Fanidan o‘quv-uslubiy majmua


SEMINAR MAShG‘ULOTLARI MAVZULARI



Yüklə 19,78 Mb.
səhifə66/74
tarix20.11.2023
ölçüsü19,78 Mb.
#165561
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   74
Халқаро хусусий ҳуқуқ УМК

SEMINAR MAShG‘ULOTLARI MAVZULARI


SEMINAR MAShG‘ULOTLARNING RO‘YHATI





Mavzuning nomlanishi

Soat

1

Xalqaro xususiy huquq tushunchasi va mohiyati, tamoyillari, manbalari va sub’ektlari.

6

2

AShYoVIY VA NOMULKIY HUQUQLARNI KOLLIZION MASALALARI.

4

3

BITIMLARNI KOLLIZION MASALALARI. ELEKTRON ShARTNOMALAR VA SMART KONTRAKTLAR.

4

4

XALQARO KREDIT VA HISOB­KITOBLARNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISh.

4

5

XALQARO KO‘LAMDA YO‘LOVChI VA YuK TAShISh.

2

6

DELIKTNING KOLLIZION MASALALARI.

2

7

Oila va vorislik musobatlarini kollizion masalalari.

2

8

INTELLEKTUAL MULKNI XALQARO-HUQUQIY HIMOYa QILISh.

4

9

Kiber-huquqning kollizion masalalari.

2

10

XALQARO XUSUSIY HUQUQDA YuRISDIKSIYa VA NIZOLARNI HAL ETISh. XALQARO ARBITRAJ.

5




Jami:

35



NAZORAT
SAVOLLARI


Xalqaro xususiy huquq” fanidan oraliq nazorat savollari.





  1. Xalqaro xususiy huquq tushunchasi va uning ahamiyati haqida nima deyish mumkin?

  2. Xalqaro xususiy huquqning xaqaro ommaviy huquqdan farqi va o‘zaro bog‘liqligi nimadan iborat?

  3. Xalqaro xususiy huquqning predmeti qanday munosabatlardan tashkil topadi?

  4. Xalqaro xususiy huquq normalari vositasida tartibga solinadigan munosabatlarda chet el elementlari bilan murakkablashgan munosabatlar qanday darajada o‘z aksini topadi?

  5. Xalqaro xususiy huquq sohasida kollizion normalarni qo‘llash uchun qanday asoslar mavjud?

  6. Kollizion usulida tartibga solish qanday jihatlari bilan moddiy-huquqiy tartibdan farq qiladi va ular o‘rtasida umumiylik mavjudmi?

  7. Nima sababdan xalqaro protsessual huquq masalalari xalqaro xususiy huquq fani tomonidan o‘rganiladi?

  8. Xalqaro xususiy huquq fanining tuzilishi qanday ko‘rinishlari bilan fuqarolik-huquqiy va boshqa ichki davlat huquq sohalarining tuzilishidan farq qiladi?

  9. Hozirgi davrda xalqaro huquqning roli qanday?

  10. Ommaviy xalqaro huquqning xususiy xalqaro huquqdan farqi nimada?

  11. Xalqaro va milliy huquq o‘rtasidagi farq nima?

  12. Xalqaro va milliy huquq o‘rtasidagi farq nima?

  13. Raqamlashtirish xalqaro huquqning rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

  14. Xalqaro xususiy huquq nuqtai nazaridan "xalqaro tashishlar" nima?

  15. Xalqaro xususiy huquq nuqtai nazaridan xalqaro temir yo'l tashishlarning o'ziga xos xususiyati nimada?

  16. Varshava va Monreal xalqaro havo tashishlarini huquqiy tartibga solish tizimlarini tahlil qiling va taqqoslang.

  17. SMGS va COTIF bo'yicha xalqaro temir yo'l moddiy huquqiy tartibga solishni asosiy shartlarini yoriting va qiyosiy jadvalini tuzing.

  18. 1978 yildagi Gaaga Visbi va Gamburg qoidalari bilan tanishib qiyosiy tahlilini o'tkazing.

  19. O‘zbekiston fuqarolari respublikadagi chet ellik fuqarolar bilan nikoh tuzganlarida qaysi davlat qonuni qo‘llaniladi?

  20. Konsullik vakolatxonalarida tuziladigan nikohlar deganda nimani tushunasiz?

  21. O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan imzolagan huquqiy ko‘mak haqidagi shartnomalarida nikohni bekor qilish borasida qanday tartiblar belgilangan?

  22. Xorijiy mamlakatlarda tuzilgan nikohning bekor qilinishi O‘zbekiston Respublikasida tan olinadimi?

  23. Ota-ona va bolalar munosabatlarida qaysi davlatning qonunlari qo‘llaniladi?

  24. Xorijiy mamlakatda yashovchi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan bolani farzandlikka olish qaysi tartibda amalga oshiriladi?

  25. Vorislik bo‘yicha kollizion normalar.

  26. O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari vorislik huquqlarining o‘ziga xos xususiyatlari.

  27. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda vorislik huquqlari. Bu borada konsulning roli.

  28. Xalqaro xususiy huquqda egasiz qolgan mol-mulk. "Okkupatsiya" huquqi.

  29. Chet el elementi bilan murakkablashgan oilaviy-huquqiy munosabatlarni vujudga kelish ob’ektiv sabablari haqida o‘z fikr mulohazangizni yuriting.

  30. Qanday holatlarda oilaviy-huquqiy munosabatlar chet el elementi bilan murakkablashishi haqida o‘z fikr mulohazangizni yuriting. Masalani misollar yordamida muhokama qiling.

  31. Ota-ona va bolalar o‘rtasidagi chet el elementi bilan murakkablashgan munosabatlarda voyaga yetmagan bolalarning huquqlarini moddiy-huquqiy usul va kollizion-huquqiy usulllar orqali himoyalashda ma’lum bir farqlarga ega ekanligini misollar yordamida muhokama qiling.

  32. Agar oilada ota-onadan biri boshqa fuqaroliika o‘tgan taqdirda bolaning fuqaroligi masalasi qanday bo‘lishi xususida misollar yordamida muhokama qiling.

  33. Bolalarning fuqaroligining o‘zgartirilishi uchun ota-onalarning roziligi talab etilmaydigan sharoitlarni sanang.

  34. Chet el elementi bilan murakkablashgan otalikni belgilash masalalarida da’vogar qaysi davlat organlariga murojaat qilish huquqlari mavjudligi to‘g‘risida fikr yuriting.

  35. O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan ota-ona va bolalarning huquq va majburiyatlarini sanang va ularga qanday sharoitlar yaratilganligi xususida baxs munozaraga kirishing.

  36. Chet el elmenti bilan murakkablashgan farzandlikka olish jarayonida ishtirok etuvchi davlatlarning vakolatlari xususida fikr yuriting va xalqaro shartnomalarda ushbu mavzu yuzasidan qanday to‘xtamlarga kelinganligi to‘g‘risida o‘zaro muhokamaga kirishing.

  37. Agar farzandlikka olish natijasida farzandlikka olingan bolaning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari hamda xalqaro shartnomalari bilan belgilangan huquqlari buziladigan bo‘lsa, farzandlikka oluvchining qaysi davlat fuqarosi ekanligidan qat’iy nazar u bolani farzandlikka olishi mumkin emas, agar u bolani farzandlikka olgan bo‘lsa, bu ish sud tartibida bekor qilinishi kerakligi xususidagi normaning mazmuni va ularning xalqaro huquqiy ahamiyatini misollar yordamida muhokama qiling.

  38. MDH davlatlari doirasi vasiylik va homiylik tayinlash qaysi huquqiy normalar asosida amalga oshirilishi borasida misollar bilan munozara qiling.

  39. O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari vorislik xuquqiga egaligini asoslantiring va Xalqaro Konvensiyalarda keltirilgan kollizion bog‘lovchilarni sharhlagan holda munozaraga kirishing.

  40. O‘zbekiston Respublikasida chet el elementi bilan murakkablashgan munosabatlarda vasiyatnoma tuzish tartibi va qaysi davlat qonunichiligini qo‘llanilishi to‘g‘risida muhokama qiling.

  41. Vasiyatnoma shakli xususida baxsga kirishing va unda ishtirok etuvchi kollizion bog‘lovchilarni sharhlang.

  42. Shaxsning vasiyatnoma qoldirishi, uni o‘zgartirishi yoki bekor qilish layoqati meros qoldiruvchining qonunchiligi bilan belgilanadi. Vasiyatnomaning shakli ham ushbu qonunchilik bilan belgilanadi. Lekin, shuni ham aytib o‘tish lozimki, vasiyatnoma haqiqiy sanalishi uchun u tuzilayotgan davlatning qonuniga rioya qilinishi to‘g‘risida misollar asosida muxokama qiling.

  43. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining vorislik huquqini himoya qilishda konsullarning vazifa va vakolatlarini sanang va xalqaro konvensiyalardan misollar keltiring.

  44. O‘zbekiston Respublikasi FKning 1157-moddasiga binoan agar qonun bo‘yicha ham, vasiyatnoma bo‘yicha ham merosxo‘rlar bo‘lmasa yoxud merosxo‘rlardan hech qaysisi vorislik huquqiga ega bo‘lmasa yoxud ularning hammasi merosdan voz kechgan bo‘lsa, meros mol-mulk egasiz deb hisoblanishi xususida asoslantirilgan holda munozara kiling.

  45. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan vorislikka doir munosabatlar meros qoldiruvchi vasiyatnomada o‘zi fuqarosi bo‘lgan mamlakatning xuquqini tanlagan bo‘lmasa, ushbu masala qanday hal qilinishi lozimligini muhokama qiling.

  46. Agar nikoh tuzuvchilar ikkalasi ikki xil davlat fuqarolari bo‘lsa va konsullik muassasasi O‘zbekistonda joylashgan bo‘lsa, (masalan, AQSh va Belgiya fuqarolari) O‘zbekistondaga konsullik mussasalarida nikoh tuzishmoqchi bo‘lsa yoki biri O‘zbekiston fuqarosi bo‘lsa-yu, har bir nikoh tuzuvchining qonunchiligi o‘zining qonunchiligi qo‘llanilishini belgilasa, qaysi davlat qonunchiligi qo‘llaniladi?

  47. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1124-moddasiga muvofiq vasiyatnomalar yozma shaklda tuzilib, notarial tasdiqlanishi yoki 1126-moddada nazarda tutilgan shaxslar tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Ushbu holatda qaysi kollizion huquq yordamida hal qilinishi masalasini tahlil qiling.

  48. O‘zbekiston mualliflik huquqiga oid bo‘lgan biron-bir ko‘p tomonlama shartnomalarga qo‘shilganidan so‘ng, respublikada shartnomaning "milliy tartib" prinsipi amalda bo‘ladi.

  49. 1978 yilda BIMT doirasida kashfiyotlarni xalqaro ro‘yxatga olish haqida Jeneva Konvensiyasi tuzilgan. Lekin ushbu Konvensiyada ham ilmiy kashfiyotlarning maxsus muhofaza shakli nazarda tutilmagan. Olimlar kashfiyot bilan bog‘liq munosabatlar Fuqarolik-huquqiy tartibga solish predmeti bo‘la olmaydi degan xulosaga keladilar.

  50. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblangan A. ismli shaxs Ispaniyada istiqomat qilib turgan paytida o‘zi tomonidan yozilgan romanni birinchi marotaba Ispaniyada chop ettiradi. Ispaniyada mualliflik huquqi muallif vafotidan so‘ng 70 yil davomida amal qiladi. O‘zbekistonda esa, 50 yil davomida amal qiladi.


Yüklə 19,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin