O‘quv mashg‘uloti natijalari - talabalarda intellektual mulkni xalqaro-huquqiy himoya qilishning asosiy masalalari yuzasidan chuqur bilim olishni ta’minlaydi. Talabaning milliy mualliflar asarlarini chet elda qo‘riqlash va ulardan foydalanish. Mualliflik huquqi sohasida ko‘ptomonlama bitimlar. O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan mualliflik huquqlarini o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi bitimlari. Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik va ixtirolarni chet elda patentlash. O‘zbekiston Respublikasida chet elliklarning ixtirolariga bo‘lgan huquqlarini qo‘riqlash. Milliy ixtirolarni chet elda patentlash. Ixtirolar, sanoat namunalari va tovar belgilariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish to‘g‘risidagi xalqaro bitimlarga oid mustaqil ta’lim olishiga ko‘maklashish, o‘rganish, to‘g‘ri sharhlash va qo‘llay olish uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdan iborat.
IV. ILOVALAR
FAN DASTURI O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIV TA'LIM, FAN VA INNOVASIYALAR VAZIRLIGI
Xalqaro xususiy xuquq fanidan MUAMMOLI SAVOLLAR (KAZUS)
1. Quyidagi vaziyatlarni ko‘rib chiqish taklif etiladi: A. Rossiya hududida Turkmaniston fuqarosi tomonidan jinoyat sodir etilishi;
B. Bolgariya fuqarolarining aliment to‘lash to‘g‘risida O‘zbekistonning vakolatli organlariga murojaat qilishi;
V. O‘zbekistondagi tashkilot va xorijiy firma o‘rtasida bitim tuzish;
G. Qozog‘iston fuqarosining Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qilishi;
D. Turli fuqarolikka ega bo‘lgan va O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi er-xotin o‘rtasidagi mulkni bo‘lish masalasidagi munosabatlar;
Ye. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida tovar ayirboshlash va to‘lovlar to‘g‘risida shartnoma tayyorlash.
Savollar: 1. Yuqoridagi vaziyatlarning birortasida xalqaro huquqiy munosabatlar yuzaga keladimi? Agar yuzaga kelsa, unda qaysi birida? Javobingizni asoslang. 2. Yuqorida keltirilgan misollar orasidan xalqaro davlatlararo munosabatlar xarakteridagi hamda nodavlat xarakterdagi xalqaro munosabatlar keltirilgan vaziyatlarni ko‘rsating.