Fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə40/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

Mulkiy alohidalik korxona mulklari va majburiyatlarining mulkdorlar mulklari va majburiyatlaridan alohida ekanligini bildiradi. ’ Korxona balansida faqat qonunchilikka muvofiq lining tasamifidagi mulklar aks ettirilishi, barcha boshqa qiymatliklar balansdan tashqari schotlarda hisobga olinishi mumkin. Bu bilan korxonaning haqiqiy mulkiy va moliyaviy ahvolini aniqlash uchun asos ta’minlanadi.
Korxona faoliyatining uzluksizligi hisob siyosati masalalari bo‘yicha biron-bir qaromi qabul qilish, korxona yaqin kelajakda o‘z faoliyatini to'xtatmasligi va uning o‘z faoliyatini tugatish yoki sezilarli darajada qisqartirish maqsadi yo‘qligidan kelib chiqishini, natijada, majburiyatlar belgilangan tartibda so‘ndirilishini bildiradi.
Ushbu tamoyil korxona mulklarini baholash tartibida o‘z ifodasini topib, uni shunday hisob-kitob qilish kerakki, korxona u yoki bu hisobot sanasiga tugatilishi mumkin.
Hisob siyosatini izchil qo'llash deganda, korxona tomonidan tanlangan buxgalteriya hisobini yuritish usullari bir davrdan boshqasiga izchil qo'llanilishi tushuniladi. Korxona tomonidan hisob siyosatiga kiritiladigan o'zgartirishlar maqsadga muvofiq va asoslangan bo lishi lozim.
Korxona xo'jalik faoliyati faktlaming vaqt bo'yicha muvofiqligi ushbu faktlar ular bilan bog'liq pul mablag'larining kelib tushishi yoki to'lanishidan qat’i nazar, qaysi hisobot davrida sodir bo'lgan bo'lsa, shu davrga olib borilishini bildiradi:

  • xo'jalik faoliyati faktlari ular sodir bo'lgan davrda yoki sodir bo'lishiga qarab, hisobot davri uchun buxgalteriya hisobida aks ettirilishi lozim;

  • hisobot davrida olingan yoki to'langan barcha daromadlar va xarajatlar pul mablag'larining haqiqatda olingan yoki to'langan vaqtidan qat’i nazar, hisobot davrining daromadlari va xarajatlari deb hisoblanadi.

Ushbu tamoyildan kelib chiqqan holda, barcha xo'jalik operatsiyalari ular sodir bo'lgan hisobot davrida aks ettirilishi lozim. Hisobot davrida qilingan, lekin kelgusi hisobot davriga taalluqli xarajatlar esa - buxgalteriya hisobida kelgusi davr xarajatlari sifatida aks ettiriladi va korxona tomonidan o'matilgan tartibga muvofiq, ular tegishli bo'lgan davr davomida hisobdan o'chiriladi.
Korxona hisob siyosatini tanlashda uning ma’lum xo‘jalik vaziyatiga mos kelishini ta’minlaydigan, ma’lum tamoyillardan kelib chiqish zarur (15.3-rasm).



    1. -rasm. Hisob siyosatining asosiy tamoyillari.

To'liqlik. Korxona tomonidan tanlangan buxgalteriya hisobini yuritish usullari korxonadagi barcha xo'jalik faoliyati faktlarini aks ettirishi lozim. Ushbu talab har bir faktni hujjatlashtirish va hisobda aks ettirish yo'li bilan ta’minlanadi.
O'z vaqtidalik tamoyili xo'jalik faoliyati faktlarini sodir bo'lgan paytda aks ettirish lozimligini bildiradi.
Ehtiyotkorlik. Korxonada qo'llaniladigan usullar buxgalteriya hisobida daromadlar va aktivlami aks ettirishga qaraganda, yo'qotishlar va passivlami aks ettirish imkoniyatini ko'proq ta’minlashi lozim. Bu hisobga faqat olingan daromadlar qabul qilinishini, ayni paytda barcha kutilayotgan majburiyatlar va potensial zararlar hisobga olinishi lozimligini bildiradi.
Mazmunning shakldan ustuvorligi. Buxgalteriya hisobi ning tanlangan usullari sodir bo‘lgan xo'jalik faoliyati faktlarini nafaqat ulaming huquqiy shakli, balki iqtisodiy mazmuni va vujudga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan holda hisobga olishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim.
Ushbu tamoyil korxonaga boshqa korxonalardan noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan, lekin bunday faktlar aniqlanganidan so'ng, korxona ichida tuzatilishi lozim bo'lgan dastlabki hujjatlar olinganida amalga oshiriladi. Shuningdek, operatsiya sodir bo‘lganligi boshqacha usul bilan, masalan, olingan tovar alohida tuzilgan dalolatnoma bo'yicha barcha qo'yilgan talablarga rioya qilingan holda, qabul qilinishi mumkin.
Muvofiqlik. Korxona tomonidan tanlangan hisob usullari hisobning har xil turlari tomonidan shakllantiriladigan ma’lumotlaming muvofiq- ligini, masalan, har bir hisobot davrida analitik hisob oborotlari va qoldiqlarining sintetik hisob schotlarinikiga tengligini ta’minlash uchun asos yaratadi.

Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin