Statistik hisob miqdor ko'rsatkichlarida ifodalanadigan ijtimoiy- ommaviy hodisalami sifat jihatdan tavsiflab, kuzatish va aks ettirish hamda jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini o'rganish tizimidirStatistik hisob ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab chiqarish munosabatlari va ijtimoiy turmushdagi siyosiy va madaniy jarayonlar rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini ochib beradi. Iqtisodiyotni boshqarish uchun zarur bo'lgan ma’lumotlarni yig'ish, statistik tahlil qilish va axborotdan foydalanuvchilarga o‘z vaqtida taqdim etish statistik hisobning asosiy vazifasidir. Bu maqsadda statistik hisob buxgalteriya va operativ hisob ma’lumotlaridan foydalanib, shu bilan birga ulaming tuzilishiga ham ta’sir etadi.
O'rganilayotgan hodisalaming xususiyatiga ko'ra statistik hisobda natura, mehnat va pul o'lchovlaridan foydalaniladi. Statistik hisob ma’lumotlarni to'plash va ishlov berishning muayyan metodik usullari- dan, masalan, yalpi va tanlab kuzatish, statistik to'plash, statistik guruhlash, o'rtacha miqdorlami hisoblash, indekslar va boshqalardan foydalanib, xo'jalik faoliyatining asosiy qonuniyatlarini ochib beradi.
Davlat boshqaruv organlari tomonidan statistik ma’lumotlar asosida prognozlar ishlab chiqiladi, iqtisodiy siyosat sohasidagi qarorlar qabul qilinadi. Mamlakat iqtisodiyotini tezkor boshqarish bo'yicha aniq chora-tadbirlar belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi xo'jalik yurituvchi subyektning mablag'lari va manbalarining harakatini aks ettirib, xo'jalik jarayonida sodir bo'ladigan muomalalami yoppasiga va uzluksiz kuzatib borish, kuzatish natijalarini o'lchash va hujjatlarda rasmiylashtirish, ulami yagona bir o'lchovda, ya’ni pul ifodasida umumlashtirish hamda boshqaruv qaror- larini asoslash va qabul qilish uchun zarur ko'rsatkichlami hisoblash, baholash, ulami tegishli axborotdan foydalanuvchilarga taqdim etish maqsadida moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish tizimidir.
1.4 Xo'jalik hisobi turlarinmg qiyosiy tavsifi Buxgalteriya hisobining o'ziga xos xususiyatlaridan biri, unda barcha yozuvlar tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida amalga bshiriladi. Bunda hujjatlar maxsus dalillovchi yuridik kuchga ega bo‘lib, mulkning saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytiradi va korxona faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishni ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobining yana bir xususiyati - uning uzluksizligi va xo'jalik muomalalarini yoppasiga qamrab olishidir. Buxgalteriya hisobi barcha xo'jalik muomalalarini yoppasiga qayd qilishni uzluksiz amalga oshira borib, korxonalarda sodir bo'layotgan xo'jalik jarayonlarini to'la tavsiflaydi.Buxgalteriya hisobi natura va mehnat o'lchovlarini umumlash- tirgan holda barcha xo'jalik mablag'larini va xo'jalik faoliyati jara- yonidagi ulaming doiraviy aylanishini pul ifodasida aks ettiradi. Bu buxgalteriya hisobini operativ va statistik hisobdan farq qildirib, undan xo'jalik faoliyatini so'm bilan nazorat qilish vositasi sifatida foydalanish imkoniyatini beradi va buxgalteriya hisobining o'ziga xos xususiyatini tashkil etadi. Demak, buxgalteriya hisobi faqat pul ifodasida yuritiladi.
Buxgalteriya hisobi tadbirkorlikni rivojlantirishda va xodimlaming o'z mehnati natijalaridan moddiy manfaatdorligini kuchaytirishga har tomonlama yordam berishi kerak. Bu esa xo'jalik muomalalari va jarayonlarini pul o'lchovida yoppasiga va uzluksiz aks ettirish orqali amalga oshiriladi, sarflami va sotishdan olingan daromadlami pul o'lchovida taqqoslash, foydani aniqlash imkonini beradi.
Hisob axborotlarini shakllantirishning butun texnologiyasi va tashkil etilishi xo'jalik yurituvchi subyekt mulklarining baholanishi va harakatlanishi, uning majburiyatlari va ular bilan bog'liq xo'jalik muomalalariga qaratilgan. Ulaming yig'indisi buxgalteriya hisobining obyektlarini tashkil etadi.
Xo'jalik hisobining alohida turlari ichida buxgalteriya hisobi markaziy o'rinni egallaydi.
Buxgalteriya hisobi axborotlarining ustuvorligi, ulaming foyda- liligi mazkur axborotlaming ahamiyatliligi va ishonchliligi bilan belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi axborotlarining ahamiyatliligi boshqaruv qarorlarini qo'llashning natijasiga ta’sir ko'rsatish imkoniyatida namo- yon bo'ladi. Chunki ular:
uning xo'jalik jarayoniga mos darajadagi haqqoniyligi va to'liqligi;
sodir bo'lgan xo'jalik muomalalari faktini tasdiqlash imkonini beradigan shaffofligi;
agar hisob axborotlarini olish, uning ayrim foydalanuvchilar manfaatini ko'zlagan holda ataylab chalkashtirish natijasi bo'lmasa, betarafligi.
Buxgalteriya hisobining yuqorida ko'rsatilgan afzalliklari uning o'ziga xos jihatlarida mujassamlashgan. Bular:
xo'jalik yurituvchi subyektning mablag'lari va mablag'lar manbalarini hamda xo'jalik jarayonlarini yoppasiga kuzatish va o'lchash;
xo'jalik muomalalarini ro'yxatga olishning uzluksizligi va ulaming hujjatlashtirilishi;
yuqorida keltirilgan afzalliklar amalga oshmagan vaziyatlarda maxsus usullami qo'llash (masalan, inventarizatsiya);
joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini bir hisobot davridan ikkinchisigacha tegishli hisobot shakllari ko'rinishida to'ldirish yo'li bilan umumlashtirish.
Buxgalteriya hisobining bunday o'ziga xos xususiyatlari uzoq o'tmishda aniqlangan bo'lib, masalan, 1590-yilda ispan olimi Bartala- meo de Salazano tomonidan quyidagicha ta’kidlangan: «Buxgalteriya hisobi barcha fan va san ‘atlardan yuqori turadi, chunki hamma unga ehtiyoj sezadi, и esa hech kimga nisbatan ehtiyoj sezmaydi. Buxgalteriya hisobisiz dunyo boshqaruvsiz qolgan va odamlar esa bir-birlarini tushuna olmagan bo'lar edilar»3. Buxgalteriya hisobining yuqorida bayon qilingan afzalliklarini amalda qo'llash xo'jalik yurituvchi subyekt moliya-xo'jalik faoliyati to'g'risida ishonchli axborotlami to'plash va taqdim etishga imkon beradi. Bunda hisob axborotlari boshqaruvning uchta funksiyasini: rejalashtirish, nazorat va baholashni amalga oshirishni ta’minlaydi.