5. Korxonaning standartlashtirish obyektlari:
-tashqi iste’molchi amalga oshiradigan mahsulot;
-ishlab chiqarishni tashkil qilish bо‘yicha norma va talablar;
-sifatni boshqarish:
-ushbu korxonada tayyorlangan va faqat ushbu korxonada ishlatiladigan detal va yig‘iluvchi birlashmalar.
Standartlashtirishning turli darajadagi obyektlari uchun normativ hujjatlarning quyidagi belgilanishlari о‘rnatilgan
1. Davlat darajasida:
• O'z DST - О‘zbekiston davlat standarti;
• O'z DT - О‘zbekiston davlat tasniflagichi (klassifikator);
• O'z RH - О‘zbekiston rahbariy hujjati;
• O'z T - О‘zbekiston tavsiyalar
Barcha darajadagi normativ hujjatlarni belgilash davlat tilidagi abbreviaturalar bilan amalga oshiriladi va unda hujjat qaysi tilda bo'lishidan qat'iy nazar quyidagicha nomlanadi:
O'z - O'zbekiston
D - Davlat (Gosudarstvo)
T - Tasniflagich (KlassifikatTOR)
T - Tarmoq (Otrasl)
T - Tavsiyanoma (rekomendatsiya)
R - Rahbariy (rekomendatsiya)
H - Hujjat (dokument)
H - Hududiy (regionalny)
Sh - Shart (uslovie)
K - Korxona(predpriyatie)
M - Ma’muriy (administrativniy)
St - Standard (standart)
Davlatlararo standartlar rus tilida belgilanadi – GOST
. Barcha darajadagi me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o'tkazish
Davlat standartlari O’z DSt 1.1: 1992 “ O'z SDT. O'zbekiston standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o'tkazish tartibi “ ga muvofiq ishlab chiqiladi. Standartlar standartlashtirish bo'yicha texnik qo'mitalar (T Q ), standartlashtirish bo'yicha tayanch tashkilotlar (STT), tadbirkorlikning boshqa subyektlari tomonidan ishlab chiqilishi mumkin.
Standartning mazmuniga va texnik-iqtisodiy asoslanganligiga va ko'rsatkichlar, me'yorlar va talablarning fan va texnikaning zamonaviy darajasiga muvofiqligi uchun ishlab chiquvchi tashkilot va standartni tasdiqlagan idora mas'ul bo'ladi.
Standartni ishlab chiqishda tashkiliy-metodik birlilikka erishish maqsadida, shuningdek ish bosqichlarining bajarilishini tekshirish uchun standart ishlab chiqishning to'rt bosqichi o'rnatilgan:
1-bosqich - standartni ishlab chiqishga texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash (zarur bo'lganda amalga oshiriladi);
2-bosqich - standart loyihasini ishlab chiqish (birinchi tahrir) va fikrlarni olish uchun tarqatish;
3 -bosqich - fikr-mulohazalarni o'rganib chiqish, standart loyihasini (oxirgi tahririni) ishlab chiqish, kelishish va uni tasdiqlashga taqdim etish;
4 -bosqich - standartni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o'tkazish. Izoh: /
1-bosqich. Texnik topshiriq me'yoriy hujjatni ishlab chiqish ishlarini bajarish bosqichlarini o'rnatish maqsadida buyurtmachi tashkilot bilan kelishilgan holda, ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan tuziladi va odatda quyidagilarni o'z ichiga oladi:
standartlashtirish obyekti va qo'llanish sohasi;
standartning bo'limlari va standartda o'rnatiladigan asosiy talablar ro‘yxati;
standartni ishlab chiqish bosqichlari;
standart bilan birga taqdim etiladigan hujjatlar ro’yxati;
standart loyihasini kelishish lozim bo'lgan boshqaruv idoralari va (yoki) korxonalar ro‘yxati;
buyurtmachining boshqa talablari.
2-bosqich. Standart loyihasi manfaatdor tashkilotlarning takliflari asosida va (yoki) tayyorlovchi-korxonalarning tashabbusi bilan ishlab chiqiladi.
Standartning loyihasini bilan bir vaqtda standart loyihasiga tushuntirish yozuvi tuziladi, nusxasi ko'paytiriladi va fikr olish uchun quyidagi manfaatdor tashkilotlarga tarqatiladi:
- buyurtmachi-tashkilotga yoki standartning loyihasini kelishish bo'yicha tayanch tashkilot deb tayinlangan uning tashkilotlaridan biriga;
- standart loyihasida vakolatlariga qarashli
- talablar o'rnatilgan bo'lsa, davlat nazorati
- idoralariga, sog’liqni saqlash vazirligiga,
- atrof-muhitni muhofazalash qo'mitasiga
standart loyihasida vakolatlariga qarashli talablar o'rnatilgan bo'lsa, davlat nazorati idoralariga, sog’liqni saqlash vazirligiga, atrof-muhitni muhofazalash qo'mitasiga;
mahsulotning biriktirilgan turlari bo'yicha standartlashtirish tayanch tashkilotlariga;
- standartni joriy etuvchi va joriy etilishini ta'minlovchi tashkilotlar va korxonalarga.
- Korhona va tashkilotlar taqdim etilgan standart loyihasini ko'rib chiqib, o'z fikr-mulohazalarini yozadi va standartni ishlab chiquvchiga, standart loyihasini olgan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmay jo'natadi.
3 - bosqich. Ishlab chiquvchi-yetakchi tashkilot olingan fikr-mulohazalar asosida fikr-mulohazalar to’g’risida ma'lumot tuzadi.
I shlab chiquvchi-yetakchi tashkilot va hamkor bajaruvchi tashkilotlar fikr-mulohazalar asosida standart loyihasining oxirgi tahririni ishlab chiqadi va tushuntirish yozuviga va asosiy tadbirlar rejasining loyihasiga aniqlik kiritadi.
Standart loyihasining aniqlik kiritilgan tahririning alohida moddalari bo'yicha kelishmovchiliklar bor bo'lsa, majlis bayonnomasida tashkilotlarning vakillari bu moddalar bo'yicha alohida fikrga ega, deb ko'rsatiladi.
4 -bosqich. Ishlab chiquvchi-tashkilot standart loyihasini tasdiqlashga quyidagi hujjatlar bilan birga taqdim etadi:
- ilova xati;
- standart loyihasining oxirgi tahririga tushuntirish yozuvi;
- asosiy tadbirlar rejasining loyihasi;
- standart loyihasi 4 nusxada, bundan ikkitasi birinchi
bo'lishi lozim;
- standart loyihasining kelishishganligini
tasdiqlovchi asl hujjatlar;
- standart loyihasiga fikr-mulohazalar to'plami;
- kelishmovchiliklar to‘g’risidagi ma'lumotnoma;
elektron versiya;
O'zstandart Agentligi standartni davlat ro‘yxatidan o'tkazadi. Standart davlat ro‘yxatidan ko'pi bilan 5 kun muddatda o'tkaziladi
Xulosa
Man .Me’yriy xujjatlarni (MX) ishlab chiqish tartibini o‘rganish mavzusidan hechqanaqa ma’lumotga ega emasdim sababi’domlamiz : Rahmonova Gulnora
Ustoz ma’ruzasiga qatnasha olmaganman oshan uchun mavzuga tushunishga boshida ozgina qiynaldim keyn domlani maruzalarni o’qib qo’shimchasiga saytdan ishtimoiy tarmoqlardan xam ma’lumot oldim.Bu mavzuda mahsulotlarni standrtllashtrish ishlab chiqaruvchi- tashkilotlar haqida yanada yaqindan tanishib chiqib malumotlar oldim.
Foydanilgan adabiyotlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xomashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-yanvardagi qarori.
T.T.Jo’rayev. Iqtisodiyot nazariyasi .T.: “Fan va texnologiya “ 2018.
D. Tojiboyeva. Iqtisodiyot nazariyasi .T.: “Iqtisod-Moliya “ 2005.
D.S. Djumonov. Z.G.Allaberganov.Iqtisodiy ta’limotlar tarixi (o’quv qo’llanama) T.:” Iqtisod-Moliya “ 2017.
Dostları ilə paylaş: |