To'liqlik boshqaruv ehtiyojlarini qondirish uchun zarur hajmdagi hisob axborotlarini pul o'lchovida shakllantirishni taqozo etadi.
Hisob axborotlarining to'liqligi aktivlar va majburiyatlaming inventarizatsiya ma’lumotlari bilan tasdiqlangan, hisobot davridagi barcha xo'jalik muomalalarining hisobda aks ettirilishi bilan ta’min- lanadi. Keraksiz axborotlar axborot olish jarayonini murakkablashtiradi, buxgalteriya hisobini yuritish jarayonini chalkashtiradi. Hisobot ko'rsat- kichlarining shaffofligini pasaytiradi va natijada boshqaruv hamda nazorat samaradorligini pasaytiradi.
O‘z vaqtidalik axborotlami boshqaruv apparati va tashqi foydalanuvchilarga «bir zumda» yetkazishni nazarda tutadi. Olinadigan axborotlaming sodir bo'lgan xo'jalik muomalalaridan vaqt bo'yicha orqada qolishi boshqaruv jarayoniga o'z vaqtida ta’sir ko'rsatishga to'sqinlik qiladi va bunday axborotlar amalda keraksiz bo'Iib qoladi.
Ayni vaqtda axborotlaming o'z vaqtidaligi ulaming foydaliligini kafolatlamaydi. Shu munosabat bilan mazkur talab e’lon qilinadigan moliyaviy hisobotning ajralmas xususiyati bo'lishi lozim. Faqat shundagina foydalanuvchilar uchun bunday axborotlar naf keltiradi.
Aniqlik buxgalteriya hisobiga azaldan xos bo'Iib, uning ajralib turuvchi xususiyati - xo'jalik muomalalarining mas’ul shaxslar tomonidan hujjatlashtirilishi va uzluksiz ro'yxatga olib borilishidan kelib chiqqan.
Buxgalteriya axborotlarining aniqligi ulaming muhimligi bilan bevosita bog‘liq. Muhimlik bozor iqtisodiyotiga o‘tgandan so'ng vujudga kelgan. Hozirgi paytda ushbu talab, agar muhimlik darajasi axborotdan foydalanuvchilar tomonidan qaror qabul qilinishiga jiddiy ta’sir ko'rsatmaydigan bo‘lsa, tan olinadi va qabul qilinadi. Bunda moliyaviy hisobotmng ataylab yoki bilmasdan chalkashtirilishi ahamiyatga ega emas. Bunday hisobotga asoslanib xato xulosa qiladigan yoki qaror qabul qiladigan, malakali axborotdan foydalanuvchiga hal qiluvchi ta’sir ko'rsatadigan, uning ko'lami muhim hisoblanadi. Xato xulosalami qabul qilishga hisob axborotlarining hajmi juda katta bo'lishi ham, juda kichik bo'lishi ham sabab bo'lishi mumkin. Birinchi holatda axborotlaming keragidan oshiqchaligi va ma’lumotlaming nomuvofiq- ligi oqibatida ulaming muhimligini baholash imkoni yo’qligi natijasida ulaming foydaliligi yo'qoladi.
Ikkinchi holatda zarur axborotlaming yetishmasligi oqibatida axborotdan foydalanuvchi o‘z tadbirkorlik faoliyatining barcha segmentlarini puxta rejalashtira olmaydi.
Shunday qilib, har ikkala holatda ham natija bir xil, ya’ni asoslanmagan qarorlar qabul qilinadi.
Muhimlikni aniqlashda kamchiliklami pasaytirish uchun elektron hisoblash mashinalaridan foydalangan holda har xil variantlami ishlab chiqish va keyinchalik ulami aniq qarorlar qabul qilish chog'ida taqqoslash mumkin.
Bizning fikrimizcha, buxgalteriya axborotlarining muhimligi, ulaming ahamiyatliligi to‘g*risidagi talabni 0‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini huquqiy-me’yoriy tartibga soladigan tizimdagi me’yoriy hujjatlarga ham kiritish zarur. Jumladan, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunning 16-moddasiga quyidagi tahrirda o’zgartirish kiritish maqsadga muvofiq: «Yillik moliyaviy hisobotga tushuntirish xati xo'jalik yurituvchi subyekt, uning moliyaviy ahvoli, hisobot yili va undan oldingi yillar ma’lumotlarining taqqoslanuvchanligi, baholash metodlari va moliyaviy hisobotning ahamiyatli moddalari to’g'isidagi muhim axborotlami o‘z ichiga olishi lozim».
Shuningdek, moliyaviy hisobot ko'rsatkichlari uchun muhimlik darajasi nisbiy ko’rsatkich ko'rinishida tegishli buxgalteriya hisobi milliy standartlarida ham (№1 BHMS «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot», №5 BHMS «Buxgalteriya balansi». №23 BHMS «Qayta tash- kil etishni amalga oshirish», «Moliyaviy hisobotni to'ldirish qoidalari» (O*zR MV 27.12.2002-y. 140-sonli buyrug'ining 7-ilovasi) va b.) keltirish zarur.
Moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida aktivlar, majburiyatlar, daromadlar, xarajatlar va xo'jalik muomalalari alohida ochib berilishi lozim, chunki bulami bilmasdan, manfaatdor axborotdan foydalanuv- chilar xo'jalik yurituvchi subyekt moliyaviy ahvolini yoki uning moliya- xo'jalik faoliyati natijalarini to'g'ri baholay olmaydilar.
Moliyaviy axborot ahamiyatliligining ko'lamidan qat’i nazar, mazkur talab faqat uning manbasi tegishli foydalanuvchilar bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ma’lumotlaming bir-biriga zid bo‘bnaslik talabi mablag'lar yoki manbalaming alohida turlari bo'yicha joriy hisob ma’lumotlari hamma vaqt, har oyning birinchi sanasiga, ulami umumlashtiruvchi hisob obyektining oborotlari va qoldig'iga mos kelishi lozimligidan kelib chiqadi.