Fanidan O’quv-uslubiy majmua


Xo‘jalik hisobi haqida tushuncha va uning turlari



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə9/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

3. Xo‘jalik hisobi haqida tushuncha va uning turlari


Xo‘jalik hisobining uch turi mavjud: operativ, statistik va buxgalteriya hisobi. Operativ hisob- ayrim xo‘jalik operatsiyalari va jarayonlarini bevosita ular sodir bo‘layotgan vaqtida boshqarish maqsadida joriy kuzatish va nazorat qilish tizimi bo‘lib hisoblanadi. Bu hisobning korxona va uning tarkibiy bo‘linmalariga joriy rahbarlik qilish maqsadida ma’lumotlarni operativ ravishda olish va ulardan foydalanish uning farq qiladigan belgisi hisoblanadi. Operativ hisob turli-tuman xo‘jalik xodisalarni o‘z ichiga olib, u joriy rahbarlik qilish uchun boshqaruv aparatini asosan ishlab chiqarish - texnika xususiyatidagi ko‘rsatkichlar bilan ta’minlaydi. U mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha topshiriqlarning bajarilayotganligi, xarajatlar normativlaridan kundalik chetga chiqishlar, ish kuchidan foydalanish va asbob-uskunalarning yuklanganlik darajasi, shartnomalarga rioya qilinishi - mol etkazib beruvchilar va xaridorlar bilan tuzilgan kontraktlarning bajarilishi haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Operativ hisobda o‘lchovlarning hamma turlari - moddiy, mehnat va qiymat o‘lchovlaridan foydalaniladi. Lekin hisobning bu turi asosan bir turdagi operatsiyalarni aks ettirganligi va undan umumlashtirilgan ko‘rsatklchlar talab qilinmaganligi sababli, unda asosan moddiy va mehnat o‘lchovlaridan foydalaniladi. Nazoratning operativligini ta’minlash uchun xo‘jalik operatsiyalarining borishi haqidagi axborotni tezroq olish kerak bo‘ladi. SHuning uchun operativ hisobning ma’lumotlari iloji boricha osonroq yo‘l bilan qayd qilinishi mumkin. Ularni bevosita kuzatish yo‘li bilan etkazishadi, telefon, faks, modem orqali, kompyuter aloqasi yordamida va boshqa yo‘llar bilan xabar qilishadi. Hozirgi vaqtda operativ axborotni olish uchun mexanika va avtomatik o‘lchov, tartibga soluvchi asboblar, moslamalardan foydalanish tobora kengayib bormoqda. Hisobni 13 bunday tashkil qilish xo‘jalik operatsiyalarining borishi ustidan ularning amalga oshirilishi vaqtida bevosita boshqarish imkonini beradi. Operativ hisobning ma’lumotlaridan mutlaq aniqlik talab etilmaydi, chunki ularning asosiy vazifasi - kuzatilayotgan obektlarda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni tezlik bilan xabar qilishdir. SHuning uchun amaliyotda operativ hisobdan faqat taxminiy axborotni olish bilan kifoyalanadilar. Lekin bu axborot etarli darajada to‘g‘ri bo‘lishi kerak, zeroki, unga qarab sodir bo‘lgan o‘zgarishlarning hajmi va tavsifi haqida ishonchli xulosa qilib, xatosiz bo‘lgan boshqaruv qarorlarni qabul qilish mumkin bo‘lsin. Operativ hisob korxonaning har xil bo‘linmalari - bo‘limlari, sexlari, omborlari va hokazolar tomonidan yuritiladi. Operativ axborot yordamida - menejerlar ishlab chiqarish, foyda bo‘yicha topshiriqni bajarilishining borishi, korxonani ta’minlash va mahsulot sotishi bo‘yicha topshiriqlarning bajarilishi, tovar moddiy qiymatliklar zaxirasining darajasi hamda boshqa korxonalar, tashkilotlar, muassasalar bilan hisobkitoblarning holati va borishi haqidagi ma’lumotlarni olishda foydalanishadi. Operativ hisob korxonani ishchi kuchi bilan ta’minlanganligi, uning harakati, xodimlarning malakasini oshirish va boshqalar ustidan nazorat qilish uchun zarurdir. Sexlar, omborlar va boshqa bo‘linmalar xodimlari undan ma’lum xo‘jalik qismidagi topshiriqlarning bajarilishi haqidagi ma’lumotlar olishadi. Operativ hisobdan ishlab chiqarish bo‘linmalarida sodir bo‘layotgan operatsiyalar yoki jarayonlarning borishi haqidagi axborotlarni olishda keng foydalaniladi. Bu erda u maxsus grafiklar, xabarchi taxtalar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. Operativ hisobning ba’zi ma’lumotlaridan faqat korxonaning tarkibiy qismidagina foydalanilmay, ulardan boshqaruv organlarida ham foydalaniladi. Bunday ma’lumotlar umumlashtirilib, ichki operativ hisobot tarkibiga kiritilishi mumkin. Operativ hisobotning ko‘rsatkichlari ayrim tarmoqlar va butun xalq xo‘jaligi miqyosida tegishli jarayonlarning borishi ustidan kuzatish va axborotni umumlashtirish uchun xizmat qiladi. Operativ hisobotdan, masalan, mahsulot 14 iishab chiqarish, xom ashyo bilan ta’minlanganlik, ishga kelish, ekish va hosil yig‘ishning borishi haqida va boshqa ma’lumotlar olinadi. Operativ hisobning ma’lumotlari ulardan keyinchalik foydalanishda buxgalteriya yoki statistik hisobda qayta ishlanadi. Statistik hisob- ommaviy xo‘jalik hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va ishlash tizimidan iborat. Xo‘jalik hisobining bu turi butun xo‘jalik va uning tarmoqlarining rivojlanish jarayonini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Undan korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo‘layotgan turli-tuman ommaviy hodisalarni kuzatish uchun foydalaniladi. Uning yordamida xo‘jalik faoliyatining turli-tuman miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari hisoblab chiqiladi. Sanoatda bundaylarga, masalan, ishlab chiqarish hajmi, o‘rtacha ish haqi, ish vaqtidan foydalanish, mehnat unumdorligi darajasi o‘sishi va hokazo ko‘rsatkichlar kiradi. Dastlabki statistik kuzatuvlarning ma’lumotlari tumanlar, viloyatlar va umuman Respublika xalq xo‘jaligining ayrim tarmoqlari bo‘yicha umumlashtiriladi. Statistik hisob statistika fani - statistika usullaridan foydalanadi. Mustaqil ijtimoiy fan sifatida statistika faqat xo‘jalik hodisalarinigina o‘z ichiga olmay, jamiyat hayotining boshqa tomonlarini ham qamrab oladi. Jumladan, uning yordamida aholi soni, tarkibi va harakati, xalq xayotining moddiy va madaniy darajasi, uning ijtimoiy hayoti haqidagi ko‘rsatkichlar olinadi. Xo‘jalik xodisalari haqidagi ma’lumotlar statistik hisob tomonidan operativ va buxgalteriya hisobi korxona, tashkilot va muassasalarda mustaqil ravishda tashkil qilinadigan dastlabki hisobdan olinadi. Ba’zi ma’lumotlar statistik kuzatuvning alohida shakllari - qayta ro‘yxatga olish va tekshirishlar yordamida olinadi. Uzluksiz kuzatib bo‘lmaydigan ommaviy hodisalarni tavsiflash uchun dastlab kuzatish usulidan keng foydalaniladi. Tarmoqlar, xalq xo‘jaligi miqyosidagi xo‘jalik hodisalarini tavsiflovchi ma’lumotlar asosan maxsus davlat statistika organlari - Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining statistika boshqarmasi tomonidan olinadi va ishlab chiqiladi. Dastlabki materiallarni ilmiy ishlash va taxlil qilish olingan ko‘rsatkichlarni ular tomonidan yig‘ish va guruhlash, o‘rtacha sonlar usuli, nisbiy 15 jamlash, indekslar, dinamik qatorlar va shu kabi maxsus usullardan foydalanish yordamida amalga oshiriladi. Statistik hisobning ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqish uchun ham barcha mavjud o‘lchovlar - natura, mehnat va pul o‘lchovlaridan, o‘rganilayotgan hodisaning mazmuni va qo‘yilgan vazifalariga qarab foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi- ichki boshqarish va tashqi istemolchilarning maqsadlari uchun joriy va yakuniy axborotni olish bilan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning xo‘jalik faoliyati ustidan uzluksiz va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan kuzatish va nazorat qilish tizimidan iborat. Buxgalteriya hisobi yordamida xo‘jalikda mavjud bo‘lgan har xil turdagi moddiy qiymatliklar va pul mablag‘larining miqdori, boshqa korxona va tashkilotlar bilan hisob-kitoblarning holati, undagi boshqa resurslarning umumiy hajmi haqida ma’lumotlar olinadi; tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va tannarxi aniqlanadi; xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari - foyda yoki zarar hisoblab chiqiladi; korxonaning rentabelligi hamda korxona va uning tarkibiy qismlari boshqa qator ko‘rsatkichlari hisoblab aniqlanadi. Buxgalteriya hisobida ham operativ va statistik hisobdagi kabi barcha o‘lchovlar - natura, mehnat va pul o‘lchovlari qo‘llaniladi. Lekin unda pul o‘lchovga alohida ahamiyat beriladi, chunki u buxgalteriya hisobining umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarini olish imkonini beradi. SHuning uchun pul o‘lchovda buxgalteriya hisobining barcha obektlari, garchi ular natura va mehnat o‘lchovlarida aks ettirilgan bo‘lsa ham, albatta, pul o‘lchovida ifodalanadi. Pul o‘lchovi yordamida buxgalteriya hisobi, masalan, quyidagi umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni beradi: korxonaning barcha mablag‘lari hajmi, ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar, davr xarajatlari, ko‘zda tutilmagan xarajatlar, mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi, sotishdan olingan yalpi tushum, morjinal foyda va shu kabilar. Buxgalteriya hisobining eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, unda barcha xo‘jalik operatsiyalari yoppasiga qayd qilinadi. Bu narsa barcha xo‘jalik 16 jarayonlarining to‘la tavsifini olish uchun zarurdir. Buxgalteriya hisobining boshqa xususiyati, uning hujjatlanishidir. Buxgalteriya hisobi tizimida qayd qilinadigan xar bir operatsiya dastlab hujjatlashtirilishi kerak. Hujjat buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining yagona manbai hisoblanadi. Barcha operatsiyalarni qamrab oladigan hujjatlarning mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan moddiy javobgar shaxslar faoliyati ustidan nazorat qilish uchun foydalanish va boshqarish uchun asoslangan ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi. Buxgalteriya hisobida yig‘ma yakunlangan ko‘rsatkichlarni olish uchun yig‘ilgan ma’lumotlarni ilmiy ishlashning maxsus usullaridan foydalaniladi. Bu usullarning muhim xususiyatlari shundan iboratki, ular alohida ajratib olingan korxona, tashkilotlar va muassasalarning butun xo‘jalik faoliyatini uzluksiz va o‘zaro bog‘langan holda aks ettirilishini ta’minlaydi. Buxgalteriya hisobining ma’lumotlari ayrim korxona, tashkilot va muassasalar hamda ma’lum bir kompaniya tarkibiga kiradigan korxonalar guruhi bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularning ishini audit qilish uchun audit manbai sifatida xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobining qator ko‘rsatkichlari umumlashtirilgan ko‘rinishda korxonaning moliyaviy holatini baholashda ishlatiladi. Umumlashtirilgan ko‘rsatkichlarning bir guruhi faoliyatni baholashda ko‘pincha buxgalteriya hisobining ma’lumotlariga asoslanadigan statistika yordamida olinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining yagona tizimi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki qismdan rahbariyat tomonidan ichki foydalanish uchun o‘lchanadigan, ishlanadigan va topshiriladigan hisob axborotining barcha turlarini o‘z ichiga oladi. Moliyaviy hisob rahbariyat tomonidan firma ichida ishatiladigan axborotdan tashqari, tashkilotdan tashqaridagilarga xabar qilinadigan axborotdan iborat bo‘ladi. Xo‘jalik hisobining har bir turi - operativ, statistik va buxgalteriya hisobi korxonalarni, hududlar va Respublika boshqaruv jarayonida ma’lum rol o‘ynaydi.
Hisobning o‘zaro chambarchas bog‘langan uchta turi xo‘jalik hisobining yagona tizimini tashkil qiladi. Bu tizimning to‘g‘ri tuzilishi va doimiy rivojlantirilishi bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi. Hisobning barcha turlarining vazifalari umuman olganda bir xildir, lekin ular alohida olingan obektlarga nisbatan hal etiladi. Statistik hisob buxgalteriya hisobining, ayniqsa, yakuniy ma’lumotlaridan keng foydalanadi. Bunda u bu ma’lumotlardan ba’zi tarmoqlar va xalq xo‘jaligi miqyosida har xil umumlashtiruvlar uchun zaminiy materiallar sifatida foydalanadi. O‘z navbatida buxgalteriya hisobi ham ko‘p hollarda statistika ma’lumotlaridan foydalanadi. Jumladan, ishchilarning ish haqini aniqlashda statistika usullari bilan hisoblab topilgan ishlab chiqarish normalari bajarilishi ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Xo‘jalik hisobi uch turining o‘zaro bog‘liqligi yagona dastlabki hujjatlashtirishdan foydalanish bilan ta’minlanadi. YAgona dastlabki hujjatlashtirish deganda hisobning barcha turlaridagi operatsiyalarni aks ettirish uchun bir turdagi ma’lumotlardan va bir turdagi hujjatlardan foydalanish tushuniladi. Bunday amal hisob ko‘rsatkichlaridagi qarama-qarshiliklarni bartaraf qiladi va hisobdagi parallellik bilan ishlashni yuzaga keltiradi. Xo‘jalik hisobining har xil turlari va uning butun tizimi uzluksiz rivojlanib boradi. Dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish, texnikasi, ishlash uslublari yaxshilanib bormoqda. SHuni ta’kidlash lozimki, xalqaro standartlarga javob beradigan va bozor iqtisodiyoti xususiyatlariga mos keladigan hisobning yangi tizimini ishlab chiqishda, olimlar va amaliyotchilar rivojlangan bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarda bu sohada yaratilgan narsalarga ko‘r-ko‘rona yondoshayotganlari yo‘q. Lekin xorij mamlakatlarining amaliyotini o‘rganish, ularni chuqur va har tomonlama tahlil qilish O‘zbekiston Respublikasida xo‘jalik hisobini takomillashtirish imkoniyatini beradi



Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin