Fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə112/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

16.4-rasm.

Xo'jalik muomalalarining balans tuzilishi va valutasiga ta’siri quyidagi rasmda keltirilgan (3.5-rasm):



16.5-rasm.
4. Buxgalteriya balansi - korxonalarning moliyaviy ahvolini
o'rganish uchun axborot manbai ekanligi

Buxgalteriya balansi axborotlarga boy manba bo*lib, ularga asoslanib xo'jalik yurituvchi subyekt moliya-xo'jalik faoliyati hamda uning natijalari baholanadi. Aynan mana shunday muhim ahamiyatga ega bo'lganligi bois buxgalteriya balansi buxgalteriya hisoboti shakllari ichida birinchi o'rinda turadi. Undagi axborotlaming mazmunini bilish uchun nafaqat buxgalteriya balansi tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish, balki ayrim ko‘rsatkichlar o'rtasidagi mantiqiy va o'ziga xos bog'liqliklami ham bilish zarur. Buxgalteriya balansining mazmunini bilishda uni o'qish ketma-ketligi ham muhim ahamiyatga ega, shu- ningdek, faqat buxgalteriya balansiga xos bo'lgan ayrim cheklashlami, albatta, bilish zarur.
Buxgalteriya balansining aktivi va passivining tuzilishi hamda mazmuni undagi axborotdan foydalanuvchilar, eng avvalo tashqi foydalanuvchilarga qaratilgan. Debitor va kreditor qarzlaming holatini ochib beruvchi, korxonaning joriy xarajatlari yoki foydasi hisobidan tashkil etilgan xususiy kapital va ayrim turdagi rezervlar shakllanishini ochib beruvchi moddalar batafsillik darajasining yuqoriligi shundan kelib chiqadi.
Balansga xos ichki o'zaro bog'liqliklar axborotdan foydalanuv­chilar ehtiyojining qondirilish darajasiga bog‘liq bo‘lmaydi va quyi- dagilardan iborat:

  1. Aktivdagi barcha bo‘limlar summalari yig'indisi passivdagi barcha bo'limlar summalari yig'indisiga teng bo'lib, bu balansning mohiyati bilan izohlanadi.

  2. Xususiy kapitalning hajmi (passiv I bo'lim) uzoq muddatli aktivlar (aktivdagi birinchi bo‘lim) hajmidan ko‘p bo'ladi. Bunday xulosa isbot talab qilmaydi. Chunki, xo'jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyati joriy aktivlarsiz mumkin emas deb qabul qilingan. Shuning uchun xususiy kapitalning tarkibi uzoq muddatli va joriy aktivlar shakllanishini doimo nazarda tutadi. Milliy iqtisodiyotdagi tarmoqlaming o'ziga xos xususiyatlari aktivdagi mulklar nisbatiga har xil ta’sir ko'rsatadi.

Ushbu uslub bo'yicha hisoblangan tafovut o‘z aylanma mablag'- larining mavjudligini ko'rsatadi. Bu mablag'lar va zaxiralar hamda xarajatlami shakllantiradigan uzoq muddatli qarz manbalarining sum- masi kapital va rezervlaming jamini bildiradi (passiv I bo'limi) hamda uzoq muddatli kreditlar va qarz mablag'lar (passiv II bo'limi) uzoq muddatli aktivlami (aktiv I bo'limi) chegirib tashlagan holda.
Shunday qilib, zaxiralar va xarajatlami shakllantiruvchi asosiy manbalaming umumiy miqdori qisqa muddatli kreditlar va qarzlar summasi qo'shilgan holdagi oldingi ko'rsatkich miqdoriga teng.

  1. Uzoq muddatli aktivlar ( aktiv I bo'limi) asosan o'z mablag'lari hisobidan shakllanishini e’tiborga olib, ulaming miqdori xo'jalik yurituvchi subyekt normal faoliyat ko'rsatgan sharoitda, majburiyatlar (passiv II bo'limi) summasidan ko'p bo'lishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ulaming nisbati 6/4 va undan yuqori bo'lishi normal holat deb tan olinadi.

  2. Balansda barcha aktivlar va passivlar juda batafsil beriladi. Bu uning aktivi va passivi bo'yicha ayrim moddalari, natijada, ayrim mulklami qoplash manbalari o'rtasida bog'liqlik o'matishga imkon beradi. Masalan, uzoq muddatli va qisqa muddatli qo'yilmalami qoplash manbalari bo'lib, maxsus mo'ljallangan har xil fondlar va rezerv kapitali hisoblanadi.

Ko'rinib turibdiki, buxgalteriya balansining eng umumiy sharhi, uning ma’lum cheklashlarida (statiklik, baholash tamoyilining realligi va h.k.), undan foydalanuvchilarga, eng awalo mulkdorlaming moliyaviy barqarorligi to'g'risida zarur axborotlami taqdim etadi.
Nazorat savollari

  1. Buxgalteriya balansi nima va uning mohiyati qanday?

  2. Buxgalteriya balansining tuzilishini ta’riflang.

  3. Balans aktiviga qanday bo'limlar kiradi?

  4. Balans passivi qanday bo'limlardan iborat?

  5. Balans aktivi va passivi nimani bildiradi?

  6. Balans formulas! va uning mazmunini tushuntirib bering.

  7. Korxona majburiyatlari deganda nimani tushunasiz?

  8. Balans moddasi deb nimaga aytiladi?

  9. Balansning qanday turlari mavjud va ulami qisqacha tavsiflang.

  10. Balansning quyidagi bo'limlari mazmunini ochib bering:

  1. aktivning birinchi bo'limi «Uzoq muddatli aktivlar»',

  2. aktivning ikkinchi bo'limi «Joriy aktivlar»',

  1. passivning birinchi bo'limi «O‘z mablag'lari manbalari»',

  2. passivning ikkinchi bo'limi «Majburiyatlar».

  1. Balans nima maqsadda va qanday tuziladi?

  2. Xo’jalik muomalalarining ta’sirida balansda ro‘y beradigan o'zgarishlar qanday va ulaming mazmunini tavsiflang?

  3. Balans mazmunining mulkdorlar qaysi tarmoqqa tegishliligiga bog'liqligi qanday?

  4. Buxgalteriya balansi ma’lumotlari bo’yicha qanday ko’rsatkichlami hisoblash mumkin?


Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin