Fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Savol: Ushbu ikki da’vo turlarining mazmuni va qo‘llanilishining o‘ziga xos jihatlarini muhokama qiling. F



Yüklə 19,78 Mb.
səhifə73/74
tarix20.11.2023
ölçüsü19,78 Mb.
#165561
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Халқаро хусусий ҳуқуқ УМК

Savol: Ushbu ikki da’vo turlarining mazmuni va qo‘llanilishining o‘ziga xos jihatlarini muhokama qiling.
Fandan nazorat turlari jadvali va baholash mezonlari
I.NAZORAT TURI JADVALI

A. Baholash


1) Oraliq nazorat50 ball, o‘z ichiga:
− Seminarlarda faol ishtiroki – 20 ball;
− Test yoki yozma ish – 30 ball;
2) Yakuniy nazorat (nazariy savollar va kazus tahlili asosida javob berish) – 50 ball.

B. Kazus tahlili uchun baholash tizimi (Oraliq nazorati kazus javobi ham keltirilgan mezonlar bo‘yicha baholanadi)


Baho



Ball
(foizda)

Tavsif

Izoh

A

100–95

Yuqori darajadagi a’lo

  1. Ish kazusga javob berishning IRAC (Issues, Rules, Application, Conclusion) uslubiga rioya qilingan holda yozilgan.

  2. Muammolar to‘g‘ri aniqlanib, ularga mos bo‘lgan qonun hujjatlari qo‘llanilgan.

  3. Kazusga javob yuqori saviyadagi mustaqil fikrlash va tanqidiy mushohadani o‘zida aks ettiradi.

  4. Javobning xulosagacha bo‘lgan qismda tegishli muammolar chuqur tahlil etilgan.

  5. Kazusdagi muammolar tadqiq etilib, ular yuzasidan javob tizimli va to‘liq asoslangan holda yozilgan.

  6. Javobdagi g‘oyalar tizimli tarzda bog‘langan va xulosga qadar rivojlantirib borilgan.

  7. Foydalanilgan manbalarga havolalar professional darajada keltirilgan.

  8. Ish grammatik xatolardan holi tarzda yozilgan.

  9. Ish tahrirga muhtoj emas.

A-

94–90

A’lo

  1. Ish kazusga javob berishning IRAC (Issues, Rules, Application, Conclusion) uslubiga rioya qilingan holda yozilgan.

  2. Muammolar to‘g‘ri aniqlanib, ularga mos bo‘lgan qonun hujjatlari qo‘llanilgan.

  3. Kazusga javob yuqori saviyadagi mustaqil fikrlash va tanqidiy mushohadani o‘zida aks ettiradi.

  4. Javobning xulosagacha bo‘lgan qismda tegishli muammolar chuqur tahlil etilgan.

  5. Kazusdagi muammolar tadqiq etilib, ular yuzasidan javob tizimli va to‘liq asoslangan holda yozilgan.

  6. Javobdagi g‘oyalar tizimli tarzda bog‘langan, ammo ularni tahrir qilish natijasida yuqori darajaga olib chiqish mumkin.

  7. Foydalanilgan manbalarga havolalar professional darajada keltirilgan.

  8. Ishning ayrim o‘rinlarida grammatik xatolar uchraydi.

B+

90–84

Juda yaxshi

  1. Ish kazusga javob berishning IRAC (Issues, Rules, Application, Conclusion) uslubiga rioya qilingan holda yozilgan.

  2. Muammolar to‘g‘ri aniqlanib, ularga mos bo‘lgan qonun hujjatlari qo‘llanilgan.

  3. Kazusga javob mustaqil fikrlash va tanqidiy mushohadani o‘zida aks ettiradi.

  4. Javobning xulosagacha bo‘lgan qismida tegishli muammolar tahlil etilgan.

  5. Kazusdagi muammolar tadqiq etilib, ular yuzasidan javob tizimli va asoslangan holda yozilgan.

  6. Javobdagi g‘oyalar tizimli tarzda bog‘langan, ammo ularni tahrir qilish natijasida yuqori darajaga olib chiqish mumkin.

  7. Foydalanilgan manbalarga havolalar keltirilgan.

  8. Ishda grammatik xatolar uchraydi.

B

83–77

Yaxshi

  1. Ish kazusga javob berishning IRAC (Issues, Rules, Application, Conclusion) uslubiga rioya q-ilingan holda yozilgan.

  2. Muammolar to‘g‘ri aniqlanib, ularga mos bo‘lgan qonun hujjatlari qo‘llanilgan.

  3. Kazusga javob mustaqil fikrlash va tanqidiy mushohadani o‘zida aks ettiradi.

  4. Javobning xulosagacha bo‘lgan qismida tegishli muammolar tahlil etilgan.

  5. Kazusdagi muammolar tadqiq etilib, ular yuzasidan javob asoslangan holda berilsa-da, ammo unda tizimli yondashuv yetishmaydi.

  6. Javobdagi g‘oyalar tizimli tarzda bog‘langan, ammo ularni tahrir qilish natijasida yuqori darajaga olib chiqish mumkin.

  7. Foydalanilgan manbalarga havolalar keltirilgan.

  8. Ishda grammatik va uslubiy xatolar uchraydi.

B-

76–71

Yaxshiroq

  1. Ish kazusga javob berishning IRAC (Issues, Rules, Application, Conclusion) uslubiga rioya qilingan holda yozilgan.

  2. Muammolar to‘g‘ri aniqlanib, ularga mos bo‘lgan qonun hujjatlari qo‘llanilgan

  3. Kazusga javobda mustaqil fikrlash va tanqidiy mushohada yetishmaydi.

  4. Javobning xulosagacha bo‘lgan qismida tegishli muammolar tahlildan ko‘ra ko‘proq bayon shaklda ko‘rib chiqilgan.

  5. Kazusdagi muammolar tadqiq etilib, ular yuzasidan javob asoslangan holda berilsa-da, ammo unda tizimli yondashuv yetishmaydi.

  6. Javobdagi g‘oyalar tizimli tarzda bog‘langan, ammo ularni tahrir qilish natijasida yuqori darajaga olib chiqish mumkin.

  7. Foydalanilgan manbalarga havolalar keltirilgan.

  8. Ishda bir qancha grammatik va uslubiy xatolar uchraydi.

C+

70–67

Juda Qoniqarli

  1. Ish kazusga javob berishning IRAC (Issues, Rules, Application, Conclusion) uslubiga rioya qilingan holda yozilgan.

  2. Muammolarga mos bo‘lgan qonun hujjatlari qo‘llanilgan. Ammo, tegishli normalarni qo‘llashda xatoliklar uchraydi.

  3. Kazusga javobda mustaqil fikrlash va tanqidiy mushohada yetishmaydi.

  4. Javobning xulosagacha bo‘lgan qismida tegishli muammolar tahlildan ko‘ra ko‘proq bayon shaklda ko‘rib chiqilgan.

  5. Kazusdagi muammolar tadqiq etilib, ular yuzasidan javob asoslangan holda berilsa-da, ammo unda tizimli yondashuv yetishmaydi.

  6. Javobdagi g‘oyalar tizimli tarzda bog‘langan, ammo ularni tahrir qilish natijasida yuqori darajaga olib chiqish mumkin.

  7. Foydalanilgan manbalar ko‘rsatilmagan yoki to‘g‘ri ko‘rsatilmagan yoxud yetarli darajada ko‘rsatilmagan.

  8. Ishda bir qancha grammatik va uslubiy xatolar uchraydi.

C

66–60

Qoniqarli

  1. Ish kazusga javob berishning IRAC (Issues, Rules, Application, Conclusion) uslubiga qisman rioya qilingan holda yozilgan.

  2. Muammolar to‘liq aniqlanmagan.

  3. Muammolarga mos bo‘lgan qonun hujjatlarini hamda tegishli normalarni qo‘llashda xatoliklar uchraydi.

  4. Kazus javobida mustaqil fikrlash va tanqidiy mushohada mavjud emas.

  5. Javobning xulosagacha bo‘lgan qismida tegishli muammolar tahlildan ko‘ra bayon shaklda ko‘rib chiqilgan.

  6. Kazusdagi muammolar yuzasidan javob yetarlicha asoslanmagan holda berilgan.

  7. Javobdagi g‘oyalar tizimsiz asosda taqdim etilgan.

  8. Foydalanilgan manbalar ko‘rsatilmagan yoki to‘g‘ri ko‘rsatilmagan yoxud yetarli darajada ko‘rsatilmagan.

  9. Ishdagi grammatik va uslubiy xatolar uning ravonligiga salbiy ta’sir etgan, biroq uning asosiy ma’nosini buzmagan.

C-

59–56

Qoniqarliroq

  1. Ish kazusga javob berishning IRAC (Issues, Rules, Application, Conclusion) uslubiga rioya qilmay yozilgan.

  2. Muammolar to‘liq aniqlanmagan.

  3. Ish mavzu bo‘yicha faqatgina yuzaki tushunchani hamda ishning katta qismi aloqador bo‘lmagan materiallarni o‘z ichiga oladi. Bunga asosiy sabab muammolarni aniqlashda xatoliklar mavjud.

  4. Kazus javobida mustaqil fikrlash va tanqidiy mushohada mavjud emas.

  5. Javobning xulosagacha bo‘lgan qismida tegishli muammolar tahlildan ko‘ra bayon shaklda ko‘rib chiqilgan.

  6. Kazusdagi muammolar yuzasidan javob asoslanmagan holda berilgan.

  7. Javobdagi g‘oyalar tizimsiz asosda taqdim etilgan.

  8. Ishdagi grammatik va uslubiy xatolar uning ravonligiga salbiy ta’sir etgan, biroq uning asosiy ma’nosini buzmagan

  9. Foydalanilgan manbalar ko‘rsatilmagan yoki to‘g‘ri ko‘rsatilmagan yoxud yetarli darajada ko‘rsatilmagan.

D

55–50

Qoniqarsiz

  1. Ish kazusga javob berishning IRAC (Issues, Rules, Application, Conclusion) uslubiga rioya qilmay yozilgan.

  2. Muammolar noto‘g‘ri aniqlangan.

  3. Ishning katta qismida mavzudan chetga chiqilgan, markaziy fikr mavjud emas.

  4. Kazus javobida mustaqil fikrlash va tanqidiy mushohada mavjud emas.

  5. Javobning xulosagacha bo‘lgan qismida tegishli muammolar tahlildan ko‘ra bayon shaklda ko‘rib chiqilgan.

  6. Kazusdagi muammolar yuzasidan javob asoslanmagan holda berilgan.

  7. Javobdagi g‘oyalar tizimsiz asosda taqdim etilgan.

  8. Ishdagi grammatik va uslubiy xatolarga takror-takror yo‘l qo‘yilgan.

  9. Foydalanilgan manbalar ko‘rsatilmagan.

F

49–0

Yiqilgan

  1. Ish plagiat, ya’ni o‘zganing mualliflik huquqlarini inkor qilgan holda yozilgan.

  2. Kazusga javob berilmagan. Kazusga aloqador bo‘lmagan ma’lumotlar keltirilgan.

  3. Talaba kazusdagi muammolar haqida tasavvurga ega emas va materiallardan foydalana olish bo‘yicha bazaviy bilimlarni ko‘rsata olmagan.



Yüklə 19,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin