Jag‘-jag‘ (Achambiti)
-
Sapsella Bursa
karamdoshlar -
Brassicaceae
(butguldoshlar - Cruciferae) oilasiga kiradi.
Bir yillik, bo‗yi 20-30 (ba‘zan 60) sm ga
etadigan o‗t o‗simlik. Poyasi bitta, ba‘zan bir nechta, tik o‗suvchi, shoxlangan yoki
shoxlanmagan.
Ildizoldi barglari bandli, cho‗ziq lansetsimon bo‗lib, turlicha qirqilgan
barg plastinkasiga ega. Poyadagi barglari mayda bo‘ladi. Gullari shingilga to‗plangan.
Mevasi - qo'zoqcha. Aprel oyidan boshlab kuzgacha gullaydi, mevasi iyundan
boshlab etiladi.
Kimyoviy tarkibi
. Mahsulot tarkibida gissopin glikozidi,
bursa kislota, 0,12%
askorbin kislota, vitamin K C, olma, limon, vino, fumar kislotalar, xolin, atsetilxolin,
tiramin, inozit, flavonoidlar (uiosmin va boshqalar), saponinlar,
oshlovchi hamda
boshqa birikmalar bo‘ladi.
Ishlatilishi
. Jag‗-jag‗ o‗simligining preparatlari tuqqandan keyin va bachadon
kasalliklarida qon oqishini to‗xtatish uchun hamda bachadon zaiflashganda uni
tonuslovchi vosita sifatida ishlatiladi.
Jag‘-jag’ o‘simligjni o‘stirish texnologiyasi.
Jag‗-jag‗ yoki achambit
Respublikamizda barcha iqlim sharoitlarida o'sadigan bir yillik o‗t o'simligi hisoblanadi.
Jag‗-jag‗ o‗simligini sug‗oriladigan mintaqalarda ekib o‗stirishda eng asosiy
omillardan hisoblangan erlami agrotexnik qonun – qoidalarga
rioya qilib tayyorlash
ekiladigan ekinlardan yuqori hosil yetishtirish imkonini beradi. Undan tashqari ekinning
turlari, ko‗p yillik yoki bir yiiligi va ulaming biologik xususiyatlarini hisobga olgan
holda tayyorlanadi.
Jag‗-jag‗ o‗ simligining bo‗yi 60-70 sm va ildiz tizimi 10-15 sm gacha
tuproq qatlamlarigacha kirishi mumkin. Jag‗-jag‗ o‗simligini katta maydonlarda
ekiladigan bo‘lsa, undan oldin ekilgan o‘tmishdosh ekinlami hisobga olish maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Dalalar barcha begona o‗t
ildizlaridan tozalanib, (jag‗-jag‗ begona o‗tlarga
bardosh bera olmaydi) ildiz tizimini hisobga olgan holda haydash chuqurligi
belgilanadi.
Jag‗-jag‗
ekiladigan
erlami
haydashdan
maqsad
begona
o‗tlardan tozalash, ularga qarshi kurashish, tuproqning fizik va kimyoviy xossalarini
yaxshilash, erlami bir xil tekislash va nam saqlashdan iboratdir. Bu tadbirlami
~ 110 ~
amalga
oshirgan holdagina, jag‗-jag‗ o‗simligini o'sishi rivojlanishi va hosildorligi
yuqori bo‗ladi.
Kuzda jag‗-jag‗ ekiladigan maydonlar 30 sm chuqurlikda (20-30 tonna go‗ng va
40 kg fosfor o‗g‗iti berib) haydaladi. Erta bahorda erlar borona va mola mexanizmlari
yordamida tekislanib, begona o‗tlardan tozalanib, tuproqning 8-10 sm li qatlami 15-
17°C qiziganda, 60-70 sm oralig‗ida
ariq olinib, urug‗lar 2-3 sm chuqurlikda don va
sabzavot ekiladigan seyalkaiarda ekiladi.
Gektariga 8-10 kg urug‗ sarflash tavsiya qilinadi. Urugiami ekishdan oddin 0-4°S
da tezroq unib chiqishi uchun stratifikatsiya qilish lozim bo'ladi. Ekilgan urug‘lar 10-15
kunda unib chiqadi. Maysalar oralig‗i 10-15 sm dan qilib yagana qilinadi.
Har bir tupda 2-3 tadan sog‗lom o‗simlik qoldiriladi. To‗pbarg va gul chiqarish fazasida
kultivatsiya qilinadi. Jag‗-jag‗ o'simligi unib chiqandan so‗ng birinchi o‗g‗itlashni
amalga oshirish lozim bo‗ladi va gektar hisobiga 30 kg dan azotli va fosforli o‗g‗itlar
bilan oziqlantiriladi. O‘simlik gullash fazasida oziqa elementlami ko‗p talab qiladi.
Shulami e‘tiborga olib, gullash fazasida azotli va kaliyli o‗g‗itlardan 40 kg dan berib
oziqlantiriladi.
O‘simlikning gullari to‗kilmasligi va poyasi baquvvat bo‗lishi uchun kaliy o‗g‗iti
bilan oziqlantiriladi. Oziqlantirish sug‗orishdan oldin amalga oshiriladi. O‗suv davrida
5-6 marta sug‗oriladi. Uning vegetatsion davri kalta bo‗lganligi uchun oziqlantirishni
gullash fazasida tugatishni tavsiya qilinadi. Jag‗-jag‗ ekilgan maydonlarga o‗rtacha
gektariga 70 kg azot, 50 kg fosfor va 40 kg kaliy o‗g‗iti bilan oziqlantirilsa,
yaxshi
hosil yetishtirish imkoni tug‗iladi.
Nazorat savollari.
1. Zubturum urug' iga qanday ishlov beriladi?
2. Zubturum necha marta sug‗oriladi?
3. Zubturum va moychechakning kimyoviy tarkibi nimalardan iborat?
4. Jag‗-jag‗ urug' iga qanday ishlov beriladi?
5. Jag‗-jag‗ vegetatsiya davomida necha marta sug‗oriladi?
6. Jag‗-jag‗ning kimyoviy tarkibi nimalardan iborat?