Inkasso– bu bank tomonidan to‘lovlarni, akseptlarni qabul qilish va to‘lovlarga yoki akseptlarga qarshi shuningdek, boshqa shartlarga ko‘ra hujjatlarni yetkazishga asoslangan, hujjatlar bilan qabul qilingan yo‘riqnomalarga ko‘ra amalga oshiriladigan xisob-kitob turi.
“Akkreditiv” - bank operatsiyasi bo‘lib, unga binoan bank mijozning ko‘rsatmasiga muvofiq, agar mablag‘ni oluvchi akkreditivda nazarda tutilgan hujjat va boshqa shartlarni bajarganligi taqdim etilgan bo‘lsa, uchinchi shaxsga to‘lovni bajarish majburiyatini oladi.
O‘quv mashg‘uloti natijalari - talabalarda xalqaro ko‘lamda yo‘lovchi va yuk tashishning asosiy masalalari yuzasidan chuqur bilim olishni ta’minlaydi, talabaning xalqaro ko‘lamda tashishlar tushunchasi, xalqaro ko‘lamda temiryo‘l tarnsportida tashish, xalqaro ko‘lamda avtomobil transportida tashish, xalqaro ko‘lamda havo transprotida tashish, xalqaro qo‘lamda dengiz transportira tashish munosabatlarini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi ishtirokidagi xalqaro shartnomalariga oid mustaqil ta’lim olishiga ko‘maklashish, o‘rganish, to‘g‘ri sharhlash va qo‘llay olish uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdan iborat. O‘quv mashg‘uloti natijalari - talabalarda intellektual mulkni xalqaro-huquqiy himoya qilishning asosiy masalalari yuzasidan chuqur bilim olishni ta’minlaydi. Talabaning milliy mualliflar asarlarini chet elda qo‘riqlash va ulardan foydalanish. Mualliflik huquqi sohasida ko‘ptomonlama bitimlar. O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan mualliflik huquqlarini o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi bitimlari. Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik va ixtirolarni chet elda patentlash. O‘zbekiston Respublikasida chet elliklarning ixtirolariga bo‘lgan huquqlarini qo‘riqlash. Milliy ixtirolarni chet elda patentlash. Ixtirolar, sanoat namunalari va tovar belgilariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish to‘g‘risidagi xalqaro bitimlarga oid mustaqil ta’lim olishiga ko‘maklashish, o‘rganish, to‘g‘ri sharhlash va qo‘llay olish uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdan iborat.