I tip. Aktiv moddalaridagi o'zgarish (aktivda ko'payish va aktivda kamayish) - balans jami o'zgarmaydi.
II tip. Passiv moddalaridagi o'zgarish (passivdagi ko'payish va passivdagi kamayish) - balans jami o'zgarmaydi.
Ill tip. Aktiv va passiv moddalarida ko'payishga olib keluvchi o'zgarishlar (aktiv va passiv bir xil summaga ko'payadi).
IV tip. Aktiv va passiv moddalarida kamayishga olib keluvchi o'zgarishlar (aktiv va passiv bir xil summaga kamayadi).
Demak, har qanday xo'jalik muomalasi ushbu ko'rsatilgan to'rt tip o'zgarishlardan birining sodir bo'lishiga olib keladi.
Yuqorida keltirilgan misol va izohlarga ko'ra xo'jalik muomalalari ta’sirida birinchi va ikkinchi tip o'zgarishlarda, o'zgarish faqat balans- ning aktiv qismidagi moddalar orasida yoki passiv qismidagi moddalarorasida alohida binning ko'payib, ikkinchisining kamayishiga olib keladi. Shu bilan birga balansning aktiv va passiv qismlarming jami summasi o'zgarmaydi.
Uchinchi va to'rtinchi tip o‘zgarishlar esa, o‘zgarish balansning aktiv qismidagi tegishli moddalami ham, passiv qismidagi tegishli moddalami ham bir vaqtda ko'paytiradi (uchinchi tip o'zgarish) va kamaytiradi (to'rtinchi tip o'zgarish).
Shu bilan birga balansning umu- miy summasiga ta’sir qiladi, ya’ni ko'paytiradi yoki kamaytiradi
(3.4- rasm).
Xo'jalik yurituvchi subyektning mablag'lari
|
Xo'jalik yurituvchi subyekt mablag'larining manbalari
|
Aktiv
|
Passiv
|
Ko'payish
|
Kamayish
|
Kamayish
|
Ko'payish
|
I tip
+a "
|
-a
|
II tip -P
III tip
|
+P
|
+a
|
IV tip-a «
|
► -p
|
+P
|
Dostları ilə paylaş: |