Nazorat funksiyasi - iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini erkinlashtirish, turli mulkchilik shakllarining mavjudligi sharoitlarida buxgalteriya hisobining nazorat qilish funksiyasi kuchaymoqda. Bunga lining shakl va uslublarini takomillashtirish, buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy standartlarini joriy qilish, hisob ishlarini kompyuterlashtirish, buxgalter, iqtisodchi va tahlilchi- laming avtomatlashtirilgan ish o'rinlari imkoniyatlaridan keng foydalanish sabab bo'lmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish turli mulkchilik shakllarining mavjudligi, xo'jalik yurituvchi subyektlar huquqlarining kengaytirilishi, xalq xo'jaligida moliyaviy nazorat tizimining mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish, ish bajarish va xizmat ko'rsatish xarajatlari ustidan nazoratning pasaytirilishini bildirmaydi. Aksincha, moliya-hisob mar- kazi (MHM), vazirlik va davlat idoralarining nazorat va taftish xizmat- lari, banklar, auditorlik tashkilotlar va soliq inspeksiyasi xodimlari yangicha xo'jalik yuritish uslublariga tayangan holda barcha resurs- lardan oqilona foydalanish ustidan kuchli nazorat o‘matishlari lozim. Buxgalteriya hisobining yagona yaxlit tizimida nazorat qilish funksi- yasining roli kuchaymoqda va yanada ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, korxona ma’muriyati yoki mulkdorlarga nafaqat o‘z korxona- sining moliyaviy ahvolini bilish, balki raqobatchi korxonalaming hamda hamkorlarining moliyaviy ahvolini, to'lov layoqatini bilish zarur.
Buxgalteriya hisobining maxsus usullari va amallari yordamida nazoratning uchta turi yuritiladi: dastlabki nazorat - xo‘jalik muomalasi sodir bo'lgungacha; joriy nazorat - xo'jalik muomalasini amalga oshirish; keying nazorat - muomala sodir bo'lganidan so'nggi.
Nazorat qilish quyidagi yo‘nalishlar bo'yicha amalga oshiriladi:
ishlab chiqarilgan, jo'natilgan va sotilgan mahsulotlaming hajmi bo'yicha reja va shartnomalaming bajarilishi;
korxona mulklarining saqlanishini ta’minlash;
moddiy xomashyo, yoqilg'i-energetika, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanish;
mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan haqiqiy xarajatlami shakllantirish va ishlab chiqarilgan mahsulotlar (bajarilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlar) tannarxini hisoblash;
realizatsiya qilingan mahsulot(ish va xizmat)laming to'la tannarxini shakllantirish;
turli xarajat smetalarining bajarilishi (masalan, vakillik xarajatlari, tijorat va reklama xarajatlari);
korxonaning turli ichki xo'jalik bo'linmalari faoliyati: ishlab chiqarish sexlari, uchastkalari va sh.o*.;
moliya bozorida ishtirok etish bilan bog'liq muomalalar bo'yicha (aksiyalar, obligatsiyalar va sh.o'.);
korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini shakllantirish va soliqqa tortiladigan bazani hamda taqsimlanmagan foyda(qoplanmagan zararjni aniqlash;
mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog'liq xarajatlami kamaytirish;
shubhali qarzlar bo'yicha rezervlar va boshqa maxsus fondlami yaratish hamda ulaming ishlatilishi;
korxonaning moliyaviy ahvoli hamda raqobatchi korxonalar to'g'risida ma’lumot to'plash;
moliyaviy hisobot va boshqa turdagi hisobotlami tuzish.
Hisob jarayonining axborotlami to'plash, o'lchash, ro'yxatga olishdan tortib, to zarur bo'lgan oraliq, natijaviy va hisobot ko'rsatkich- larini olish bilan yakunlanadigan barcha bosqichlarida kompyuter va boshqa tashkiliy-texnik vositalardan foydalanish buxgalteriya hisobining boshqaruv tizimidagi nazorat funksiyasini kuchaytirishga doir vazifalami bajarishga yordam beradi.
Korxona mablag'larining butun doiraviy aylanishi, ulaming vujudga kelish manbalari va xo'jalik jarayonlari buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Sifatli hisob axborotlari ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida nazorat o'matish, zarur bo'lganda korxona va uning bo'linmalari faoliyatining butun tafsilotini nazorat qilish, uni tahlil qilish va ushbu axborotlar asosida boshqaruvning barcha pog‘onalarida tegish- li boshqaruv qarorlarini tayyorlash, asoslash va qabul qilishga imkoniyat yaratadi.
Bosh buxgalter, moliya hisob markazi xodimlari tegishli bo‘linmalar (yordamchi ishlab chiqarish jamoalari va boshqalar)ning rahbarlari hamda xodimlari bilan birgalikda quyidagi sohalami nazorat qiladi:
tovar-moddiy zaxiralami qabul qilish va chiqarish bo'yicha belgilangan qoidalarga rioya qilinishi;
bozor munosabatlari amal qilayotgan sharoitda qo'llanilayotgan baholaming to'g'riligi va asoslanganligi;
barcha asoslar bo'yicha ish haqi hisoblash, hisoblangan ish haqidan ushlanadigan summalar (daromad solig'i, kasaba uyushmasiga a’zolik badali, pensiya fondiga ajratmalar va boshqalar) ning to'g'riligi;
tarif setkalari, lavozim maoshlarini qo'llashning to'g'riligi, shtat, moliya va kassa intizomiga qat’iy rioya qilish;
pul mablag'lari, tovar-moddiy zaxiralar, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, hisob-kitoblar va majburiyatlami inventarizatsiya qilish qoidalariga rioya qilinishi;
belgilangan muddatlarda debitor qarzlaming undirish va kre- ditor qarzlaming qaytarilishi, to'lov intizomiga rioya qilinishi;
har xil kamomadlar, yo'qotishlar, debitor qarzlar va boshqa summalami hisobdan o'chirishning qonuniyligi;
soliqqa tortiladigan bazani hisob-kitob qilishning to'g'riligi;
sof foydani aniqlash, aksiyadorlarga to'lanadigan dividendlami hisob-kitob qilish va o'z vaqtida to'lashning to'g'riligi;
taqsimlanmagan foyda, foydaning jamg'arilishi hamda ishla- tilishning to'g'riligi.