar uyining 1941-1942 yillardagi qaydnoma kitoblari saqlanib qolgan. Unda kengash nomiga tushgan bolalikka olish haqidagi arizalar uchraydi. Go`daklar uyida bunday arizalar 1941 yil yanvar-sentyabr oylarida 11ta, noyabr oyida 32ta, dekabrda 79ta, 1942 yil yanvar oyida 86taga yetgan. Toshkent shahrida voyaga yetmaganlarni qabul qilish va ularni bolalar uyiga joylashtirish markazi tashkil qilingan edi.
1942 yilda bunday markazlar Toshkent, Farg`ona, Urganch, Namangan. Andijon, To`rtko`l shaharlarida ham tuziladi. Qishloq joylarida 2000 ta gacha bolalar uyi tarbiyalanuvchilarini qabul qilish uchun joylar tayyorlanadi. 100 ta o`rinli nogiron bolalar uyi ham tashkil qilindi. Toshkent viloyatining Kalinin tumanidagi 2- sonli bolalar uyi Odessa va Lugansk shahrining ikkita bolalar uyi tarbiyalanuvchilarini qabul qildi. Moskva, Odessa va Voronejdan ko`chirib keltirilgan 4 ta harbiy-musiqa maktabi ham bolalar uyida edilar. 1942 yil Yangiyo`l tumanida yangi bolalar uyi tashkil qilindi. SHuningdek, Rishton, Vobkent, Qarshi tumanlarida ham bolalar uylari faoliyat yuritardi.
O`zbekistonga jumladan Samarqandga Yevropa davlatlaridan 21-sonli Polg'sha bolalar uyi va ispan yoshlari ko`chirib keltirildi.
“Front kundaligi” asari muallifi, mashhur rumin publitsisti va yozuvchisi Xarlamb Zinke ham urush yillarida O`zbekistonga 18 yoshida evakuatsiya qilingan edi. U Samarqandda kolxozchi Abdurasul Jo`raev oilasida yashagan.
1944 yil noyabr oyidan Toshkentda ko`chirish markazi faoliyat yuritgan va unda bolalar uyi rahbarlarining eng yaxshilari navbatchilik qilishgan. Bolalarni ko`chirish jarayoni ham havfsiz emas edi, chunki bolalar haftalab yo`lda bo`lishar, ular orasida dizenteriya, teri kasalliklari keng tarqalar edi. SHuning uchun bolalar ikki hafta mobaynida vrachlar nazorati ostida bo`lishar va keyin turli bolalar uylariga jo`natilar edilar. Bu yillarda ko`chirib keltirilgan bolalarni tarbiya qilishga olish keng tarqaldi. Masalan, birinchilardan bo`lib leningradlik qizaloq - Fainani Usmon Yusupov va uning xotini Yulya Stepanenko tomonidan tarbiyaga olingan. Barchaga toshkentlik temirchi SHoahmad SHomahmudov va uning xotini Bahri ayaning jasorati mahlum. Ular turli millatdagi 14 bolani o`z oilalariga qabul qilishgan.
Toshkentdagi 110-sonli maktabga to`rtta ko`chirib keltirilgan bolani qabul qilishdi va ularga alohida xona ajratishdi. Evakuatsiya qilingan bolalarni o`qitish bo`yicha ham choralar ko`rila boshlandi.
1944-1945 yillarda ko`r va kar bolalar uchun maxsus sinflar tashkil qilindi. 1942 yil avgustda “Pravda” gazetasida A.Tolstoyning O`zbekistondagi taassurotlari haqidagi maqolasi ehlon qilindi. Urush davri mobaynida bolalar uylari tarmog`i va ulardagi tarbiyalanuvchilar soni muttasil oshib bordi. 1945 yil oxirida respublikada 267 ta bolalar uyi mavjud bo`lib, ularda 30792
tarbiyalanuvchi bo`lgan.
Urush davrida davlat va jamoat tuzilmalarining asosiy harakatlari bolalarning maktabda o`qishlarini tahminlashga qaratilgan edi. Xalq ta'limi bo`limlari nafaqat o`quv jarayonini boshqarishgan, balki frontdagilar, ularning oilalari, ko`chirib keltirilgan bolalarga kerakli yordamlarni ham tashkil qilishgan. 1942 yildan boshlab shahar va qishloq maktablari oilalar va frontchilarga yordam ko`rsatishgan. Ularga issiq ovqat, darsliklar, daftarlar, kiyim-kechak berishgan. Maktablarning o`quvchilari kasal bo`lgan sinfdoshlariga va ularning oila ahzolari-
onalari, buvilariga uy ro`zg`or ishlarida yordam berishgan, oziq-ovqat va yoqilg`i olib kelishgan, yosh go`daklarga qarab turishgan.
Toshkentning 50- sonli maktabi yaxshi tashabbus bilan chiqdi. Yahni 1943 yildan boshlab 150 kishilik bolalar dam olish maskani tashkil qilindi. Bu maskanda boshlang`ich sinf bolalari soat 19:00 gacha qolishardi. Bolalar bu yerda gigienik talablarga javob beruvchi xonalar, yuqori sifatli tushlik bilan tahminlanishgan, o`qituvchilar nazorati ostida dars tayyorlashgan, sayr qilishgan.
Ikkinchi jahon urushigacha bo`lgan davrda O`zbekistonda maktabdan tashqari muassasalar, shuningdek to`garak, ma'ruza, biror mavzuga oid kechalar keng tarqalgan. Badiiy ijod uylari va saroylarida badiiy, mehnat, vatanparvarlik, estetik va jismoniy tarbiya amalga oshirilgan. Maktabdan tashqari bolalar muassasalariga jiddiy qiyinchiliklarni yengishga to`g`ri keldi. CHunki ularning aksariyati o`z binolarini ko`chirib keltirilgan tashkilot, korxonalarga yotoqxona qilib bergan edi. Boshqa bahzi maktablardan tashqari muassasalar yopilgan edi.
Agar urushgacha maktabdan tashqari muassasalarda ko`proq bolalarning badiiy tarbiyasiga bog`liq to`garaklar ochilgan bo`lsa, urush yillarida esa aviamodelchilar, yosh tabiatshunoslar, texniklar, fizik va ximiklar to`garaklari soni ko`paydi. Bunday to`garaklarda ishlash bolalarning va o`smirlarning texnik qobiliyatlarini oshirdi va ularda turli mehnat sohalari bo`yicha ko`nikmalar paydo qildi.
O`zbekiston bolalarini badiiy tarbiyalash markaziy uyi 1942 yil bolalar rasmlarining ko`rgazmasini tashkil qilish bo`yicha tashabbusini ko`tarib chiqishdi. Rasmlardan urush dahshatlari bilan to`qnash kelgan bolalarning taassurotlari joy olgan edi. 400 ta eng yaxshi rasm katta muvaffaqiyat bilan Moskvada ham namoyish qilingan, keyinchalik esa Amerika rassomlarining iltimosiga ko`ra Ng'yu-Yorkdagi ko`rgazmada ham ishtirok etishgan.
Urush yakunlanganidan so`ng ko`pgina ko`chirib keltirilgan bolalar va oilalar o`z yurtlariga qaytishgan. Bu davrda bolalar uylari tarbiyalanuvchilari sonining kamayishi kuzatilgan, ammo ko`pchilik bolalar va oilalar o`z xohishlari bilan O`zbekistonda qolganlar.
1956 yilda O`zbekiston hukumati jamoatchilikning keng yordami bilan oltita internat- maktabni ochdi: ikkitasi Toshkentda, qolganlari Yangiyo`l, Farg`ona, Qo`qon, Xivada edi. 1962 yilda maktab-internatlar soni 119 taga ko`paydi, tarbiyalanuvchilar soni esa 38000taga yetdi. Maktab-internatlar yangi turdagi o`quv-tarbiya muassasalari bo`lib, unda bolalarning o`qishi va rivojlanishi uchun juda yaxshi sharoitlar yaratilgan. Bunday muassasalar faoliyatining asosiy yo`nalish turlari axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya, mehnat ko`nikmalarini paydo qilish, hayot bilan aloqani amalga oshirish bo`lgan. Keyinroq respublikada yangi maxsus maktab-internatlar: Glier nomidagi musiqa maktabi, sanhat maktabi, sport maktabi ochildi. Bundan tashqari aqliy va jismoniy nogiron bolalar uchun ham maktab-internatlar tashkil etildi. 60-yillar boshqa turdagi tarbiya muassasalari: bolalar bog`chalarining rivojlanishi kuzatildi. Biroq, bu muassasalarning faoliyat yuritishiga qaramay, bunday maktablarning ilg`or tajribasi matbuot va pedagogik nashrlarda yoritilmagan. Natijada respublika ijtimoiy pedagogika fani bugungi kunda nihoyatda qashshoq nazariy va amaliy bazaga asoslanadi.
XX asrning 70-yillari oxirida yoshlarning, ayniqsa o`smirlarning axloqi keskinlashdi. XX asrning 80-yillarida alkogolizm, narkomaniya va taksokomaniyaga qarshi kurash va profilaktika muammolari haqida masala ko`ndalang qo`yildi. Bunday muammolarning paydo bo`lishi va tarqalishi maktabning oila bilan munosabatida bir qator muammolarni keltirib chiqardi.
O`quvchilarning ijtimoiy va kasbiy ko`nikmalarini hosil qilish shakllaridan biri o`quv-ishlab chiqarish korxonalarining tashkil qilinishi bo`ldi. Unda bolalar turli kasblarga o`qitilgan. Bunga misol qilib Toshkentdagi 210-TTZ ishlab chiqarish korxonasini keltirish mumkin. Maktab faoliyati va bolalarni himoyalashning ijtimoiy- pedagogik asoslari bilan birga, ta'lim yo`nalishi ham rivojlanib kelgan.
O`zbekistonda ommaviy maktabgacha ta'lim muassasalarining rivojlanishi va unda bolalarning ijtimoiylashuvi tarixidan.
O`zbekistonda ommaviy maktabgacha tarbiyaning yuzaga kelishi o`tgan asrning 1910-1920 yillariga to`g`ri keladi. Bu davrda Turkistonda bolalarni gimnaziyaga kirishga tayyorlovchi xususiy bolalar bog`chalari mavjud edi. 1919 yilda respublikadagi siyosiy va iqtisodiy holat
munosabati bilan o`sib kelayotgan avlodning sog`lig`ini saqlash, oziq-ovqat bilan tahminlash masalalari bilan shug`ullanuvchi “Bog`chalarni himoyalash Kengashi” tuzildi. Bolalarni davlatning yanada sermahsul mintaqalariga ko`chirib o`tkazish, shuningdek, ularni ovqat, kiyim- kechak, uy, yoqilg`i, tibbiy yordam bilan tahminlash masalalari o`rganilgan. Bu masalalarni yechishning asosiy vositasi ommaviy oshxonalar, bolalar bog`chalari va yaslilar tashkil etish bilan bir qatorda ayollarni respublikaning jamoat va siyosiy hayotida faol ishtirok etishga yordam berishga tayyorlash edi.
Ta'lim ishini rivojlantirish uchun 1918 yilda Toshkentning Eski shahar qismida o`zbek bolalari uchun 4-bolalar bog`chasi tashkil qilindi. 1919 yilda esa Samarqandda 2-bolalar bog`chasi va 3-bolalar uyida maktabgacha guruhlar ochildi. 1926 yilga kelib maktabgacha ta'lim muassasalarida (jami 40 ta) 2000ga yaqin bolalar bo`lgan.2 Maktabgacha tarbiya muassasi xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan ta'lim dasturi ishlab chiqildi. 1927 yilda boshlangan ayollarning “Hujum” harakati munosabati bilan bolalarning bolalar bog`chasiga berish hollari yanada ko`paydi. Kasaba uyushmalari va yirik fabrika-zavodlarda ishlayotgan ayollarga yordamchi tashkilot sifatida yozgi sog`lomlashtirish maydonchalari tashkil etildi.
XX asrning 30-yillarida bolalar bog`chalarining tozalik va metodik yordam holatini tekshirish keng tarqaldi. Bu tekshirishlar natijalariga ko`ra xonalar va maydonchalarning jihozlanmaganligi, asbob-uskunalar bilan tahminlanmaganligi, tozalik mehyorlariga amal qilinmasligi kabi kamchiliklarga qarshi kurash olib borilgan.
Qishloqlardagi bolalar bog`chalari va maydonchalari ta'lim muassasalariga nisbatan bo`lgan salbiy qarashlar tufayli katta qiyinchiliklarga duchor bo`lgan.
1930 yilda O`zbekistonda respublikaning barcha katta shaharlari va viloyatlarida o`z bo`linmalariga ega bo`lgan pedagogik maslahatxonalar tashkil qilindi. Uning faoliyati doimiy ma'ruzalar, radiosuhbatlar, ayollar uchun ko`rgazmalar tashkil qilishdan iborat edi. Ular uchun bolalarga eng yaxshi burchak qilish bo`yicha musobaqa ham o`tkazilgan. Pedagogik maslahat beruvchilar oilalarga borishgan, bolalar burchaklarini tashkil qilishgan va shu bilan bolalarni bog`chalarga qabul qilish tartibi hamda oilalarga tarbiya masalalari bo`yicha maslahatlar berib borishgan.
1933-1934 yillarda O`zbekistonda 3840ta kolxoz maydonchalari bo`lib, unda 127 ming bolalar qatnashgan. 1933 yil bolalar bog`chalari uchun ilk dastur loyihalarini ishlab chiqarish yili sifatida muhrlandi. Rusiy zabon bolalar bog`chalari dasturlari asosida tuzilgan bu dasturlar keyinchalik mahalliy sharoitlarni inobatga olib qayta tuzildi.
Ta'lim birlashmalarining metodik faoliyati yagona markaz tomonidan rahbarlikni amalga oshirishga ehtiyoj sezgan. 1934 yil Toshkentda tuzilgan Respublika ta'lim metodik xonasi shunday markaz vazifasini bajardi.
Ommaviy ta'limning rivojlanishida eng katta to`siqlardan biri malakali kadrlarning yetishmasligi bo`lgan. Qishloq aholisidan kadrlar tayyorlash uchun qisqa muddatli uch oylik kurslar tashkil qilingan. Bundan tashqari XX asrning 30- yillaridan boshlab ta'lim mutaxassislarini tayyorlash vazifasi pedagogika o`quv yurtlari zimmasiga qo`yildi. 1930 yildan Toshkentda faoliyat yurituvchi pedagogika o`quv yurti 1936 yilga 60 ta mutaxassis tayyorladi.
1938-1939 yillarda respublikada 927ta bolalar bog`chasi ochilgan edi va ularda 36710 ta bola bor edi. Maydonchalar soni esa 4835 ta bo`lib, ularda 152000 bola bor edi. SHu bilan birga bu vaqtda onalar uchun “Bolalar xonalari” ham tashkil etilgan.
SHu yillarda ta'limni yaxshilash maqsadida quyidagi choralar ko`rilgan:

    • joylarda metodik ishlarni tashkil qilish;

    • mebelg', o`quv qo`llanmalari, o`yingohlarga qo`yiladigan talablarni ishlab chiqish;

    • ta'lim masalalariga jamoatchilik va aholining ehtiborini qaratish (matbuotda nashr qilish, hujjatlarni tuzish) va sh.k.

Urush yillari O`zbekistonda 200.000 bola ko`chirib keltirilgan va natijada bolalar bog`chalari tarmog`ining kengayishi, ularda ish kunini uzaytirish zaruriyati paydo bo`lgan. Urush






Yüklə 45,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin