Fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə45/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

Menejment va marketing kabi zamonaviy fanlar predmetining mazmunini tushuntirishda ham buxgalteriya hisobi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki xo'jalik yurituvchi subyekt moliya-xo‘jalik faoliyati- ning barcha sohalarida ma’muriyat faqat hisob axborotlaridan foydalan- gan holdagina asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilishi mumkin.
Boshqaruv organlaridan chiqayotgan uzviy (qaytma) aloqa, ta’mi- not, ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonlarini boshqarish bo'yicha qabul qilinadigan qarorlarga aynan mos hisob axborotlariga keyinchalik ishlov berish va guruhlash yo'lida birlamchi asos hisoblanadi.
Bunday o‘zaro kirishish va o‘zaro ta’sir ko'rsatish turli xo'jalik yurituvchi subyektlarda xodimlarga rahbarlik qilishga oid faoliyat turi sifatida menejmentning asosiy funksiyasini aniq amalga oshirishga imkon beradi. Marketingga ham, sotish sohasida ma’lum natijalarga erishish uchun yo'naltirilgan boshqaruv faoliyatiga tizimli yondashuv sifatida ko'rib chiqib, shunday xulosa qilish mumkin. Buxgalteriya hiso- bi statistikaning umumiy nazariyasi fanidan ijtimoiy-ommaviy hodisa- lami o'rganishning umumuslubiy ko'rsatkichlar yordamida, ushbu ko'rsatkichlarning boshqaruv talablariga javob beradigan guruhlash usullaridan foydalanadi. Ayni vaqtda statistika organlari ushbu hodisa- lami o'rganishda o'zining maxsus usullarini (kuzatish, qayta ro'yxat qilish va hokazolami) qo'llash bilan birga joriy buxgalteriya hisobi va hisoboti ko'rsatkichlaridan ham keng foydalanadi. Bular iqtisodiyot sohasidagi mamlakat, mintaqa va viloyatlar bo'yicha rivojlantirish dasturlarining bajarihshi, milliy boylikning o'sishi, ayrim tarmoqlaming rivojlanish sur’atlari va proporsiyalari kabilardir.
Buxgalteriya hisobi fani matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bloki bilan ham chambarchas bog'liq. Bu bog'liqlik tarixan shakllangan bo'lib, buxgalteriya hisobining fan sifatida vujudga kelishida amaliy matematika muhim rol o'ynagan. Buxgalteriya hisobi o'zining ajralib turuvchi belgisi - aniqlikni aynan matematikadan olgan. Hisob vaqt o'tishi bilan oddiy arifmetik hisoblash amallaridan differensial va integral hisoblashlar, to‘plam nazariyasi va boshqalar kabi oliy matematikaning ayrim bo‘limlari - matematik statistika, matematik dasturlash va boshqalarda qo'llaniladigan darajaga yetib kelgan. Buxgalteriya hisobida schotlar o‘zaro bog'liqligining matritsali modeli- dan keng foydalaniladi. Matematik mantiq elementlariga tayangan holda buxgalteriya hisobida schotlar o'rtasidagi namunaviy o'zaro bog'liq- liklami ishlab chiqish imkoniyatlari yaratilgan. Darhaqiqat, “Hech bir fan matematikalashmay takomiliga yeta olmaydi” (Leonardo Da Vinchi).
EHMdan foydalanish sharoitida buxgalteriya hisobining ushbu imkoniyatlari hisob jarayonlarining algoritmlarini ishlab chiqish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun buxgalteriya hisobi kompyuter tizimida qo'llaniladigan metodologik usullar va amallarga tayanishi, buxgalter esa hisoblash matematikasi, algoritmlar nazariyasi va dastur- lashning eng ko‘p tarqalgan tillarini bilishi lozim. Buxgalteriya hisobi va boshqa fanlarga xos bo'lgan ayrim xususiyatlaming bunday tarzda o'zaro bir-birlariga o'tishi, faqat hisob axborotlariga ishlov berish texnologiyasinigina o'zgartirib, uni xo'jalik muomalalarining sodir bo'lish vaqtiga yaqinlashtiradi. Buxgalteriya hisobining metodologik tamoyillariga esa ta’sir ko'rsatmaydi.
Buxgalteriya hisobi boshqa fanlaming bir qator xususiyatlarini o'ziga olib, o‘z navbatida nafaqat ulardan bir qanchalariga o'zining tavsifli belgilarini bergan, balki undan yangi, hosilaviy, maxsus fanlar- ning paydo bo'lishiga ham asos solgan. Jumladan, sud-buxgalteriya ekspertizasi, audit, iqtisodiy tahlil nazariyasi, xo'jalik faoliyatining iqtisodiy tahlili, iqtisodiy matematik usullar va modellashtirish. Ushbu fanlaming predmeti bo'lib, barcha tashkiliy-huquqiy shakldagi xo'jalik yurituvchi subyektlarda kechadigan xo'jalik jarayonlarining har xil jihatlari, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik va yakuniy moliyaviy natija kabilar hisoblanadi.
Audit - auditorlik tashkiloti tomonidan korxona moliyaviy hisobo- tining yoki u bilan bog'liq axborotlaming ushbu hisobot yoki axborotlar qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik darajasi to'g'risida xulosa chiqarish maqsadida tadqiq qilishdir.
Tahlil fanlari - iqtisodiy tahlil nazariyasi hamda iqtisodiy tahlil boshqaruv jarayonining axborotlarni to'plash va xo'jalik yurituvchi subyekt moliya-xo'jalik faoliyatini rejalashtirish hamda ishlab chiqa- rishni operativ tartibga solish bo'yicha qarorlar qabul qilish o'rtasidagi oraliq bosqich hisoblanadi. Tahlil fanlarining keyinchalik tabaqalash- tirilishi boshqaruv va moliyaviy tahlil fanlarini vujudga keltirdi.

Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin