1.Buxgalteriya hisobining mohiyati, turlari va bosbqa fanlar
bilan aloqadorligi
2.Buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari
va funksiyalari
1.Buxgalteriya hisobining mohiyati, turlari va bosbqa fanlar
bilan aloqadorligi
Bozor iqtisodiyotining buxgalteriya hisobi oldiga qo'yadigan talablari rejali-taqsimot iqtisodiyotiga qaraganda ancha keng. Bu eng avvalo, boshqaruv maqsadlari xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyatining yakuniy natijasi - foyda olishga qaratilganligi bilan bog'liq. Hozirgi sharoitda buxgalteriya hisobi ushbu vaziyatdan kelib chiqqan holda uchta yo'nalishda qayta shakllanmoqda (1.4-rasm).
Moliyaviy hisob tashqi va ichki axborotdan foydalanuvchilar tala- bini qondirishga qaratilgan hisob va hisobot tizimidan iborat. Boshqaruv hisobi faqat ichki axborotdan foydalanuvchilar, ya’ni xo'jalik yurituvchi subyekt boshqaruv apparatini axborot bilan ta’minlaydi va uning joriyvazifalari (ishlab chiqarish hisobi) kabi strategik maqsadlariga (strategik hisob) xizmat qiladi.
1.4-rasm. Buxgalteriya hisobining turlari.
Soliq hisobi soliqlaming alohida turlari bo'yicha soliqqa tortila- digan bazani to'g'ri hisoblash va budjet bilan hisob-kitoblami o‘z vaq- tida amalga oshirishni ta’minlashga qaratilgan. Shunday qilib, boshqaruvning ko‘rib chiqilgan rejalashtirish, nazorat va qabul qilingan qarorlar bajarilishining samaradorligini baholash kabi funksiyalari buxgalteriya hisobi tufayli amalga oshiriladi. Uning axborot tizimi ichki va tashqi axborotdan foydalanuvchilaming xo‘jalik yurituvchi subyekt moliya-xo'jalik faoliyati to‘g‘risida yaqqol tasavvurga ega bo'lishini ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobi turli xil xo'jalik jarayonlarini aks ettiradigan juda murakkab axborot tizimidan iborat. Bu jarayonlar bizni o‘rab turgan moddiy dunyoning bir qismi hisoblanadi. Shunga ko'ra, ushbu jarayonlaming mohiyati va dinamikasi moddiy dunyoda amal qilayotgan umumiy qonunlarga bo'ysunadi. Ammo, bu qonunlaming iqtisodiyot sohasida namoyon bo‘lishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobining rivojlanishi, uning negizini tashkil etuvchi nazariy konsepsiyalar va qoidalaming rivoji o'zaro bog'liqlikda va ta’sir ko‘rsatishda kechadi. Buning ustiga ushbu bog'liqlik boshqa fanlar va ilmiy yo'nalishlar bilan xilma-xil shakllarda namoyon bo'ladi. Bunday bog'liqlikni va boshqa fanlaming tegishli qonunlari hamda kategoriyalarini bilmasdan, buxgalteriya hisobining mohiyatini tushunish mumkin emas. Buxgalteriya hisobining boshqa fanlar bilan aloqadorligi 1.5-rasmda keltirilgan. Buxgalteriya hisobi umuman olganda falsafaga tayanadi, chunki u Aristotel ta’biri bilan
aytganda, «bar
cha fanlar malikasi» hisoblanadi.
Mazkur fan kishilarda hayotning asosiy qadriyatlari to'g'nsida yagona, umumiy ahamiyatga ega bo'lgan tasawurlami shakllantiradi. Natijada, falsafa buxgalteriya hisobini o'rganishda «kommunikatsiya to‘siqlari»ni bartaraf etishga yordam beradigan, asosiy omillardan biri sifatida maydonga chiqadi. Bunday to'siqlar tor ixtisoslashish natijasida yuzaga chiqib, uning: insonparvarlik, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy va axborot-aks ettiruvchi kabi funksiyalarida namoyon bo'ladi. Ulardan har biri u yoki bu darajada buxgalteriya hisobi nazariyasi va amaliyotining shakllanishiga ta’sir ko'rsatadi, vaholanki, umuminsoniy qadriyatlaming mohiyatini va unda insonning tutgan o'mini ochib beradi. Ushbu fanlaming eng tig'iz o‘zaro ta’siri falsafaning axborot-aks ettirish funksiyasida namoyon bo'ladi. Uning mohiyati tor ixtisoslashgan fanlar, jumladan buxgalteriya hisobining asosiy tayinlanishini kengroq ochib beradi: o'zining o'rganadigan obyektini aynan aks ettirish, uning muhim elementlarini, tarkibiy aloqalarini bizni o'rab turgan moddiy olam ikkiyoqlamaligining natijasi sifatida aniqlash; qonuniyatlami asoslash, bilimlami to'plash va chuqurlashtirish, ishonchli axborot manbasi sifatida xizmat qilish. So'nggi vaziyat buxgalteriya hisobiga yuqori darajada xosdir. •
Buxgalteriya hisobi falsafadan keng foydalanadi. Jumladan, buxgalteriya hisobining ontologikjihati - bu falsafaning bir qismi bo'lib, mazkur fan mazmunini o'ziga xos usullar bilan o'rganadigan, xo'jalik • jarayonlarini bilish to'g'risidagi ta’limotdir. Shuningdek, buxgalteriya hisobida falsafaning gnoseologik jihatlari ham qo'llanilib, axborot- laming haqiqiyligi(ishonchliligi)ni aniqlashga imkon beradi.
Buxgalteriya hisobida hisobga olinayotgan obyektlaming iqtisodiy mohiyatini umumiqtisodiy fanlar o'rganadi. Ulaming ichida iqtisodiyot nazariyasi buxgalteriya hisobi uchun tayanch fan hisoblanadi. Mazkur fan xo'jalik jarayonlarining iqtisodiy mohiyatini bilishda muhim o'rin tutadi va unga asosan buxgalteriya hisobi xo'jalik yurituvchi subyekt- ning mablag'lari va manbalarining kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonidagi mavjudligi hamda harakatini o'rganadi. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy kategoriyalar va qonunlaming mohiyatini o'rganadi. Jumladan, mehnat predmetlari, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, foyda, rentabellik va boshqalar.
Iqtisodiyot nazariyasi butun iqtisodiy tizimni, negizini mulkiy munosabatlar tashkil etuvchi, uning muhim harakatlanish qonunlarini o'rganadi.
Mulkchilikning tarkibiy qismlari buxgalteriya hisobining o'rgana- digan obyektlari hisoblanadi. Iqtisodiyot nazariyasi asosiy qoidalarining rivojlanishi uchun esa dastlabki hisob ma’lumotlariga ishlov berib, bir tizimga keltirib umumlashtirish zarur. Aks holda, aniq va ishonchli hisob ma’lumotlariga asoslanmagan nazariya mavhum gipotezalar o'yiniga aylanib qoladi.
Iqtisodiy kategoriyalaming mohiyatini umumkasbiy fanlar blokini tashkil etuvchi: Pul, kredit va banklar, Moliya, Moliya bozori va qimmatli qog'ozlar, Menejment, Marketing, Soliqlar va soliqqa tortish va boshqa fanlar to'ldiradi. Ulaming barchasi u yoki bu darajada buxgalteriya hisobini boyitadi yoki undan kengaytirilgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida hisobga olinadigan obyektlar tavsifini ochib beruvchi ayrim tushuncha va ko’rsatkichlami o‘z ichiga oladi. Masalan, Pul, kredit va banklar yoki Moliya fanlari yordamida yalpi ijtimoiy mahsulotni, shuningdek, milliy boylikning bir qismini taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida vujudga keladigan munosabatlar o'rganiladi va tartibga solinadi.
Buxgalteriya hisobining huquqqa oid ilmiy fanlar va huquq amaliyoti bilan o'zaro bog'liqligi alohida ahamiyatga ega. Xo'jalik yurituvchi subyektlar va davlat ular o‘rta$ida shartnomalami tuzish va bajarish jarayonida ma’lum huquqiy makonda aks ettiriladigan hamda tartibga solinadigan, xususan subyektlaming mulkiy o'zaro munosa- batlari, amal qiladi. Xo'jalik yurituvchi subyektlaming davlat bilan o'zaro munosabatlari huquqning turli sohalari, soliq, bojxona, mehnat, moliya va hokazolarga taalluqli bo’lgan, qonun va qonunosti hujjatlari- ning majmui bilan belgilanadi. Yurisprudensiya asoslari va konkret huquqiy normalaming ahamiyati har bir buxgalter to‘g‘ri ishlashining muhim sharti hisoblanib, moddiy javobgar va boshqa shaxslami nazorat qilish, ular tomonidan amalga oshirilgan xo'jalik muomalalarining qonuniyligini aniqlashga yordam beradi. Ta’kidlash joizki, buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari va tashkil etilishi yuqori qonunchilik hamda ijro organlari tomonidan huquqiy tartibga solinadigan obyektlar hisoblanadi.
Buxgalteriya ishida psixologiya asoslarini bilish katta rol o'ynaydi. Buxgalterga har xil shaxsiy manfaatlar tufayli chetdan turli psixologik ta’sir o'tkazilishi mumkin. Uning o'zaro munosabatlari, ayniqsa, hozirgi vaqtda u ishlaydigan xo'jalik yurituvchi subyekt rahbariyati va mulkdorlari bilan murakkab kechadi.
Bunda buxgalterga ish layoqatini saqlash, katta hajmdagi davriy va yillik hisobotlami tuzish davrida asabiy zo'riqishlami yengish uchun ulkan psixologik muqimlik zarur.
Masalan, jamiyatda aviatsiya psixologiyasi, boshqaruv psixolo- giyasi kabilar mavjud ekan, buxgalterlik mehnatining psixologik jihatlariga ham e’tibomi kuchaytirish lozim.
Buxgalter faoliyatida umumaxloqiy me’yorlaming ahamiyatini bilish bilan bir qatorda maxsus professional axloq kategoriyalarining shakllanishiga ham alohida e’tibor qaratish zarur. Bu yerda nafaqat axloq talablarining darajasi oshadi, balki ular yangi si fat ahamiyatiga ham ega bo'ladilar. Boshqa sohalarda umuman zararsiz hisoblangan obyektivlik elementlari, agar ular xo‘jalik yurituvchi subyekt holati to‘g‘risida yaxshi fikr shakllantirishga intilish, buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda yuritish jarayonida «хо ‘Jayin»ning ko'nglini topish- ga qaratilgan bo‘lsa, bu butun korxona va unda ishlaydigan yuzlab, minglab kishilar uchun yomon oqibatlar bilan tugallanishi mumkin.
Buxgalteriya hisobi nazariyasi va amaliyotining sotsiologiya fani bilan aloqadorligi xilma-xildir. Masalan, asosiy axborotdan foydalanuv- chilaming ma’lumot darajasini hisobga olmasdan, buxgalterlik faoliya- tiga qandaydir me’yorlar va talablami kiritish, bunday me’yorlaming amalga oshirilishi va rioya qilinishida katta qiyinchiliklami keltirib chiqarishi mumkin va keltirib chiqarmoqda ham. Shuning uchun hozirgi kunda «Aholining hisob savodxonligi» to‘g‘risidagi masala dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. So'nggi vaqtlarda tez-tez ko'zga tashlanadigan va eshitiladigan «mulkdorlar sinfi», «aksiyadorlar», «tadbirkorlaming keng qatlami» kabi tushunchalar, ushbu «mulkdorlar», «aksiyadorlar», «tadbirkorlaming» o'zlari «o‘z» korxonasining balansini tushunmas ekan, korxona rahbari esa o‘z buxgalteri bilan teng darajada va bitta tilda, ya’ni «biznes tilida» gaplasha olmas ekan, ular quruq gapligicha qoladi.
Agar gumanitar profildagi boshqa fanlar to'g'risida so'z yuri- tiladigan bo'lsa, buxgalteriya hisobining til to'g'risidagi fanlar bilan o'zaro ta’siri qiziqarlidir. Ayonki, buxgalteriya hisobi o'zining mohiyatiga ko'ra aniq ta’riflangan, o'zaro muvofiqlashtirilgan va eng muhimi har xil talqin qilinmaydigan tushuncha va ta’riflami talab qiladi. Bu yerda turlicha talqin etiladigan noaniq atamalardan foydalanish mumkin emas. Shuning uchun ham ushbu darslikda har bir bobning boshida tayanch atamalar va tushunchalar ta’rifi berilgan. Buxgalterlik tilining shakllanishi jarayonida judayam o'ziga xos tarixiy musobaqa bo'lib o'tgan. Eng rivojlangan, hozirgi zamon talablariga javob beradi- gan hisob tizimini yaratgan mamlakatlar, boshqa mamlakatlami, nafaqat ushbu tizimning elementlari bilan, balki o‘z tilidagi atama va tushunchalari bilan ham boyitgan. Hozirgi kunda milliy buxgalteriya tizimida qo'llanilayotgan italyan, eski lotin, grek va rus atamafanning uchrashi tasodif emas. Fan nomining o‘zi ham nemis tilidan kelib chiqqan bo‘lib, Buchholter - aynan taijimasi «das buch»- kitob, «bolter» -tutuvchi, yurituvchi ma’nolarini bildiradi.
Buxgalteriya hisobi nazariyasi va amaliyotining rivojlanishida mantiq fanining roli ham beqiyos ulkandir. Buxgalteriya hisobi umumiy tizimining har bir elementi mazkur tizimga qat’iy mantiqiy talablar bajarilgandagina mavjud bo'lishi va kiritilishi mumkin. Mos ravishda, hisobdagi har bir operatsiya, har bir buxgalteriya provodkasigacha, tizimdagi umumiy mantiqqa bo'ysunadi va ayni paytda aks ettirila- yotgan xo‘jalik muomalasi mantig‘iga asoslanadi.
Buxgalteriya hisobi va kredit fanlarining o'zaro aloqadorligi, so'nggisining funksiyalarida ochib beriladi. Kreditning qayta taqsimlash va nazorat funksiyalari vaqtinchalik bo'sh turgan pul mablag‘larini to‘plash va ulami ehtiyojga ko‘ra xo'jalik yurituvchi subyektlarga ma’lum shartlar asosida berishni nazarda tutadi.
Nazorat funksiyasi kredit berish undan foydalanish va qaytarilish vaqtida so‘m bilan nazorat qilish orqali amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobi shu munosabat bilan kredit resurslarining olinishi, ishlatilishi va o‘z vaqtida qaytarilishi ustidan nazoratni muntazam ravishda ta’minlashi lozim.
Dostları ilə paylaş: |