Fanidan O’quv-uslubiy majmua


Mulkning saqlanishini ta’minlash funksiyasi



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə34/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

Mulkning saqlanishini ta’minlash funksiyasi. Bu funksiya buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish va uning nazorat funksiyasini kuchaytirish bilan chambarchas bog'liq. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, ushbu fimksiyani amalga oshirish uchun quyidagi shart-sharoitlar zarur: jihozlangan omborxona binolari, nazorat va o'lchash asboblari, o'lchagich idishlar va boshqalar.

Iqtisodiy islohotlaming chuqurlashtirilishi va bozor munosabat- larining erkinlashtirilishi, mulkdorlar sonining ko'payishi, tashqi iqtiso­diy faoliyatning rivojlanishi sharoitida buxgalteriya hisobining ushbu funksiyasi yanada rivojlanmoqda. Buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy standartlari negizida, ilmiy asoslangan holda tashkil etilgan hisob tizimi nafaqat kamomad va o‘g‘riliklami aniqlash, uyushgan jinoyatlami ochib tashlash, balki ulaming oldini olishga ham irnkon yaratadi. So'nggi yillarda qabul qilingan qonun va qonun osti hujjatlari, jumladan, 0‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi (1996-yil 30-avgust), «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi (yangi tahriri, 2000-y. 26-may) qonunlari va Vazirlar Mahkamasining 365-sonli «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlarining ahamiyatini oshirish to‘g‘risida»gi qarori (2000-y. 22-sentabr) va boshqa bir qator me’yoriy hujjatlari ham mulklar saqlanishini ta’minlash funksiyasini kuchaytirishga yordam bermoqda.
Inventarizatsiya ushbu funksiyani amalga oshirishning muhim usuli bo‘lib, korxona mulklarining saqlanishi va ular tarkibida ro‘y beradigan o'zgarishlami aniqlashga irnkon yaratadi. Uni amalga oshirish uchun №19-»Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli Buxgalteriya Hisobi Milliy Standarti(BHMS)dan foydalaniladi. Ushbu standart 0‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuning 11-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Inventarizatsiya jarayonida barcha xo'jalik muomalalari hujjatlar bilan rasmiylashtirilganligi va tegishli buxgalteriya hisobi schotlarida aks ettirilganligi, zarur aniqliklar va tuzatishlar kiritilayotganligi hamda joriy hisob ko‘rsatkichlari va haqiqiy ma’lumotlaming o'zaro mos (teng) kelishlari tekshiriladi. Inventarizatsiya mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga qilingan xarajatlami, mulklami saqlanishi maqsadida to'g'ri aks ettirish, asosan xomashyo va materiallar, yoqilg‘i- energetik resurslaming yo‘qotilishi borasida katta ahamiyatga ega. Chunki, bozor iqtisodiyotiga o'tishning hozirgi bosqichida va turli mulkchilik shakllari mavjudligi sharoitida inventarizatsiya o‘tkazish, odatda, katta hajmdagi axborotlarga ishlov berish bilan bog'liq. Shuning uchun inventarizatsiya o'tkazish jarayonlarini ham kompyuterlashtirish zarur. Asosan katta nomenklaturadagi tovar-moddiy zaxiralarini inventarizatsiya qilishda kompyuterlardan foydalanish yuqori samara beradi.


  1. Yüklə 5,37 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin