Fanidan O’quv-uslubiy majmua


O’QUV-USLUBIY MAJMUANING TARKIBIY TUZILIShI



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə2/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

O’QUV-USLUBIY MAJMUANING TARKIBIY TUZILIShI
I.O`quv materiallari………………………………………….
1.1. Ma`ruza mashgulotlari……………………………
1.2. Amaliy mashg`ulot mavzulari.……………………
1.3. Adabiyotlar ro`yxati……………………………………
II. Mustaqil ta`lim mashg`ulotlari……………………………
III. Glossariy…..……………………………………………



IV.



Ilovalar

4.1. Fan dasturi………………………………………………
4.2. Ishchi fan dasturi ………………………………………
4.3. Tarqatma materiallar..…………………………………
4.5. Test savollari…………………………………………
4.6.Baholash mezonlari…………………………………..
4.7. Reyting ishlanma va kalendar tematik reja……………
4.8. Nazorat savollari..…………………………………….
4.9. Masalalar to`plami…………………………….…….
Buxgaltegiya hisobi fanidan
_________________________________________________________________
MA’RUZA MATNLARI


___________________________________


1-MAVZU. Xo’jalik hisobi haqida tushuncha va uning paydo bo’lish tarixi.
«Buxgalteriya hisobi bo'lmasa dunyo boshqaruvsiz qolgan va odamlar esa bir-birlarini tushuna olmagan bo'lar edilar»
Bartalameo de Salazano
1. Xo‘jalik hisobining mohiyati va funksiyalari
2. Xo'jalik hisobida qo'llaniladigan o'lchovlar
3. Xo‘jalik hisobining turlari va ularning tavsifi
4. Xo'jalik hisobi turlarinmg qiyosiy tavsifi



    1. Xo‘jalik hisobining mohiyati va funksiyalari

Mamlakatai modernizatsiya qilish va iqtisodiy-ijtimoiy rivojlan- tirish, innovatsiya jarayonlarini jadallashtirish va bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida asosiy e’tibomi moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanishga, unumsiz sarflami va nobudgarchiliklami bartaraf qilishga qaratmoq kerak. Bunday ulkan ishlarni amalga oshirishda buxgalteriya hisobining roli beqiyosdir.
Ma’lumki, jamiyat taraqqiyotining asosini moddiy ne’matlar ishlab chiqarish tashkil etadi. Bu jarayonda kishilar iste’mol buyumlarini: oziq- ovqat, kiyim-kechak, poyabzal hamda mehnat vositalarini; mashinalar, inshootlar, asbob-uskunalar va hokazolar yaratadilar. Ishlab chiqarish- dan olingan mahsulotlar esa sotiladi, taqsimlanadi va iste’mol qilinadi. Bunday uzluksiz davom etadigan ishlab chiqarish, sotish (ayirboshlash) va iste’mol jarayonlari ijtimoiy takror ishlab chiqarishning mohiyatini tashkil etadi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish uchun esa ulami muntazam ravishda nazorat qilib, ushbu jarayonlarda sodir bo’layotgan miqdor va sifat o'zgarishlarini tavsiflovchi ko'rsatkichlarga ega bo’lish kerak.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlari mazmunan xo'jalik yu- rituvchi subyektlarda sodir bo‘ladigan jarayonlar yig'indisidan iboratdir. Shuning uchun iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlaridagi ishlab chiqarish, sotish, ayirboshlash va iste’mol jarayonlarini tavsiflovchi miqdor ko’rsatkichlarining yig'indisi takror ishlab chiqarish jarayonlari va ijtimoiy turmushdagi boshqa jarayonlami butunligicha tavsiflay oladi.
Xo'jalik jarayonlarini va ulaming natijalarini nazorat qilish kuzatish, o'lchash va ro'yxatga olish orqali amalga oshiriladi. Kuzatish orqali korxona va tashkilotlaming moliya-xo'jalik faoliyatini tashkil etuvchi ko‘p sonli va turli xil faktlarga ega bo'linadi. Bu faktlami esa ma’lurn o'lchov birliklarida ifodalash hamda tegishli ravishda guruh- larga ajratib ro'yxatga olib borish zarur. Shu tariqa xo'jalik faoliyatiga baho berish uchun zarur ma’lumotlarga ega bo'linadi.
Shunday qilib, hisob yuritish xo'jalik faoliyatini boshqarish, keng ma’noda esa butun ijtimoiy ishlab chiqarishni, ya’ni jamiyatni bosh­qarish uchun zarur ekan. Boshqacha qilib aytganda, hisobot yuritish deb ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va ulami boshqarishni ta’minlash maqsadida, bu jarayonlami miqdor jihatdan aks ettirib, sifat jihatdan tavsiflashga aytiladi. Demak, hisob yuritish bosh- qarishning ajralmas qismi ekan.
Kishilik jamiyatining dastlabki bosqichlarida hisob butun jamoaga ishlab chiqarish va iste’mol uchun qanday mehnat qurollari va mehnat buyumlari zarurligini bilish maqsadida kerak bo'lgan bo'lsa, jamiyat sinflarga bo'lingandan keyingi ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarda esa hukmron sinfhing manfaatini himoya-qilib kelgan. Boshqacha qilib ayt­ganda, sinflar mavjud jamiyatda hisob yuritish o'zgarib, takomillashib va uning roli oshib borgan. Bozor munosabatlarini rivojlantirish bo‘yi- cha hukumat qabul qilgan qarorlami hayotga tatbiq qilishda, korxo- nalami xususiylashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish sharoitida hisob va statistikaning roli yana ham oshib bormoqda. Bunday ulkan vazifa- lami amalga oshirish uchun hisob ma’lumotlariga ishlov berishni kompyuterlashtirish, hisobning ilg'or shakl va uslublarini qo'Ilash, hisob ishlariga sarflanadigan mablag'lar va mehnat sarflarini kamaytirishga erishish zarur.
Har bir xo'jalik fakti hisobda korxona faoliyatining ham miqdor, ham sifat jihatlarini tavsiflaydigan ko'rsatkichlarga aylanadi. Bular ayrim mahsulot turlarining haqiqiy tannarxi, korxona faoliyatining moliyaviy natijalari va boshqalar.
Xo'jalik hisobi xo’jalik yuiituvchi subyektni boshqarishda foydala- niladigan axborot tizimidan iborat bo'lib, unda korxona faoliyatida sodir bo'ladigan barcha jarayonlar va hisob obyektlarining holati to‘g‘risidagi miqdor va sifat ko'rsatkichlari haqidagi axborotlar ma’lurn qoidalar va standartlar bo'yicha ulami boshqarish uchun ilmiy asoslangan qoida- larga muvofiq qayd qilinadi, o'lchanadi, ishlov beriladi, to'planadi va guruhlanadi. Xo'jalik hisobi keng qamrovli va to'laqonli bo'lishi hamda korxona iqtisodiyotini boshqarish vazifalari to'liq va o'z vaqtida amalga oshirishga yo‘naltirilgan, ya’ni boshqaruv tizimi uchun foydali bo‘lishi lozim.
Xo'jalik hisobi keng ma’noda boshqaruv fimksiyasi bo‘lib, kishilik jamiyatining dastlabki bosqichlaridayoq ijtimoiy foydali mehnatning mustaqil tun sifatida ajralib chiqqan.
Xo'jalik hisobi hanuna vaqt, har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tuzum- da ham, o'zining mohiyatiga ko‘ra boshqaruv apparatini axborot bilan ta’minlashga mo'ljallangan.
Shunday qilib, xo'jalik hisobi - xo'jalik faktlarini, hodisalarini va jarayonlarini boshqarish, nazorat va tahlil qilish maqsadida ulami kuzatish, o'lchash, ro'yxatga olish va umumlashtirish tizimidir. Xo'jalik hisobi negizida uchala hisob turining (pperativ, statistik va buxgalterlik) o'zaro bog'liqligini ifodalaydigan boshqaruv obyektining faoliyat ko'rsatish modeli tuziladi. Ular bir-birlarini o'zaro to'ldiradilar va ko'p hollarda bir xil axborotlardan foydalanadilar (hisobning turlari va ulaming qiyosiy tavsifi 1.3 va 1.4 paragraflarda batafsil bayon qilingan).

    1. Xo'jalik hisobida qo'llaniladigan o'lchovlar

Xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyati to'g'risidagi axborotlar, agar barcha hisobga olingan resurslar va xo'jalik jarayonlari hisob o'lchov- larida ifodalansa, axborotdan foydalanuvchilar ehtiyojini qondiradi.

Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin