Fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə6/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

Rejalashtirish ma’lum maqsadni qo'yishni o'z ichiga olgan ishlar tartibini shakllantirish va kam xarajat qilgan holda unga erishish variantlarini topish jarayonini nazarda tutadi.
Nazorat rejalashtirilgan ishlaming haqiqatan amalga oshirilishini kuzatib borish bo'yicha ishlar majmuini o'z ichiga oladi. Bunday vazi- yatda buxgalterdan haqiqiy xarajatlar va daromadlami reja ko'rsatkich- lari bilan solishtirishni o'z ichiga olgan axborotlar talab qilinadi.
Baholash boshqaruv qarorlari qabul qilishning butun tizimini o'rganish jarayonidir. Bozor sharoitida baholashni to'g'ri tanlash birinchi navbatda uzviy aloqa orqali amalga oshirilib, qo'yilgan maqsadga erishilganlikni obyektiv baholashga imkon beradi. Agar mazkur maqsadga erishilmagan bo'lsa, sabab nimada ekanligini aniqlash muhimdir. Bunda asosiy sabablar quyidagilar bo'lishi mumkin:

  • taqdim etilgan hisob axborotlariga asosan xo'jalik faoliyati faktlarini noto'g'ri talqin(interpretatsiya) qilish oqibatida rejalashtirishda yo‘l qo'yilgan kamchiliklar;

  • tekshiruvchilaming layoqatsizligi, ularga tazyiq o'tkazilishi, tekshiruv jarayonida ogohlantiruvchi tadbirlaming o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi va hokazolar oqibatida nazorat tizimida vujudga kelgan kamchiliklar;

-maqsadning o‘zi noto'g'ri tanlanganligi.
Hozirgi sharoitda buxgalteriya hisobining roli va ahamiyati kuchaymoqda. Mamlakat iqtisodiyotini modemizatsiya qilish va bozor munosabatlarining rivojlanishi buxgalteriya hisobining qo'llanilish chegarasini yanada kengaytirmoqda. Chunki yangi hisob obyektlari, uning natijasi sifatida hisob axborotlaridan foydalanuvchilaming yangi turlari paydo bo'lmoqda. Buxgalteriya hisobini ilmiy nazariya va metodologiya hamda boshqaruv sohasidagi zamonaviy talablar negizida tashkil etish samarali qarorlarini qabul qilish uchun manfaatdor foydalanuvchilarga zarur axborotlami taqdim etish imkonini yaratadi.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobi - boshqaruvning muhim quyi tizimlaridan biri hisoblanadi. Chunki u xo'jalik yurituvchi subyektning moliya-xo'jalik faoliyati jarayonida haqiqatda sodir bo'lgan xo'jalik operatsiyalari to'g'risida ishonchli axborotlar bilan ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, u korxonaning mulklari, majburiyatlari va xo'jalik operatsiyalari to'g'risidagi barcha axborotlarga asoslanadi. Shuning uchun ham buxgalteriya hisobi yoppasiga va uzluksiz yuritilishi lozim bo* lib, bu xususiyat operativ va statistik hisobga xos emas.
Buxgalteriya hisobida obyektlar miqdor va pul ifodasida aks ettiriladi, hisobning boshqa turlarida esa - pul o'lchovi qo'llanilmasligi mumkin.
Buxgalteriya hisobi korxonaning xo'jalik faoliyatini va qaror qabul qiluvchi shaxslami bog'lovchi bo'g'in hisoblanadi. Xo'jalik faoliyatiga doir ma’lumotlar buxgalteriya hisobi tizimiga kirish, qaror qabul qiluvchi shaxslar uchun zarur axborotlar esa undan chiqish hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, mamlakat hududidagi barcha yuridik shaxslar buxgalteriya hisobini yuritishlari shart.
Yuqorida ko'rib chiqilgan buxgalteriya hisobining xususiyatlari uni operativ va statistik hisobdan farq qildiradi (1.3-rasm).


1.3-rasm. Buxgalteriya hisobining о 'ziga xos xususiyatlari.
Shu bilan birga, operativ, statistik va buxgalteriya hisobi boshqa- ruvda bir xil funksiyalami - axborot va nazorat funksiyalarini bajaradi. Hisobning ushbu turlari bir-birlarmi o'zaro to'ldirib, ko'p hollarda bir xil axborotlardan foydalanadi.
Shuning uchun xo'jalik hisobining uchala turi axborotlaridan yaxlit tizim sifatida foydalanish korxonalarga xo'jalik faoliyatini samara!iroq boshqarish, xaridorlar va buyurtmachilaming talablarini qondirish va korxonaning bozordagi ahvolini baholashga imkon yaratadi
Buxgalteriya hisobining oldiga qo'yiladigan bozor talablari qat’iy va ulaming ro'yxati rejali iqtisodiyot sharoitiga qaraganda ancha keng. Bu avvalo, boshqaruv maqsadi korxona faoliyatining yakuniy natijasi - foyda olishga qaratilganligi bilan bog'liq.
Nazorat savollari
1. Buxgalteriya hisobi nazariyasi nimani o'rganadi va uning amaliyoti bilan qanday o'zaro aloqadorlik mavjud?
2.5230900 - «Buxgalteriya hisobi va audit» yo‘nalishi bo'yicha tayyor- lanadigan bakalavrlarga Davlat ta’lim Standartida qanday asosiy talablar qo'yilgan?

  1. Talaba buxgalteriya hisobi nazariyasi fanini o‘rganish natijasida qanday bilimlarga ega bo'lishi lozim?

  2. Xo'jalik hisobining vujudga kelish sabablari va uning shakllanish bosqichlari qanday?

  3. Xo'jalik hisobining ta’rifi va turlari qanday?

6. Operativ hisob korxona boshqaruv tizimida qanday ahamiyatga ega?

Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin