Fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 19,78 Mb.
səhifə68/74
tarix20.11.2023
ölçüsü19,78 Mb.
#165561
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   74
Халқаро хусусий ҳуқуқ УМК



Seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishga qo‘yiladigan talablar




  1. Seminar mashg‘uloti rejasi bilan tanishish.

  2. Ushbu mavzu buyicha eshitilgan ma’ruza konspektini o‘qish.

  3. Darslik yoki o‘quv qo‘llanmaning tegishli bo‘limi bilan tanishish.

  4. Tavsiya qilingan adabiyotlar, birinchi manbalar bilan tanishish.

  5. Qo‘shimcha adabiyotlar bilan tanishish.

  6. O‘qib chiqqan birinchi manbani konspekt qilish.

  7. Seminarda muhokama qilinmoqchi bo‘lgan muammo yoki savollarni yozib qo‘yish.



Talabalarning og‘zaki gapirishlariga qo‘yiladigan talablar




  1. Ushbu muammo bo‘yicha o‘z fikriga (munosabatiga) ega bo‘lishi;

  2. Mavzuni nazariy darajada ilmiy tahlil qilish, Davlat va huquq nazariyasi fanidan (asosiy tushuncha va kategoriya, fan qonuniyatlari) foydalanib ochib bera olishi;

  3. Davlat va huquq nazariyasi xususidagi ilmiy manbalar va ijtimoiy-qtisodiy amaliyotdagi misollarga tayangan xolda o‘z mavqeini asoslab bera olishi;

  4. Ko‘rib chikilayotgan masalalar yuzasidan fikrlar va qoidalarni rivojlanish hamda tasavvurlarga ega bo‘lish;

  5. Muammoga aloqador ilmiy qarashlarni amaliy qimmatini ko‘rsata olish;

  6. Gapirayotgan (ma’ruzachi) bilan ilmiy bahslashishga kirisha olish.



Kichik ilmiy ish (referat va yozama ish)ga qo‘yiladigan talablar:

Kichik ilmiy ish (referat va yozma ish) mavzuni tanlash, reja tuzish, material to‘plash, uni o‘rganish va tizimlash, ishni rasmiylashtirish kabi boskichlarda olib boriladi.


Mavzuni tanlashda talabaning o‘z qiziqishiga ushbu mavzuga oid adabiyotlarning borligi, ilmiy ishlanganlik darajasi, amaliy ahamiyatiga e’tibor berish kerak. Reja tuzayotganda batafsil har bir paragraf buyicha savolnomalar yozib chiqish, ularni manbalar va adabiyotlar bilan ta’minlanganligiga e’tibor qilish kerak.
Material to‘plashda mavzu bilan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, qomusiy lug‘atlar yordamida umumiy tanishib chiqiladi. Bunda tanlangan mavzuning fandagi o‘rni, xronologik chegarasi, uning boshqa mavzular bilan o‘zaro aloqadorligi, muammo bo‘yicha manbalarni aniqlash, ilmiy adabiyotlarni nashr yili yoki alifbe ketma-ketligida joylashtirish lozim.
Reja asosida mavzu ustida ishlashda uning dolzarbligiga ahamiyat berib manbalar va adabiyotlar ishlab chiqiladi. Ulardan olingan ma’lumotlarning mualliflari, asarning nomi, betlari albatta ko‘rsatilishi kerak.
Referat va yozma ishni rasmiylashtirishda unda titul varaqi, kirish qismi, bo‘limlari, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati bo‘lishiga e’tibor berish kerak. Referat qo‘lyozma shaklida bajarilishi va himoya qilinishi lozim.



Yüklə 19,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin