Fan yuzasidan ma’ruza mashg’ulotlari



Yüklə 45,08 Kb.
səhifə7/7
tarix08.10.2022
ölçüsü45,08 Kb.
#64712
1   2   3   4   5   6   7
1-мавзу

2 O.O. Eshonxo'jaeva. O'zbekiston SSRda ta'limning rivojlanishi. T.:Fan. 1990 y. 7 b.
yillari maktabgacha internatlar ham tashkil qilingan. Ulardagi tarbiyaning o`ziga xosligi shundan iboratki, ularda o`z oilasi, yaqinlaridan ajragan bolalar tarbiyalangan. Bu hol pedagoglarda har bir bola uchun yanada mashuliyatli va ehtiborli bo`lishni taqazo etgan.
Urushdan keyingi davrda oziq-ovqat muammolari tufayli kuchsizlangan bolalar uchun sog`lomlashtirish chora-tadbirlari kuchaytirildi. Bu maqsadda respublikaning bir qator shaharlarida sanatoriya tipidagi bog`chalar tashkil qilindi. Qishloq hududida ta'lim ning rivojlanishiga katta ahamiyat berildi. Bu qishloq ho`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqishda ayollar mehnatidan foydalanish zaruriyati bilan bog`liq edi. 1959 yildan ta'lim ning yagona tuzilishini tashkil qilish maqsadida ikki turdagi ta'lim muassasalari bitta bolalar bog`chaga birlashtirildi. Bu esa bolalarni tarbiyalash jarayonining faollashuviga olib keldi.
O`rta maxsus mahlumotli mutaxassislar Toshkent va Marg`ilon pedagogika bilim yurtlari tomonidan tayyorlangan. 1957-58 yillar ular 517 ta mutaxassis chiqarishgan. Metodik va tarbiya ishlarini yaxshilash maqsadida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Namangan, Farg`ona, CHirchiq shaharlarida metod xonalari ochilgan. 1961 yil Qori-Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot institutida O`zbekistondagi ta'lim muammolari borasida tadqiqot olib boruvchi, bolalar bog`chalari va metodika xonalariga yordam ko`rsatuvchi markaz ochildi.
Toshkentda 1966 yil 26 aprelda bo`lib o`tgan zilzila natijasida 225 ta ta'lim muassasalari barbod bo`ldi. Biroq qisqa vaqt mobaynida boshqa respublika quruvchilari yordami bilan bu muassasalar qayta tiklandi.
XX asrning 60-80-yillarida ommaviy ta'lim quyidagi yo`nalishlarda amalga oshirilgan:

  • xo`jaliklararo ta'lim muassasalarining ish tajribasini o`rganish uchun respublika miqyosida anjumanlar o`tkazish;

  • kolxozlar orasida “Eng yaxshi ta'lim muassasasi” sovrinlari uchun musobaqalar o`tkazish;

  • yuqumli kasalliklardan aziyat chekuvchi bolalar uchun maxsus muassasalar tashkil etish;

  • bolalar sog`ligini saqlash bo`yicha ta'lim muassasalarini tashkil qilish;

  • Bolalar bog`chalari(MTM) va boshqa tarbiya muassasalari uchun mutaxassislar tayyorlash;

  • respublikaning pedagogik va musiqa o`quv yurtlarini keng turdagi mutaxassislar tayyorlab berishga o`tkazish;

  • maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning yagona dasturini ishlab chiqish;

  • bolalarning estetik tarbiyasiga katta ahamiyat berish, o`zbek milliy sanhati asarlaridan foydalanish va boshqalar.

O`zbekistonning mustaqil davlat maqomini qo`lga kiritishi bilan jamiyatning ijtimoiy muammolari yanada ko`paydi va keskinlashdi. Birinchidan, siyosiy, mahnaviy, iqtisodiy ustuvor yo`nalishlarning almashishi, ikkinchidan, bu davrda ijtimoiy muammolarni yaxshi tushunmaslik oqibatida ro`y berdi. Biroq, demokratiya va oshkoralik tamoyillari, xorij davlatlari tajribasi yordamida davlat muhtojlarga real ijtimoiy pedagogik yordam bermoqda, ijtimoiy pedagogik fanini rivojlantirish uchun chora-tadbirlar ko`rmoqda.

Adabiyotlar:



  1. Tillashev Z. Pedagogicheskaya mqslg' prosvetiteley Uzbekistana – T.: Znanie, 1984.

  2. Raximov S.R. Psixologo-pedagogicheskie vzglyadq Abu Ali ibn Sinq. – T.: Ukituvchi, 1979.

  3. Xayrullaev M.M. Mirovozzrenie Farabi i yego znachenie v istorii filosofii. – T.: Fan, 1967.

  4. Zaxidov V.Yu. Biruni kak mqslitelg' // Biruni. – M.-L.: Izd-vo AN SSSR, 1950.

  5. Turakulov E. Biruni o vospitanii i obuchenii: Diss. … kand.ped.nauk. – T., 1987.

  6. Tillashev X. Obo'epedagogicheskie i didakticheskie idei uchenqx-entsiklopedistov Blijnego i Srednego Vostoka epoxi srednevekovg'ya.

  7. Taxirov M. Pedagogicheskie vzglyadq Mirzo Ulugbeka. – T.: Fan, 1984.

  8. Xasanov S. Prosvetitelg'sko-pedagogicheskie idei Munisa Xorezmi: Diss. … kand.ped.nauk. – T., 1990.

  9. Antologiya pedagogicheskoy mqsli Uzbekskoy SSR. – M.: Pedagogika, 1986.

  10. Poluvekovoy putg' narodnogo obrazovaniya Uzbekskoy SSR. – T.: Ukituvchi, 1974.

  11. Allabergenova X. Narodnoe obrazovanie na podheme. – T.: Ukituvchi, 1978.

  12. Abbasova O.S. SHagi reformq. – T.: Ukituvchi, 1987.

  13. Rachinskaya Ye.V. Narodnoe obrazovanie v Uzbekistane v godq Velikoy Otechestvennoy voynq. T., 1963.

  14. Yuldashev D.G. Sistemq povqsheniya kvalifikatsii pedagogicheskix rabotnikov. – T.: SHark, 1996.

Yüklə 45,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin