Fanidan o‘quv-uslubiy majmua


quyida keltirilgan har bir fikrni baholang va “to‘g‘ri”sini ko‘rsating



Yüklə 19,78 Mb.
səhifə72/74
tarix20.11.2023
ölçüsü19,78 Mb.
#165561
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Халқаро хусусий ҳуқуқ УМК

2. quyida keltirilgan har bir fikrni baholang va “to‘g‘ri”sini ko‘rsating:
1) xalqaro huquq – bu davlatlar tomonidan yaratilgan huquq;
2) xalqaro huquq – bu xalqaro huquq sub’ektlari uchun yaratilgan huquq;
3) xalqaro huquq – bu xalqaro huquq sub’ektlari tomonidan yaratilgan huquq;
4) xalqaro huquq – bu xalqaro huquq sub’ektlari o‘rtasida yaratilgan bitimlar natijada yaratilgan huquq.
3. Davlatlar xalqaro huquq normalariga rioya qiladilar, chunki ular:
xalqaro javobgarlikdan qo‘rqishadi;
bunga o‘rganishgan;
xalqaro huquq normalariga rioya qilishni talab qiladigan dunyo jamoatchilik fikrini hurmat qiladilar;
bu ularning manfaatlariga mos keladi, deb o‘ylashadi;
xalqaro huquq normalari ahamiyatini va qadrini tushunadilar;
ularning xalqaro siyosati umume’tirof etilgan standartlarga muvofiq bo‘lishini istaydilar.
Ushbu savol bo‘yicha o‘z fikringizni bayon eting.
4. Xalqaro huquq mavjud emas, chunki: xalqaro qonun chiqaruvchi hokimiyat yo‘q; samarali xalqaro sud mavjud emas; xalqaro huquq normalari tez-tez buzilib turadi; xalqaro majburlash mexanizmlari mavjud emas; xalqaro huquqning barcha sub’ektlari uchun yagona bo‘lgan normalar mavjud emas.
Siz ushbu dalil (argument)larga qo‘shilasizmi? Yo‘q deb hisoblasangiz, nima uchun?
5. O‘zbekiston Respublikasi FKning 1184-moddasi ko‘chmas va ko‘char mol-mulkka nisbatan mulk huquqi hamda boshqa ashyoviy huquqlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bu mol-mulk joylashgan mamlakatning huquqi bo‘yicha aniqlanishini ko‘zda tutadi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mulk huquqlarini cheklashga va ularni qonuniy muhofazadan mahrum qilishga qaratilgan urinishlar bo‘lgan taqdirda uni huquqiy muhfoazasi qaysi davlat qonunchiligiga asosan amalga oshirilish masalasini muhokama qiling.
6. Umumiy qoidaga ko‘ra, mulkka nisbatan egalik huquqi mol-mulk turgan mamlakatning huquqiga asosan belgilanadi. Lekin, shuni e’tirof etish kerakki, mol-mulk boshqa mamlakat hududida joylashgan bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining davlat reestrida qayd etilgan bo‘lsa, bu mulkka nisbatan egalik huquqi mulk joylashgan mamlkat qonunchiligiga ko‘ra belgilanadimi yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan mamlakat qonunchiligiga ko‘ra aniqlanadimi?
Savol: Ushbu holatga huquqiy yechim toping va misollar yordamida muhokama qiling.
7. Mol-mulkka nisbatan egalik huquqining u joylashgan mamlakat huquqiga asosan vujudga kelishi, ushbu mol-mulkning boshqa mamlakatga o‘tishi bilan unga nisbatan egalik huquqining bekor bo‘lishiga sabab bo‘lmasligi mumkin. Chunki boshqa mamlakatda ham unga o‘tgan mol-mulkka nisbatan huddi shunday qoida qo‘llanilishi mumkinligi ko‘zda tutilgan.
Savol: Ushbu holatda shuni e’tirof etish lozimki, agar o‘z mamlakatlarining qonunlariga asosan mol-mulkka nisbatan ashyoviy huquqqa ega bo‘lgan va ushbu mol-mulkni O‘zbekiston Respublikasiga olib kelgan chet el fuqarolari va yuridik shaxslari O‘zbekiston Qonunlariga ko‘ra ushbu mulkka nisbatan egalik huquqidan mahrum bo‘lmasligi mumkin yoki mumkin emasligini misollar yordamida hal qiling.
8. Xalqaro amaliyotda eng murakkab masalalardan biri bo‘lib bitim predmeti tovar, ashyo yo‘lda bo‘lgan holat hisoblanadi. Bunday ashyoviy huquqlarni belgilashda qonunni qo‘llashning o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, tegishli ko‘char mulk (tovar) dengiz, temir yo‘l transportida tashilayotgan paytda taraflar u yo‘lda bo‘lgan paytda uning mulk huquqini o‘tkazish bo‘yicha bitim tuzadi.
Savol: Bunday holda xalqaro huquqiy nuqtai nazardan hal etiladigan masala bo‘lib qaysi davlat qonunini qo‘llash hisoblanadi: tovarni jo‘natgan davlat qonunimi, mulkni qabul qilib olishi lozim bo‘lgan davlat qonunimi, yoki ashyo muayyan oraliqda joylashgan mamlakat qonunimi. Ushbu masalani muhokama qiling.
9. Yo‘lda bo‘lgan ko‘char mulkka nisbatan ashyoviy huquqqa qonun normasini qo‘llashning xarakterli tomoni shunda namoyon bo‘ladiki, taraflar mulk huquqini o‘tashga oid bitimni, ashyo ushbu paytda qaysi davlat huquqiy tizimi qonuni qo‘llanishini bilmasdan, bitim tuzishlari mumkin. Ushbu o‘rinda taraflarning erki muxtoriyati tamoyiliga asoslaniladi.
Savol: Ushbu tamoyilning mazmuni va qo‘llanilish shartlarini aniqlang va muhokama qiling.
10. Xalqaro xususiy huquq qoidalariga ko‘ra mol-mulklar tovar sifatida import yoki eksport qilingan va yo‘lda ko‘char mulklar hisoblangan taqdirda, uni qabul qilib oluvchiga yetib kelmasdan, yo‘lda biron bir transportda bo‘lgan holatlarda unga nisbatan egalik huquqi yoki ashyoviy huquq, agar taraflarning kelishuvida boshqacha belgilangan bo‘lmasa qanday hal qilinish masalalarini misollar yordamida muhokama qiling.
11. Yo‘lda bo‘lgan ko‘char mulklarga nisbatan ashyoviy huquqlarga xalqaro xususiy huquq normalarini qo‘llashning ta’minlanishi mulkdorlarning huquq va manfaatlari himoya qilinishiga kafolat yaratishi bilan birga yo‘la vujudga kelgan ashyolarning buzilishi va nobud bo‘lishi masalalarida ham javobgarlikni taraflarning qaysi biriga yuklatilishi masalasini aniqlashga imkoniyat beradi.
Savol: Yo‘lda bo‘lgan mol-mulkka nisbatan egalik yoki ashyoviy huquqning kimga nisbatan qaerda vujudga kelishini belgilash yuridik ahamiyatga ega bo‘lib, muayyan huquqiy oqibatlarni ham keltirib chiqaradi. Ushbu masalada xalqaro xususiy huquq normalarini qo‘llanilishi taraflarga qanday javobgarlik va kafolatlar taqdim etadi. Ushbu holatda taraflarning oldindan kelishuvini ahamiyatini tushuntirib bering. Masalani muhokama qiling.
12. Ashyoviy huquqiy himoya vositalari mulk huquqining turli xil buzilishiga qarshi va bu huquqning amaliy yaxlit yoki mulkdorning alohida vakolatlarini muhofaza qilish maqsadiga yo‘naltirilganligi bilan izohlanadi. Roman-german huquqi tizimi davlatlarida mulk huquqini himoya qilish uchun asosan ikkita ashyoviy-huquqiy da’vodan – actio rei vindicatio va acto nedaforia dan foydalaniladi.

Yüklə 19,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin