Fanidan O’quv-uslubiy majmua


-MAVZU. Operativ texnik hisob va statistik hisoblarning moxiyati va xalq xo’jaligidagi axamiyati



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə7/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

2-MAVZU. Operativ texnik hisob va statistik hisoblarning moxiyati va xalq xo’jaligidagi axamiyati


Reja:
1. Xo‘jalik hisobi haqida tushuncha va uning turlari
2. Xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari tasnifi
3. Xo‘jalik hisobi haqida tushuncha va uning turlari

O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti bozor munosabatlarini erkinlashtirish yo‘li orqali rivojlanmoqda. Bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish, davlat mulkini xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish, mulkchilikning turli - tuman shakllaridagi korxonalarini yaratish hamda sog‘lom raqobatchilikni rivojlantirish asosida amalga oshiriladi. Yirik ijtimoiy ishlab chiqarish yuqori sifatli ishlab chiqarishni va boshqarishni talab qiladigan raqobatsiz rivojlana olmaydi.


Korxonalarni boshqarish, uning oldiga qo‘yilgan reja ko‘rsatkichlariga doir vazifalarni bajarish maqsadida xo‘jalik faoliyati ustidan kundalik kuzatib borishni talab qiladi. Bunday kuzatish va boshqarish xo‘jalik hisobi yordamida amalga oshiriladi. Korxona va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish hamda ishlab chiqarishning borishini boshqarish maqsadida axborotlarni olish uchun faqat kuzatuvni amalga oshirishning o‘zi kifoya qilmaydi. Olingan ma’lumotlarni o‘lchash, ya’ni menejerlarga zarur bo‘lgan ma’lum bir miqdoriy ko‘rsatkichlarda ifodalash lozim bo‘ladi. Undan so‘ng bu ko‘rsatkichlar boshqarishga zarur bo‘lgan yo‘nalishda axborotni guruhlash, korxonalar faoliyatini keyinchalik baholash va axborotning saqlanishini ta’minlash hamda auditni tashkil qilish maqsadida hisobning tegishli registrlarida ro‘yxatga olinishi lozim.
Demak, hisob deganda olingan ma’lumotlardan ma’lum bir amaliy yoki ilmiy maqsadlarda keyinchalik foydalanish uchun yoki boshqa voqealar, harakatlar, dalillarni qayd etishni tushunmoq kerak. SHuni ta’kidlamoqchimizki, xo‘jalik hisobi barcha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish davrida bir xil bo‘lmagan. SHuning uchun ham xo‘jalik hisobi uning oldiga qo‘yilgan talablariga mos shaklda ijtimoiy rivojlanishning har bir bosqichida doimo o‘zgarib borgan. Ishlab chiqarish usuli va boshqarish tizimining o‘zgarishi iqtisodiy hamda siyosiy tuzum o‘zgarishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida, xo‘jalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish, uni amalga oshirish, nazorat qilish usullarining o‘zgarishiga, demak, xo‘jalik hisobining ham o‘zgarishiga olib keladi. Ijtimoiy rivojlanishning har bir bosqichida xo‘jalik hisobi o‘z maqsadi, vazifasi, shakllari va tashkiliy xususiyatlariga egadir. Bozor munosabatlari sharoitida u har doim aniq ifodalangan boshqaruv xarakteriga ega. SHunday qilib, kishilik jamiyatining rivojlanishi xo‘jalik hisobining mazmunini aniqlab, uning o‘zgarishiga sharoit yaratib beradi, ya’ni uni u xizmat qilayotgan boshqarish mexanizmining xususiyatlariga bog‘liq holda tarixan shartli qilib qo‘yadi. Xo‘jalik hisobi insoniyat rivojlanishining har bir bosqichidagi xo‘jalik faoliyatini tashkil qilish xususiyatlarini aks ettiradi. Bundan xulosa qilish mumkinki, xo‘jalik hisobi, xo‘jalik operatsiyalarini miqdoriy aks ettirishidan tashqari ularga sifat tavsifini ham beradi. Yuqoridagilarni umumlashtirib, xo‘jalik hisobini quyidagicha ta’riflash mumkin: Xo‘jalik hisobi deb xo‘jalik faoliyatining rivojlanish istiqbollarini aniqlash, uni boshqarish va nazorat qilish maqsadida shu jarayonni miqdoriy (qiymat, mehnat) aks ettirish va sifat jihatidan tavsiflashga aytiladi. Xo‘jalik hisobi to‘g‘risidagi umumiy fikrni aniqlashtirish va uning tarixiy xususiyatini yaxshiroq tushunib olish uchun davlat monopoliyasi mulkchiligi va bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitidagi uning mazmunini ko‘rib chiqish lozim. Bunda ulardagi amal qilayotgan iqtisodiy qonunlarning xususiyatlaridan kelib chiqish lozim, chunki hisobning o‘ziga xos xususiyatlari mana shu qonunlar bilan belgilanadi.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda olish asosiy iqtisodiy maqsad bo‘lib hisoblanadi. Demak, tadbirkorlar tomonidan o‘z korxonalaridan foyda olish bozor iqtisodiyotida xo‘jalik faoliyatining bosh rag‘batini anglatadi. Asosiy iqtisodiy qonun xo‘jalik faoliyatining maqsadini, demak, xo‘jalik hisobining ham maqsadini belgilaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkdorlar xo‘jalik hisobidan maksimal darajada foyda undirish va o‘stirish uchun foydalanadi va bunda mulk egalari uning yordamida qo‘yilgan mablag‘lar va kapitalning yuqori samarali ishlatilishi ustidan kuzatishni amalga oshirishga harakat qilishadi.

Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin