Fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə36/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

Tahlil funksiyasi xo'jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo'jalik faoliyatini va uning natijalarini tahlil qilishdan iborat. Axborotdan foydalanuvchilar (ichki va tashqi) hisob-iqtisodiy axborotlarga asosan xo'jalik yurituvchi subyektning mulkiy holati, to'lov layoqati, chetdan kapital jalb qilishi, ichki va tashqi munosabatlari, faoliyat samaradorligi, rivojlantirish istiqbollari va hokazolar to'g'risida zarur ma’lumotlami olishga intiladilar. Boshqaruv maqsadlari uchun resurslaming barcha turlaridan foydalanish, ishlab chiqarish va realizatsiya xarajatlari; foydaning shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi hamda shunga o'xshashlar tahlil qilinishi lozim. Tahlil jarayonida haqiqiy ko'rsatkich- lar, reja, normativ, smeta ko'rsatkichlari bilan taqqoslanib, tafovut sabablari aniqlanadi. Demak, operativ boshqaruv, boshqaruv qarorlarini tayyorlash, asoslash va qabul qilish hamda korxonaning moliya-xo'jalik faoliyatini prognozlashda buxgalteriya hisobi tahliliy funksiyasining ahamiyati beqiyosdir.

  • Tarbiyaviy funksiyasi. Buxgalteriya hisobi chuqur nazariya, me’yoriy-huquqiy baza, puxta uslubiy ta’minot bilan birga axloqiy jihatlariga (buxgalterlik etikasi) ham asoslanadi. Shu bois, xalqaro amaliyotda «professional buxgalterlaming axloq kodeksi» amal qiladi. Buxgalterlar o‘z faoliyatida ushbu kodeks normalariga rioya qilishlari lozim.

    3.Buxgalteriya hisobini yuritishga qo'yiladigan
    asosiy talablar

    Hisob yuritish oldiga qo'yilgan vazifalami muvaffaqiyatli hal etish uchun u ma’lum talablarga javob berishi kerak. Bular: xo'jalik muomalalarini hujjatlar bilan rasmiylashtirish, hisob ko'rsatkich- larining reja ko'rsatkichlari bilan taqqoslanuvchanligi, to'liqlik, o'z vaqtidalik, aniqlik, muhimlik, bir-biriga zid bo 'lmaslik, tushunarlilik va soddalik, tejamlilik va oqilonalik.
    Xo'jalik muomalalarini hujjatlar bilan rasmiylashitirish talabi O'zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to'g'risidawgi qonunining 9-moddasi 1-bandi bilan mustahkamlangan bo'lib, unga muvofiq har bir xo'jalik muomalasi dastlabki hujjat bilan rasmiy- lashitirilishi lozim. Dastlabki hujjatning yo'qligi xo'jalik muomalasi sodir bo'lmaganligini bildiradi. Agar biron-bir xo'jalik muomalasi hisobda aks ettirilmaganligi aniqlansa, bu hisob ma’lumotlarini ataylab yoki bilmasdan buzib ko'rsatish, yoki hisobning alohida hodisalarga (masalan, tovar-moddiy boyliklaming tabiiy kamayishi oqibatida yo'qolishi) ta’sir ko'rsata olmasligi deb qaraladi.
    Xo'jalik muomalasi faktining o'zi hisobda korxona boshqamvidagi xo‘jalik jarayonining ma’lum vaqt oralig'ida sodir bo'Iib, uning natijasida mablag'lar va manbalar tarkibi, ulaming o'zgarishi tasdiqlanadi. Vaqt omili muayyan xo'jalik muomalasining mohiyatini qat’iy belgilangan paytda axborotning kirishi va chiqishi bir vaqtda ochib berishga imkon beradi. Shu bilan bir vaqtda ikki yoqlama yozuvning mohiyatidan kelib chiqadigan, boshqa bir masala ham hal bo'ladi. Bu shunday xo'jalik muomalasini ro'yxatga olish sanasida buxgalteriya hisobining muhim funksiyasi - nazoratni ta’minlaydi.
    Hisobning oldiga qo'yiladigan asosiy talablardan biri bu biznes- reja va hisobot ko'rsatkichlarining taqqoslanuvchanligi bo'Iib, u ham buxgalteriya hisobining nazorat funksiyasini ta’minlaydi. Bunday taqqoslanuvchanlik bo'lmasa, rejaning bajarilishini nazorat va tahlil qilish, uni oshirib bajarish imkoniyatlarini izlab topish mumkin emas.

    Yüklə 5,37 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   235




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin